MAVZU: SHAXS XARAKTERINI ANGLATUVCHI SIFATLAR LEKSIK-SEMANTIK GURUHLARI
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASIGA ANNOTATSIYA
Grammatikaning ajralmas bir qismi bo`lgan o`zbek tili morfologiyasida boshqa so`z turkumlari qatori shaxs xarakterini anglatuvchi sifatlar ham katta o`rin egallaydi. Shaxs xarakterini anglatuvchi sifatlar o`zbek tilida o`zining leksik-semantik grammatik xususiyatlariga ko`ra mustaqil so`z turkumi sifatida ajratilgan. Shaxs xarakterini anglatuvchi sifatlarning ko`p qirralari bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ammo sifatning leksemalar xususiyatlari haqidagi fikrlarni yetarli deb bo`lmaydi. Qolaversa, shaxs xarakterini anglatuvchi sifatlarni tadqiq etishda zamonaviy tilshunoslikdagi eng ilg`or metodlardan, xususan, leksik-semantik, komponent tahlil, qiyosiy- statistik tahlil metodlaridan foydalanish oqsamoqda .
Do'stlaringiz bilan baham: |