O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
O'RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA'LIMINI
RIVOJLANTIRISH INSTITUTI
JINOYAT HUQUQI
(Umumiy qism)
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik
j/0*
«SHARQ» NASHRIYOT-MATBAA
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI
BOSH TAHRIRIYATI
NAMANGAN -2007
2
3
1-bob. JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI, VAZIFALARI,
PRINSIPLARI VA TIZIMI
1.1. Jinoyat huquqi tushunchasi, vazifalari va predmeti
Jinoyat huquqi tushunchasi ikki:
qonunchilik sohasi
va
huquq tarmog'i
ma'nosida qo'llaniladi. Yurisprudensiya,
ya'ni yuridik fanlar tizimida ham jinoyat huquqi mustaqil huquqiy fan sifatida muhim o'rin egallagan. Jinoyat huquqi
boshqa huquq tarmoqlaridan, xususan, maxsus huquq tarmoqlaridan o'ziga xos vazifalari, predmeti va tartibga solish
metod (uslub)lari bilan farq qiladi.
Jinoyat huquqi —
qilmishning jinoiyligi va bunday jinoiy qilmishlar uchun tayinlanadigan jazo choralarini
belgilovchi hamda jinoyat sodir etilishi bilan yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlami tartibga soluvchi yuridik
normalar tizimi.
Jinoyat huquqi
— huquq tizimining mustaqil huquq tarmog'i bo'lib, qilmishning jinoyat ekanligini, jinoiy
javobgarlikning asoslari va chegaralari, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qiluvchi holatlarni belgilovchi Oliy davlat
hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan huquq normalari yig'indisi.
Jinoyat qonunchiligi —
Oliy davlat hokimiyati organi tomonidan o'rnatilgan jinoyat, deb hisoblanadigan
qilmishlar doirasi, ularni sodir etganlik uchun javobgarlik, jazo tayinlash, jazo turlari va hajmi, jinoiy javobgarlik va
jazodan ozod qilish asoslari, shuningdek, jinoiy javobgarlik asoslari va prinsiplarini belgilovchi huquq normalari
majmuyidan iborat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimidagi mustaqil qonunchilik sohasi.
Mustaqil huquq tarmog'i hisoblangan jinoyat huquqidan farqli ravishda jinoyat huquqi fani davlatning
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi siyosati hamda jinoyat huquqining tarixiy taraqqiyot bosqichlari bo'yicha
qarashlar, g'oyalar va fikrlar tizimini, shuningdek, jinoyat huquqining o'rganish predmeti, metodlari, vazifalari, tizimi va
shu kabi masalalarni o'z ichiga qamrab oladi. Bu fan jinoyat huquqi normalarining majmuyi sifatida uning tarixini,
qo'llash amaliyotini o'rganadi hamda bu borada turli xil ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.
Bundan tashqari, jinoyat huquqi tushunchasi o'quv intizomi sifatida qo'llanilib, u yuridik o'quv yurtlaridagi
jinoyat huquqi bo'yicha o'quv materiallari va mavzu rejalarini o'z ichiga oladi.
Jinoyat huquqi huquq tarmog'i sifatida
Do'stlaringiz bilan baham: |