Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar
va baxtsiz hodisalami tekshirish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish
obyektlarining
sanoat
xavfsizligi
to‘g‘risida”gi
Qonuni
(O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006
-y., 39-son, 386-modda) hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011
-yil 11-maydagi 131-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini
geologik o‘rganish,
sanoatda, konchilikda va kommunal
-maishiy sektorda
ishlarning bexatar olib borilishini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi
tuzilmasini
yanada
takomillashtirishga
doir
chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
qaroriga
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami,
2011-y., 19-son, 191-modda) muvofiq, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida
avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibini belgilaydi.
Umumiy qoidalar
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi inshootlar va (yoki) xavfli
ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan
texnika qurilmalarining
buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli
moddalar ajralib
chiqishi bilan bog‘liq avariyalar texnik jihatdan tekshirilishi shart.
2. Avariyani texnik jihatdan tekshirish uning yuzaga kelish sabablarini
aniqlash, yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash, avariya oqibatlarini bartaraf
etish hamda boshq
a tashkilotlarda shunga o‘xshash avariyalar yuz
berishining oldini olish maqsadida o‘tkaziladi.
3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida
avariya yuz bergan taqdirda,
undan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni to‘xtatib t
urishi;
texnik jihatdan tekshirish boshlangunga qadar avariya yuz bergan
joydagi dastlabki holatni saqlab turishi;
avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi,
avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish
va ularning oldini olish
choralarini ko‘rishi;
O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va uning
hududiy boshqarmalarini, sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega
bo‘lgan boshqa davlat organlarini (Favqulodda vaziyatlar vazirligining
hududiy boshqarmalari, qutqaruv xizmatlari va boshqalar), mahalliy davlat
hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish
organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya to‘g‘risida o‘z
vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
(3-
bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Sanoat
xavfsizligi
davlat
qo‘mitasining
2019
-yil
30-sentabrdagi
04/YuB-39-
sonli qarori
(ro‘yxat raqami 2558
-1, 14.10.2019-y.) tahririda
—
Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2019
-y., 10/19/2558-1/3903-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini
muhofaza qilish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga
yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi
hamda amalga oshirishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya
ehtimolini nazarda tutgan
holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko‘
maklashish tizimlarini
tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar hisobini olib borishi
shart.
4. Avariya to‘g‘risidagi tezkor xabarda quyidagi ma’lumotlar
ko‘rsatilishi lozim:
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya yuz bergan tashkilotning
tashkiliy-
huquqiy shakli ko‘rsatilgan to‘liq nomi va joylashgan eri (pochta
manzili);
avariya yuz bergan sana, vaqt va joy;
avariyaning qisqacha tafsiloti.
Avariya t
o‘g‘risidagi tezkor xabar tashkilot rahbari tomonidan
imzolanadi.
5. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi
avariya sabablarini texnik
jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish
obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
•