Mustaqil ish “Korporativ boshqaruv “ kafedrasi Mavzu: Tadbirkorlik shakillari
Bajardi: 13-21 guruh talabasi Jangabayev Damir
Tekshirdi: Olimov A.A
Reja: - Tadbirkorlik mohiyati va asosiy belgilari.
- Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakillari. Venchur biznesi
Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin. Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo’nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to’g’risida ko’plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o’rin egallamoqda. Ularda ko’pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti sub’ektlari xo’jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, amaliy jihatdan bir-birining o’rniga ishlatilishi mumkin. Ammo “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda aynan bir xil tushuncha deb hisoblab bo’lmaydi.
Tadbirkorlik mohiyati va asosiy belgilari
Tadbirkorlikning biznesdan asosiy farqi shundaki, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondoshish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznes esa unga nisbatan keng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir». K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs bo’lib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To’rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o’z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o’z sheriklari, hissadorlari qo’shgan mablag’lar bilan ham tahlikaga boradi
Do'stlaringiz bilan baham: |