O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.2.6. Ayb uchun javobgarlik prinsipi
Bu-prinsip Jinoyat kodeksining 9-moddasida belgilangan bo'lib, unga ko'ra: «Shaxs qonunda belgilangan 
tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo'ladi». 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi: 
• 
birinchidan, 
jinoyat sodir etganlikda aybdor shaxsning shaxsiy (individual) javobgarligini; 
• 
ikkinchidan, 
faqat qasd va ehtiyotsizlik shaklidagi jinoyat sodir etgan jismoniy shaxslarning jinoiy javobgarlikka 
tortilishini anglatadi. 
Ya'ni, shaxs aybi bo'lgan jinoyati uchungina javob beradi, aybi bo'lmagan shaxs jinoiy javobgarlikka 
tortilmaydi. 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi «Ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan shaxsiy aybi aniqlanmagan 
hech bir shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi», degan qoidani mustahkamlaydi. Bu qoida qadimgi Rim huquqida ham 
mavjud bo'lib, quyidagicha ifodalanib, 
«.Nullum crimen, nulla poena sine cupla» ~ 
«Aybsiz jinoyat ham, jazo ham 
bo'lmaydi», ma'nosini bildiradi. 
Ayb uchun javobgarlik prinsipi subyektiv jihatdan shaxsning o'z ijtimoiy xavfli qilmishi va uning oqibatiga 
nisbatan ruhiy munosabatini anglatsa, obyektiy jihatdan jinoyat qonunida aybi bo'lmagan shaxsning jinoiy javobgarlikka 
tortilmasligi belgilab qo'yilganligida ifodalanadi. 
Bundan tashqari, jinoyat qonuni «aybsiz holda zarar yetkazish» uchun javobgarlikni istisno qiladi. Jinoyat 
kodeksining 24-moddasiga ko'ra, agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi 
mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning ijtimoiy oqibatiga 
ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday qilmish aybsiz holda sodir etilgan deb topiladi. Aybsiz 
holda zarar yetkazish jinoyat huquqida 
«kazus» («cazus»), 
deb ataladi va jinoiy javobgarlikni istisno qiladi. Bunday 
kazuslar, 
odatda, fors-major hollari, yengib bo'lmas kuchlar natijasida yuzaga keladi. 
Demak, 
ayb uchun javobgarlik prinsipi ~ 
ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatiga nisbatan aybi isbotlangan 
shaxsgina jinoiy javobgarlikka tortilishini bildiradi. 
O'zbekiston Respublikasining 1994-yilgi Jinoyat kodeksi ayb uchun javobgarlik prinsipiga amal qilingan holda 
tuzilgan bo'lib, unda «Ayb» deb nomlangan maxsus bob ajratilgan va ushbu bob normalari aybning shakllari, murakkab 
aybli jinoyatlar, aybsiz holda /.arar yetkazish kabi jinoyat huquqiy holatlarni belgilab bergan yoshga yetganidan keyin 
muayyan hayot tajribasi to'planadi, yaxshi va yomonni ajratish qobiliyati shakllanadi, o'z hayotiy ehtiyojini qondirishda 
harakatning u yoki bu variantini tanlash, muayyan muammoni hal qilishning u yoki bu yo'lini tanlash qobiliyati 
shakllanadi. Ana shunday qobiliyat o'n olti yoshga to'lgan voyaga yetmaganlarda shakllanadi, deb hisoblab Jinoyat 
kodeksining 17-moddasi, 1-qismida 16 yoshga to'lgan yosh jinoyatning subyekt yoshi sifatida belgilangan. Demak, 
Jinoyat kodeksining 17-mod-dasida belgilanganiga ko'ra, O'zbekistonda 16 yoshga to'lgan shaxslar jinoyat subyekti 
yoshiga to'lgan hisoblanadilar. Ammo shunday jinoyatlar borki, ularni 16 yoshga to'lmagan voyaga yetmaganlar ham 
jinoyat ekanligini, bunday qilmishlar uchun jinoyat qonunida jazo belgilanganligini biladilar. 
Shuni hisobga olib, Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 2-qismida faqat javobgarlikni og'irlashtiradigan holatlarda 
qasddan odam o'ldirish jinoyatlari uchun Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 2-qis-mi) o'n uch yoshga to'lgan voyaga 
yetmaganlar shu jinoyatning subyekti bo'lishlari nazarda tutilgan. Jinoyat kodeksining 17-moddasi, 3-qismida o'n to'rt 
yoshga to'lganlar subyekt bo'la olishi mumkin bo'lgan jinoyatlarning qat'iy ro'yxati berilgan. Bular 97-moddaning 1-
qismi (qasddan odam o'ldirish), 98-modda (kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o'ldirish, 104-modda 
(qasddan badanga og'ir shikast yetkazish), 105-modda (qasddan badanga o'rtacha og'ir shikast yetkazish) 106-modda 
(kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazish), 118-modda (nomusga 
tegish), 119-modda (jinsiy ehtiyojni zo'rlik ishlatib g'ayritabiiy usulda qondirish, 137-modda (odam o'g'irlash), 164-
modda (bos-qinchilik), 165-modda (tovlamachilik), 166-modda (talonchilik), 169-modda (o'g'rilik), 173-moddaning 
ikkinchi va uchinchi qismlari (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish), 220-modda (ozodlikdan 
mahrum etish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqarish), 222-modda (ozodlikdan mahrum qilish 
joylaridan qochish), 247-modda (o'q-otar qurol, o'q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini qonunga 



xilof ravishda egallash), 252-modda (radioaktiv materiallarni qonunga xilof ravishda egallash), 263-modda (temiryo'l, 
dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo'llarini yaroqsiz holatga keltirish), 267-modda (transport vositalarini 
olib qochish), 271-modda (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash), 14 
yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan jinoyatlarning ushbu ro'yxati qat'iy bo'lib, ana shu ro'yxatda ko'rsatilganidan 
boshqa birorta jinoyat uchun shaxs o'n to'rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
1959-yilda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprelgacha amalda bo'lgan Jinoyat kodeksidagiga nisbatan amaldagi 1994-
yil 22-sentabrda qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'n to'rt yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan jinoyatlarning 
ro'yxati qisqartirilgan. Jumladan, 1959-yilda qabul qilingan Jinoyat kodeksida ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirish (86-
modda) uchun o'n to'rt yoshga to'lganlar ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. 
Ayrim amaliyot xodimlari, hatto, ba'zan yuristlar ham ayrim og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar uchun jinoiy 
javobgarlik o'n to'rt yoshdan belgilangan, deb hisoblashadi. Bunday deb hisoblash to'g'ri emas. Agar qonun chiqaruvchi 
organ og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini o'n to'rt yoshga to'lganlik hisobidan olinganda edi, 
o'ta og'ir jinoyat hisoblangan terrorizmga, davlatga xoinlik qilish, josuslik, jinoiy uyushma tuzish va hokazo jinoyatlar 
uchun o'n to'rt yoshdan javobgarlikni belgilagan bo'lar edi. Vaholanki, qonunda 14 yoshga to'lganlar subyekti bo'la 
oladigan jinoyatlar ro'yxatida ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyatlar ham (masalan, 169-moddaning 1-qismi), uncha 
og'ir bo'lmagan jinoyatlar (masalan, 104-moddaning 1-qismi) ham bor. 
Ushbu ro'yxatdagi jinoyatlar uchun o'n to'rt yoshga to'lgan-larning jinoyat subyekti bo'la olishida, asosan, shu 
yoshdagilarning ana shu qilmishlarni jinoyat ekanligini bilganligi, qonunda ularni sodir etish taqiqlanganligini bilganligi 
asos qilib olingan. 
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, ularni faqat o'n sakkiz yoshga to'lganlargina 
sodir qila oladilar. 1959-yili qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan 
jinoyatlar ro'yxati «Umumiy» qism moddasida (10-modda) berilmaganligi tufayli subyekt yoshiga qarab javobgar qilish 
masalasida xatoga yo'l qo'yishlar bo'lar edi. Amaldagi Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la 
oladigan jinoyatlarning ro'yxati beriUb, bu borada yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolarga chek qo'yildi. 
O'n sakkiz yoshga to'lganlar quyidagi jinoyatlarning subyekti bo'la oladilar: 122-modda (voyaga yetmagan yoki 
mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash); 123-modda (ota-onani moddiy ta'minlashdan 
bo'yin tovlash); 127-modda (voyaga 
Jinoyat kodeksining 10-moddasida ushbu prinsip belgilangan bo'lib, unga ko'ra: «qilmishida jinoyat tarkibining 
mavjudligi aniqlangan har bir shaxs javobgarlikka tortilishi shart». 
Javobgarlikning muqarrarligi prinsipi: 
1. Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksida belgilangan jazo va boshqa huquqiy ta'sir choralari 
qo'llanilishini; 
2. Jinoiy javobgarlikdan va jazodan ozod qilishda qonunda ko'rsatilgan mavjud barcha asoslar va shartlar 
bo'lgandagina yo'l qo'yilishini bilidiradi. 
«Bu prinsip jinoyat huquqiy xususiyatdan ko'ra, ko'proq jinoyat protsessual xususiyat kasb etadi», degan fikr 
ko'pgina mamlakat-larning Jinoyat kodeksiga kiritilmagan. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish