Tadqiqotning obyekti. Tadqiqotimizning obyekti sifatida o`zbek yozuvchi va shoirlarining asarlari, matbuot materiallari, shuningdek, besh tomlik “O`zbek tilining izohli lug`ati”, “O`zbek tilining etimologik lug`ati” kabi manbalardan to`plangan faktik dalillar xizmat qiladi.
Tadqiqotning predmeti. Hozirgi o`zbek tilida shaxs xarakterini anglatuvchi sifatlarning leksik-semantik xususiyatlari.
Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Tadqiqotning metodologik asosini dialektik metod, ya’ni tadqiq jarayonida umumiylik va xususiylik, sabab-oqibat dialektikasiga tayanish, umumiylikning butunligi va ichki ziddiyatligi, voqea (hodisa)larning esa mazmunan, shaklan behad rang-barangligi, lekin mohiyatan bir xilligi kabi tamoyillar tashkil etadi. Bunday yondashishda tilshunoslikning tavsifiy, qiyosiy-tarixiy tahlil usullaridan keng foydalanildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |