O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
1.2.2. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 5-moddasida 
belgilangan bo'lib, unga ko'ra, jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, till, 
dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi-dan qat'iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega 
bo'lib, qonun oldida tengdirlar. 
Ushbu normaning asosi O'zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 18-moddasida belgilangan bo'lib, unda 
«O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, 
ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar», deb ko'rsatib 
o'tilgan. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipida: 

birinchidan, 
Jinoyat kodeksining 5-moddasida ko'rsatilgan belgilar va holatlardan qat'iy nazar, fuqarolarning 
tengligi, ularning bir xil huquq va majburiyatlarga ega ekanligi ifodalanadi; 

ikkinchidan, 
Jinoyat qonunining bir xilda qo'llanilishi ta'min-lanadi. 
Jinoyat kodeksining 5-moddasi nomi bilan uning mazmuni mos kelmasdan, ushbu moddada faqat jinoyat sodir 
etgan shaxslarning qonun oldida tengligi xususida filer bildirilgan. Lekin jinoyat huquqiy munosabatlarning barcha 
ishtirokchilari, jinoyat sodir etgan shaxslardan tashqari, jabrlanuvchi, jinoyat qonunini qo'llovchi shaxslar ham 
fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipiga amal qilishlari shart. 
Qonun chiqaruvchi tomonidan tenglik prinsipiga amal qilinishi (qilmishlarni jinoiy, deb topish masalasi 
borasida) barcha jinoiy huquqbuzarliklar uchun jinoiy javobgarlikni belgilashda ifodalanadi. Bundan tashqari, shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarining himoya qilinishi masalasida ham tenglik prinsipiga amal qilinishi kerak. Xususan, 
maxsus subyektlaming qilmishlarini jinoyat, deb topishda, masalan, mansabdor shaxslar, harbiylar va sudyalar 
qilmishlari uchun boshqalarga javob bermaydi. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipining buzilishi jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Masalan, 
Jinoyat kodeksining 141-moddasida fuqarolar teng huquqliligini buzish uchun, 156-moddasida esa, adovat qo'zg'atish 
maqsadida milliy, irqiy va diniy mansubligiga ko'ra, fuqarolarning tengligini buzish uchun jinoiy javobgarlik 
belgilangan. 
Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi xalqaro huquqiy va Konstitutsiyaviy prinsip bo'lganligi uchun 
barcha qonunlarda qat'iy o'rnatilishi kerak. Amaliyotda bunday prinsip ko'pincha jinoyat sodir etgan shaxslarning 
mulkiy ahvoli va mansab mavqeyi mezonlariga ko'ra buziladi. Bunday buzilishlar jinoyat ishi qo'zg'atmaslik, jinoyat 
tarkibi mavjud emasligi sababli jinoyat ishini tugatish kabi shakllarda boiishi mumkin. 
Demak, fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi sodir etgan jinoyati uchun har bir shaxsning teng 
javobgarligi, jinoiy javobgarlik asoslarining barcha uchun bir xilda qo'llanilishi (amal qilishi)ni bildiradi. Bunday 
prinsipdan istisno holatlar ijtimoiy adolat va insonparvarlik prinsiplari orqali o'rnatilishi mumkin. Masalan, voyaga 
yetmaganlar, homilador ayollar javobgarligi, shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyati kabi holatlar. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish