8.3. Ayb va lining shakllari
Ayb har qanday jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisidir. Aybsiz holda zarar yetkazganlik uchun jinoiy
javobgarlikka tortish va jazo tayinlanishi mumkin emas.
Ayb
deganda, shaxsning sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi va
uning oqibatlariga (qasddan yoki ehtiyotsizlik ko'rinishidagi) bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi.
Jinoyat qonunchiligida va sud amaliyotida aybning og'irligini anglatuvchi, uning miqdoriy xususiyatini aks
ettiruvchi «aybning darajasi» tushunchasi ishlatiladi. Aybning darajasi shaxsning jinoyat holatlariga bo'lgan munosabati
shakllari va tarkibining jami bilan aniqlanadi hamda ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi bilan belgilanadi. Bular
quyidagilardan iborat: ruhiy munosabatining xususiyatlari, jinoyatning motiv va maqsadi, shaxsni tavsiflaydigan
holatlarga oid jinoiy qasd yoki ehtiyotsizlikning kelib chiqishiga turtki bo'lgan sabab va shart-sharoitlardir.
Yuridik adabiyotlarda ayb turUcha talqin etiladi. Qator mualhflar jinoyatning subyektiv tomonini tadqiq etishda
ayb va jinoyatning subyektiv tomoni tushunchasini aynan bir xil, deb hisoblashsa, boshqalari jinoyatning subyektiv
tomoni aybga nisbagan keng tushuncha bo'lib, u o'z ichiga jinoyatning motivi va maqsadini ham qamrab oladi, deb
hisoblaydilar. Shubhasiz, bular aynan bir xil tushunchalar emas.
Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksida (Jinoyat kodeksining 20-moddasi) nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli
qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq jinoyat:
1) qasddan;
2) ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilishi mumkin.
Aybning qasd shaklida jinoyat
to 'g'ri
yoki
egri
qasd bilan sodir etilishi mumkin. Jinoyat tamom bo'lgan vaqt
ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblanadi. Uni sodir etgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik
xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etilgan, deb
topiladi. Qasddan sodir etilgan jinoyatga berilgan bu ta'rif to'g'ri qasd bilan amalga oshiriladigan jinoyatlar tarkibiga
nisbatan berilgan.
Jinoyatni sodir etgan shaxs qilmishning ijtimoiy xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini
oldindan ko'ra bilgan va ularning yuz berishini istagan bo'lsa, u
to'g'ri
qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi. Jinoyatni
sodir etgan shaxs o'z qilmishining xavfliligini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlarini oldindan ko'ra bilgan va
ularning yuz berishiga ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, u
egri
qasd bilan sodir etilgan hisoblanadi.
O'z-o'ziga ishonish yoki beparvolik orqasida sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish ehtiyotsizlik orqasida sodir
etilgan jinoyat, deb topiladi. O'zbekiston Respublikasi jinoyat qonuni tarixida birinchi marta 1994-yilgi Jinoyat
kodeksida murakkab aybli jinoyat tushunchasi o'z aksini topdi.
Sud-ter gov amaliyotida aybdorning sodir etgan jinoyati va yuz bergan oqibatlarga bo'lgan munosabati har xil
bo'lgan hollarda jinoyatni kvalifikatsiya qilishda turli muammolarga duch kelinadi, bunday hollarda ayb shakllarining
to'g'ri aniqlanishi sodir etilgan jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti ekanligidan kelib chiqib, Jinoyat
kodeksining 23-moddasida murakkab ayb tushunchasiga ta'rif berilgan.
Agar shaxsning qasddan jinoyat sodir etishi natijasida ehtiyotsizlik orqasida boshqa ijtimoiy xavfli oqibatlar yuz
bergan va shunday qilmish uchun og'irroq javobgarlik belgilangan bo'lsa, bunday jinoyat qasddan sodir etiigan, deb
topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |