O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.2.1. Qonuniylik prinsipi 
Qonuniylik prinsipi Jinoyat kodeksining 4-moddasida mus-tahkamlab qo'yilgan bo'lib, unda uch mustaqil norma 
belgilangan: 
1. Sodir etilgan qilmishning jinoiyligi, jazoga sazovorligi va boshqa huquqiy okibatlar faqat Jinoyat kodeksi bilan 
belgilanadi. 
2. Hech kim sud hukmisiz jinoyat sodir qilishda aybli, deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi 
mumkin emas. 
3. Jinoyat sodir etishda aybdor, deb topilgan shaxs qonunda belgilangan huquqlardan foydalanadi va muayyan 
majburiyatlarni bajaradi. 
Jinoyat huquqining qonuniylik prinsipi bir necha 
huquqiy talablardan 
kelib chiqadi. 
Ulardan 
birinchisi 
— xalqaro huquq normalarining milliy huquq normalaridan ustunligi, ya'ni qonuniylik 
prinsipiga ko'ra, O'zbe-kiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari xalqaro huquq normalariga zid bo'lmasligi 
kerak. Bunday xalqaro huquqiy normalar 1948-yilgi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi, 1986— 1989-
yillardagi Vena kelishuvlari, Narkomaniya va terrorizmga qarshi kurash bo'yicha Konvensiya hamda boshqa xalqaro 
jinoyatlar va xalqaro xususiyatdagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi xalqaro shartnomalarda ifodalanadi. 
Shuni aytib o'tish joizki, xalqaro huquq normalari inson huquqlari bilan bog'liq bo'lib, unda sanksiyalar mavjud 
bo'lma-ganligi tufayli Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismiga «Tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi 
jinoyatlar», deb nomlangan VIII bob kiritilganligi milliy huquq normalarining xalqaro huquq normalariga mos kelishini 
bildiradi. 



Qonuniylik prinsipining ikkinchi talabi 
— Jinoyat kodeksining O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos 
kelishi. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasiga ko'ra, birorta ham qonun va boshqa normativ 
huquqiy hujjat Konstitutsiya normalariga va qoidalariga zid kelishi mumkin emas. 
Jinoyat kodeksining Konstitutsiyaga mos kelishi, shuningdek, Jinoyat kodeksi va Konstitutsiya normalari o'rtasida 
kolliziya (qarama-qarshilik) kelib chiqqanda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarining ustunligi tan 
olinadi. 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-moddasida «Inson hayotiga suiqasd qilish eng og'ir 
jinoyatdir», deb ta'kidlab o'tilgan. Konstitutsiyaning aynan shu moddasidan kelib chiqib, Jinoyat kodeksining «Maxsus» 
qismiga «Hayotga qarshi jinoyatlar» bobi kiritilgan. 
Uchinchi talab: 
«qonunda ko'rsatilmagan jinoyat ham, jazo ham mavjud emas». Bu qadimiy huquqiy qoida 
quyidagi lotincha jumlalar orqali ifodalanadi: 
«Nullum crimen, nulla poena sinelege».
Ushbu qoida qonuniylik prinsipining asosiy qoidasi bo'lib, unga ko'ra, shaxs qonunda ko'rsatilgan jinoyati 
uchun qonunda ko'rsatilgan jazo doirasidagina javobgarlikka tortiladi, ya'ni shaxsning sodir etgan qilmishning jinoiyligi 
va ushbu jinoyat uchun jazoning mavjudligi jinoyat qonunida aniq ko'rsatilgan bo'lishi kerak. 
Qonu niylik prinsipining to'rtinchi talabi 
— jinoyat uchun javobgarlik haqidagi normalarning jinoyat 
qonunida kodefikat-siyalanishi kerakligida ifodalanadi, ya'ni javobgarlikni belgilovchi alohida qonunlar, masalan, 
harbiylarning jinoiy javobgarligi, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi to'g'risidagi qonunlar amal qilishi 
mumkin emas. Barcha jinoyat huquqiy normalar yagona Jinoyat kodeksida mujassamlanishi kerak. 
Jinoyat huquqi qonuniylik prinsipining beshinchi talabi bo 'yicha: 
jinoyat qonunining analogiya bo'yicha 
qo'llanilishi taqiqlanadi, ya'ni «jinoyat-huquqiy javobgarlikni belgilovchi normalar Jinoyat kodeksida to'g'ridan to'g'ri 
ko'rsatilmagan bo'lsa, shunga o'xshash normalar qo'llaniladi», qoidasi jinoyat huquqida amal qilmaydi. 
Qonuniylik prinsipining oltinchi talabi kriminalizatsiya bilan bog'liq 
bo'lib, qonun chiqaruvchi tomonidan 
shaxsning jinoyat, deb hisoblanadigan xulq-atvori uning qilmishiga nisbatan, ya'ni shaxs, jamiyat va davlat 
manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakat yoki harakatsizlikka nisbatan olinadi. Ma'lum bir jinoyatni sodir qilish xayoli, 
o'yi jinoyat, deb hisoblanmaydi va ular uchun jazo mavjud emas 
(«Cogitationis poenam nemo patitur»).
Jinoyat huquqi nazariyasidagi ilmiy bahslarga ko'ra, javob-garlikning muqarrarligi prinsipini qonuniylik prinsipi 
tarkibiga kiritish ham mumkin. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish