KOMPONENT TAHLIL HAQIDA: TUSHUNCHA VA TAHLIL
Reja:
Komponent tahlil tushunchasi.
Komponent tahlilning o‘rni va ahamiyati.
Komponent tahlil differensial tahlilning leksik tizimga tadbiq etilishi natijasida yuzaga keladigan tahlil usulidir.
Lug‘aviy birliklar, xuddi boshqa sathlardagidek, til tizimida ma’lum tartibdagi guruhlarni tashkil qiladi va ma’nolari jihatidan (ushbu guruhlar doirasida) o‘zaro paradigmatik munosabatlarni hosil qiladi. Bunday paradigmatik dasturlarni «mavzuviy guruhlar» yoki «leksik-semantik guruhilar» deb ataydilar. Masalan, quyidagi mavzuviy guruhlarni ajratish mumkin:
1) uy jihozlari nomlari: stol, stul, shkaf, kreslo, divan, sandiq, taxmon va h.k.
2) metereologik hodisalar: shamol, qor, yomg‘ir, izg‘irin, to‘fon, bo‘ron va h.k.
3) qon-qarindoshlik atamalari: ota, bola, ona, qiz, o‘g‘il, aka, uka, tog‘a, jiyan, xotin, qaynota va h.k.
4) his-hayajonni ifodalovchi so‘zlar: xursandchilik, xafalik, shodlik, mamnunlik, nafrat, zavq, shafqat va h.k.
5) inson intellekomponent tahlilual faoliyatini ifodalovchi fe’llar: o‘ylamoq, ikkilanmoq, fikrlamoq, bilmoq, faraz qilmoq, tushunmoq, eslamoq, unutmoq va h.k.
Har bir mavzuviy qator ushbu guruhga kiruvchi so‘zlar o‘rtasida taqsimlanadigan umumiy «ma’no doirasini» qamrab oladi. Bu qator doirasidagi har bir so‘z ma’nosi boshqasinikiga moslashadi. Ular semantik umumiylikka egadir va ayni paytda, bir-biridan farq qiladi. Shu asosda ularni qarama-qarshi qo‘yish va qiyoslash yo‘li bilan har bir so‘zning ma’nosini komponentlarga (bo‘laklarga) ajratish mumkin. Ushbu differensial ma’no xususiyatlarini aniqlash komponent tahlilning asosiy maqsadidir.
Komponent tahlil metodi qisman lug‘atshunoslik amaliyoti bilan bog‘liq holda shakllangan. Ma’lumki, izohli lug‘atlarda so‘zlarning ma’nosi ularning boshqa so‘zlar bilan bo‘lgan semantik aloqalari asosida izohlanadi. Ma’nolarning bu usulda izohlanishi turli so‘zlarni ularning semantik belgilari umumiyligi asosida ma’lum leksik-semantik guruhilarga ajratish imkonini yaratadi. Shuning bilan bir qatorda ushbu guruhlanish jarayonida qisman bo‘lsa-da, so‘zlarning farqlovchi ma’no xususiyatlari ham inobatga olinadi. Komponent tahlilda lug‘atshunoslik amaliyotining ushbu tajribasiga tayaniladi va farqlovchi belgilar tizimlashtiriladi.
Yuqorida aytilganidek, til lug‘at boyligi tarkibidan ma’lum leksik-semantik guruhilarning ajratilishi komponent tahlilning zaruriylik bosqichidir. Bu guruhlar tarkibiga ma’no jihatidan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan, voqelikning alohida bir parchasini aks ettiradigan lug‘aviy birliklar kiradi. Voqelikning ma’lum qismlarga ajratilishi bilan bog‘liq mental faoliyat ko‘p bosqichli faoliyatdir. Shu sababli turli ko‘rinishdagi leksik-semantik guruhilarning ajratilishi ham ko‘p bosqichlidir. Masalan, tirik mavjudotlarni atovchi birliklar birikadigan leksik-semantik guruhjonsiz predmetlar nomlari guruhiga qarama-qarshi qo‘yiladi. Bu umumiy guruh tarkibida qushlar nomlari leksik-semantik guruhi, masalan, baliq turlari atamalari guruhidan farqlanadi. Xuddi shu kabi, insoniy his-tuyg‘ular bilan bog‘liq so‘zlar guruhini keyingi bosqichda ijobiy va salbiy his-tuyg‘ular leksik-semantik guruhilariga taqsimlash mumkin.
Biror bir leksik-semantik guruhtarkibiga kiruvchi so‘zlar umumiy semantik xususiyatga ega bo‘lishi sababli ushbu xususiyatni yagona bir so‘z bilan atash ehtimoli tug‘iladi. Ko‘pincha bu so‘z ushbu leksik-semantik guruhining o‘zidan tanlanadi yoki bu vazifani maxsus shartli belgi bajarishi ham mumkin. Masalan, harakat fe’llari leksik-semantik guruhini ajratayotib, umumiy semantik belgini «harakat qilish» so‘zi bilan atash yoki belgilash umumiy qayd etilgan hodisadir.
Agar ajratilgan leksik-semantik guruh boshqa biror katta hajmdagi guruh tarkibiga kirsa, ushbu leksik-semantik guruh so‘zlarining ikki va undan ortiq umumiy ma’no xususiyatiga ega bo‘lishi tabiiydir. Binobarin, salbiy emotsiya leksik-semantik guruh tarkibidagi so‘zlar uchun «emotsionallik» va «salbiylik» semantik xususiyatlari umumlashuvi bir xilda xosdir.
Ma’lum qatordagi so‘zlarni yagona bir leksik-semantik guruh tarkibiga bir komponent tahlili umumiy semantik xususiyat ayni paytning o‘zida guruhlarni bir-biridan farqlash uchun ham asos bo‘ladi (ushbu guruhlarni o‘zaro qiyoslash va qarama-qarshi qo‘yish uchun mantiqiy asos bo‘lgan taqdirda). Buni biz salbiy his-tuyg‘uni ifodalovchi so‘zlar guruhida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu holatda «salbiylik» xususiyati «ijobiylik» xususiyatiga qiyosan ma’lum bir leksik-semantik guruhni ajratuvchi semantik belgiga aylanadi.
Komponent tahlil jarayonida har bir so‘z ma’lum bir leksik-semantik guruhga tobe birlik sifatida qaraladi. Shu sababli komponent tahlilning obyekti alohida so‘z bo‘lmasdan, balki to‘liq tarkibdagi leksik-semantik guruhidir. Lekin komponent tahlil oxir-oqibatda alohida so‘zlarning ma’no hajmini, uning barcha holatlarda namoyon bo‘ladigan semantik xususiyatlarini aniqlash maqsadini ko‘zlaydi.
So‘zsiz, komponent tahlilning tadbiq qilinishi miqdor jihatidan chegaralangan leksik-semantik guruhlarda osonroq kechadi. Shu sababli bo‘lsa kerakki, qariyb barcha semasiologiyaga oid risola va o‘quv qo‘llanmalarida misol tariqasida qon-qarindoshlik atamalari guruhiga izoh beriladi «Ota», «Ona», «o‘g‘il», «qiz», «amma», «xola», «amaki», «tog‘a», «kelin», «kuyov», «aka», «uka», «pochcha», «yanga» kabi leksemalar «qarindoshlik» ma’no xususiyati umumiyligiga asosan yagona bir guruhga birikadilar. Ammo ushbu so‘zlar boshqa turdagi ma’no belgilari farqiga nisbatan qarama-qarshi qo‘yiladilar: a) jins: ayol (1) – erkak (2); b) avlod: bir avlod (3) – turli avlod (4): oldingi avlod (4) – keyingi avlod (5); v) qarindoshlik darajasi: qondoshlik (bevosita) (6)- bilvosita qarindoshlik (7).
Bunday qiyoslash asosida quyidagi differensial (farqlovchi) ma’no xususiyatlari qatori ajratiladi: R1-2, 3-(4-5), 6-7 va shu xususiyatlar asosida ushbu leksik-semantik guruhga kiruvchi barcha so‘zlar ma’nosi ma’lum turdagi farqlovchi belgilarning birikmasi yoki to‘plami sifatida yoritiladi. Masalan, «ona» so‘zining ma’nosi 2,4,6 xususiyatlar to‘plamidan iborat (ayol jinsidan oldingi avlodga tobe bevosita qarindosh); «xola» so‘zining ma’nosini esa R 2, 4, 7 xususiyatlarning birikishi tashkil etadi (ayol jinsidagi oldingi avlod, bevosita qarindosh); «kuyov» so‘zi, o‘z navbatida, R 1,5,7 ma’no xususiyatlar to‘plamidan tashkil topadi (erkak jinsidan keyingi avlod, bilvosita qarindosh).
Boshqa leksik-semantik guruhlar tarkibidagi so‘zlarni ham xuddi shu yo‘sinda komponent tahlildan o‘tkazib, ularning ma’no xususiyatlarini aniqlash mumkin. Binobarin, salbiy beixtiyor emotsiya leksik-semantik guruhga kiruvchi so‘zlar quyidagi xususiyatlar asosida o‘zaro qiyoslanadilar (Axmanova va boshqalar 1969: 65-77):
1. His-tuyg‘uning paydo bo‘lish xarakeriga nisbatan:
a) birlamchi (tashqi ta’sirga bevosita bo‘lgan his-tuyg‘u javobi): alam, o‘kinch, qahr-g‘azab, jahl, zarda kabilar;
b) ikkilamchi (oldingi emotsional holat ta’sirida tug‘iladigan his-tuyg‘u): nafratlanish, g‘azablanish, achchiqlanish, zarda qilish kabilar;
v) yashirin emosiya: g‘azab, achchiq, qoniqmaslik, norozilik kabilar.
2. His-tuyg‘uning kechish holatiga nisbatan:
a) passivlik: alam, o‘kinch, qahr, zarda kabilar;
b) faollik: g‘azablanish, nafratlanish, jahl qilish kabilar;
v) nazorat qilish imkoniyati mavjudligi: achchiq qilish, qoniqmaslik, alam qilish kabilar.
d) nazoratning yo‘qolishi: quturish, zarda qilish, qahr qilish kabilar.
3. Davriyligi:
a) davomlilik: qanoatlanmaslik, qoniqmaslik, alam, g‘azab kabilar.
b) tugallanganlik: quturish, qahr, jahl, zarda kabilar.
Har qalay, biror bir leksik-semantik guruh tarkibiga kiruvchi so‘zlarni umumiy ma’no xususiyatlari asosida tahlil qilish jarayonida ushbu so‘zlar semantikasini to‘lig‘icha yoritish imkoniyati anchagina chegaralanganligini ham unutmaslik lozim. Bundan tashqari, leksik-semantik guruhilarni ajratish amali ham ayrim hollarda qiyin kechadi. Shu sabablarga ko‘ra hozircha biror til lug‘at boyligini tashkil qiluvchi so‘zlar turkumlarining ma’lum guruhlar bo‘yicha to‘liq taqsimotini aks ettiruvchi lug‘at yoki boshqa turdagi asar hozircha yo‘q. Biroq komponent tahlil mahsuldor va istiqbolli lisoniy tadqiq metodi ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, zero, ushbu metod vositasida ko‘plab semasiologik muammolar yechimiga yo‘l topish mumkinligi o‘z isbotini allaqachon topgan. Masalan, ushbu metodning polisemiya va omonimiya hodisalariga oid qator savollarga javob izlashda qo‘l kelishi tajribada sinab ko‘rilgan. Ukrainalik tilshunos M.I.Zadorojniyning fikricha, tashqi ko‘rinishi bir xil bo‘lgan so‘zlarning alohida ma’nolari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik borligi yoki yo‘qligi umumiy ma’no xususiyati mavjudligi mezonida qaraladi. Bunday hollarda so‘zlar (yoki ma’no komponentlari) o‘rtasidagi «semantik masofa»ni quyidagi formula yordamida o‘lchash mumkin:
Bu yerda Sab – a va b ma’nolari o‘rtasidagi «semantik masofa», Ma – a ma’noning bo‘laklari to‘plami, Mb – b ma’noning bo‘laklari to‘plami, ~ - to‘plamlar kesimi belgisi (mos keladigan ma’no xususiyatlari miqdori), ~ - to‘plamlar birikuvi belgisi (barcha ma’no bo‘laklari yig‘indisi).
Ushbu formulaga asosan alohida ma’nolar o‘rtasidagi semantik masofa noldan birgacha bo‘lishi mumkin. Masalan, «ko‘rmoq» 1 (ko‘rish yordamida idrok etish) va ko‘rmoq 2 (sezish, anglash) o‘rtasidagi bunday masofa quyidagiga teng:
1) idrok qilish – idrok usuli;
2) ko‘rish vositasida;
3) tasavvurda;
4) idrokning natijaliligi.
Komponent tahlil tadbiq etilayotgan so‘zlarning sintagmatik xususiyatlari inobatga olingan holda bajarilsa, leksik sinonimlar tasnifi oson kechadi. Chunki lug‘at birliklarining farqlovchi ma’no xususiyatlari bir xil imkoniyatga ega bo‘lmaydilar. Ularning ayrimlari so‘zlarni ko‘rinishdagi faollashuvida farqlash imkoniyatiga ega bo‘lsa, boshqalarining ma’nolari esa qarama-qarshi qatorlarda neytrallashuvi hech gap emas. Bunday so‘zlar matnda o‘zaro o‘rin almashadilar. Teng huquqli o‘rin almashinuv sinonim so‘zlarni aniqlashning asosiy usullaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |