Amerika Qo'shma Shtatlari pozitsiyasi.
Assalomu alaykum xurmatli Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zo Davlatlari sizlarni Amerika Qo'shma Shtatlari nomidan chin qalbdan qutlashga ijozat bergaysiz.
2019-yilning dekabr oyidan 2020-yilning shu kuniga qadar butun dunyoni larzaga solishga ulgurgan - Koronavirus (viruslar ichida eng kattasi bo'lib, tojli virus nomini olgan) rijovlangan Davlatlar qatoridan joy olgan AQSHni xam chetlab o'tmadi. AQSH (Amerika Qo'shma Shtatlari) 320 253 000 aholisi bilan dunyoning yetakchi 3 o'rinidan joy olgan bo'lib xozirgikunda virus pandemiyasi tarqalishi va virusdan halok bo'lganlar soni bo'yicha ham yetakchi o'rinlardan joy olib kelmoqda. Amerika Qo'shma Shtatlarida virusdan vafot etganlar soni 1 kunda 1918 ga jo'payib 17907 holat soni esa 31510 nafarga ko'paygan xolda 399886 ga yetdi ( 19-may holatiga ko'ra) qurbon berish jixatidan New york 4758 nafar bilan 1-o'rinda. Covid-19 Amerika Qo'shma Shtatlarining New York shahrida 11-sentabrdagi terror voqeasi oqibatida qayt etilgan o'lim xolatlarini ortda qoldirdi. New York shahar hokimi Endr Kuomo yangi turdagi koronavirus (covid-19) tufayli vafot etganlar sonining bir kunda 779 nafarga ko'payib jami 6268 nafarga chiqqanini qayt etdi. Ortidan 11-sentabrdagi terror hujumida 2753 nafar kishining vafot etganini yodga soldi.
Koronavirus qurbonlarining aksariyat qismi Afrika millatiga mansub Amerikaliklar ekanligi ma'lum bo'ldi, aholisining 30 % ni qora tanlilar tashkil qiladi. Chicago hokimi Lori Lighfood ma'lum qilishicha shaharda koronavirusdan vafot etganlarning 72 % Afrika millatiga mansub Amerikaliklar tashkil qiladi. "Bu ma'lumotlar covid-19 virusining tarqalishi va jamiyat o'rtasidagi tengsizlikning xavotirlanarli darajada ekanligini ko'rsatadi" deb aytgan Chicago hokimi.
Epidemiya keng tarqalgan Lousana shtatida ham vafot etganlarning 70 % qora tanlilardan iborat. Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump yangi turdagi koronavirus infeksiyasi haqida "O'lim holatlari biz taxmin qilgandan ham kam bo'lishi uchun kurashayabmiz" deb aytib o'tadi. Mudofaa vazirligi Pentagon koronavirus infeksiyasi tufayli barcha personallarning niqob taqishini majburiy vazifaga aylantirishi oqibatida Portor Rikodada joylashgan firma bilan niqob olish bo'yicha 86 million dollarlik shartnoma tuzadi. Karonavirus AQSH Davlatining juda ko'p soxalariga zarar yetkazdi. AQSHda 118 yillik tarixga ega bo'lgan do'konlar tarmog'i bankrot bo'lganini e'lon qildi. (18.05.2020)
Amerika Qo'shma Shtatlari bo'ylab maktab va oliy ta'lim dargohlari asta sekin yopildi, poytaxt Vashingtonda ham 16-martdan beri o'quvchilar internet orqali ta'lim olmoqda, Vashingtonda masofaviy avvaliga 1-aprelgacha deb e'lon qilingan bo'lsada mamlakatda vaziyat keskinlashishi ketidan bu muddat xozirgi kungacha cho'zilib kelmoqda. O'quvchilarni zarur texnalogiyalar bilan ta'minlash maqsadida 4.6 millon dollar ajratildi. Coscast internet provayderi kam ta'minlangan oilalarni ikki oylik bepul internet xizmati bilan ta'minladi.
BMT xavfsizlik kengashi 9-aprel payshanba kuni videokonferensiya shaklida yig'ilish o'tkazdi. BMT bosh kotibi Antonio pandemiyaning xalqaro tinchlik va havfsizlikka taxdid solayotgani ikkinchi jahon urushidan keyingi eng daxshatli krizist ekanligini aytib o'tdi. Xozirgi butun dunyoda xavfli infeksiya tarqalishi sababli vujudga kelgan qatiy karantin va cheklovlar bilan kechayotgan global inqiroz davrida barcha tadbirkorlik subektlari qatori fermer xo'jaliklari xam sezilarli darajada zarar ko'rdi. Ammo pandemiya sharoitida xalqni ocharchilik balosidan asrab qoluvchi dexqonchilik, bog'dorchilik xisoblanadi, shu sababli qishloq xo'jaligi yalpi daromadidagi talofatlarini kamaytirish maqsadida barcha Davlatlar o'ziga xos yechim izlamoqda. Jumladan AQSH hukumati pandemiyadan zarar ko'rgan fermerlarga 19 milliard dollar ajratish haqidagi qarorni imzoladi. Prezidentning so'zlariga ko'ra AQSH qishloq xo'jaligi vazirligi covid-19 pandemiyasi sabab iqtisodiy zarar ko'rayotgan fermerlarga yordam berish bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqdi. " Ular xech qachon nolimaydigan buyuk Amerikaliklardir, ular qo'llaridan kelganini qilishga tayyor odamlar" deb ta'kidladi fermerlar haqida Trump. Xalqaro ishlab chiqarish zanjirlarida ham shunday vaziyat boshlangunga qadar dunyo ishlab chiqarish zanjirlari AQSH va Xitoy o'rtasidagi savdo urushlaridan ancha zarar ko'rdi, bugun esa ular ishlab chiqarish to'xtab qolishi transport kommunikatsiyasi sohalaridagi uzulishlar maxsulotlarga xalqaro talabning kamayganidan aziyat chekishmoqda. Xalqaro savdo tashkiloti xisob kitoblariga ko'ra bu yil dunyo iqtisodiyoti 32 % ga qisqardi. Ishsizlik soni keskin ortdi. AQSH misolida ko'rilganda mamlakatda ishsizlik natijasida moddiy yordam so'rab murojaat qilganlar soni 44 millionni tashkil qildi.
Amerika Qo'shma Shtatlari JSST ni qo'llab quvvatlab kelgan, u birinchi raqamli donordir va biz uni qadrlaymiz deb aytgan JSST raxbari Gebreyyesus. U AQSHning boshqa Davlatlardagi sog'liqni saqlash tizimiga sarmoyalari katta axamiyatga ega ekanini ta'kidlab o'tadi. Shu bilan birga uning boshqa davlatlar uchun sarmoyalari muhum ekanligini aytgan. AQSh Prezidenti Donald Trump 14-aprelda Vashington JSST ga to'lovlarni to'xtatganini ma'lum qildi. Uning ta'kidlashicha JSSTning karonavirus tarqalishi haqidagi ma'lumotlarini yashirilishidagi ro'li baholanmaguncha pullarni tashkilotga o'tkazmaydi.
Inqirozni tez va samarali yengish maqsadida qaror qabul qiluvchilar besh yo'nalishda ishlashlari kerak.
1-Pandemiya salbiy oqibatlarini bartaraf etish.
2-Xususiy sektor uchun shoshilinch yordam.
3-Iqtisodiy faollikni jonlantirish.
4-Davlat xarajatlari manbaalarini qayta ko'rib chiqish.
5-Mas'uliyatli fuqarolik tashabbuslariga ochiq bo'lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |