O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


 Ayb shakli sifatida qasd va uning turlari



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
8.4. Ayb shakli sifatida qasd va uning turlari
Jinoyat kodeksida javobgarlik ko'zda tutilgan ko'pchilik jinoyatlar qasddan sodir etiladi. Shubhasiz, qasddan 
sodir etiigan jinoyatlarning ehtiyotsizlik orqasida sodir etiigan jinoyatlarga nisbatan ijtimoiy xavflilik darajasi yuqoridir. 
Shaxs qasddan jinoyat sodir etayotganida uni oldindan rejalashtiradi, batafsil tayyorgarlik ko'radi. Shuning uchun 
qasddan sodir etiigan jinoyatlarga qarshi jinoyat huquqiy choralar yordamida kurashish dolzarb muam-molardan biri 
hisoblanadi. Buni hisobga olgan holda qonun chiqaruvchi organ tomonidan qasddan jinoyat sodir etgan shaxslar uchun 
qattiqroq jazo choralarini belgilagan. Masalan, qasddan odam o'ldirganlik uchun (97-moddaning 1-qismi) o'n yildan o'n 
besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ehtiyotsizlik orqasida odam o'ldirganlik (102-moddaning 1-qismi) uchun esa, 
ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. 
Faqatgina qasddan sodir etiigan jinoyatlar og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar sirasiga kiritilgan. Shuningdek, qasddan 
jinoyat sodir etish alohida huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi: bunga shaxsni o'ta xavfli retsidivist, deb topish; 
jazodan shartli ozod qilishga nisbatan qattiqroq shartlar qo'yilganligi va boshqalar kiradi. 
Qasddan sodir etiigan jinoyatlarning yana bir xususiyati shundaki, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatni sodir 
etishga suiqasd qilish hamda jinoyatda ishtirokchilik faqat qasddan sodir etiigan jinoyatlardagina bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 1-qismida qasddan sodir etiigan jinoyat tushunchasiga ta'rif berilgan: «Ushbu 
kodeks moddasida jinoyat tamom bo'lgan payt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisoblangan bo'lib, uni sodir 
etgan shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, 
bunday jinoyat qasddan sodir etiigan, deb topiladi». 


49 
Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 2—3-qismlarida belgilani-shicha: «Ushbu kodeks moddasida jinoyat tamom 
bo'lgan vaqt ijtimoiy xavfli oqibat yuz bergan vaqt, deb topilgan qilmishlar to'g'ri yoki egri qasddan sodir etiigan bo'lishi 
mumkin. 
Agar shaxs o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetgan 
va ulaming yuz berishini istagan bo'lsa, bunday jinoyat to'g'ri qasddan sodir etiigan, deb topiladi». 
Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 4-qismida egri qasddan sodir etiigan jinoyatga ta'rif berilgan: «Agar shaxs o'z 
qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy oqibatlariga ko'zi yetgan va ularning yuz berishiga 
ongli ravishda yo'l qo'ygan bo'lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etiigan, deb topiladi». 
Qasdning tafakkuriy (intellektual) va irodaviy belgilari mavjud. Tafakkuriy (intellektual) holat qasdning 
mazmunini, irodaviy holat esa uning yo'nalishini belgilaydi. Shuning uchun qasdning mohiyati va yo'nalishini 
tafakkuriy, irodaviy holatini to'g'ri belgilash, shubhasiz, jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilishga yordam beradi. 
Shaxs tomonidan jinoyatni faktik tomonining anglanishi jinoyat sodir etish vaqti, joyi, usuli, sharoitlarini 
tafakkuriy (intellektual) holat tarkibiga kiritish imkonini beradi. Biroq, ayrim olimlar ko'rsatilgan belgilarga nisbatan 
aybdorning munosabatini tafakkuriy holat tarkibiga kiritishni noto'g'ri, deb hisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, bu 
belgilar tafakkuriy holat tarkibida bo'lmog'i darkor. Misol uchun, aldash yo'li bilan o'zganing mulkini egallab olmoqchi 
bo'lgan firibgar, bu harakatlarini jabrlanuvchini aldash osonroq bo'lgan vaqt va sharoitida sodir etadi. Bunda firibgar 
o'zganing mulkini egallash g'ayrihuquqiyligini anglashi bilan bir qatorda, u o'zining aldoviga haqiqat tusini berishi 
uchun ma'lum bir sharoitlarini yaratayotganligini ham biladi. 
Tafakkuriy holatning zaruriy belgilaridan yana biri — bu harakat yoki harakatsizlikni sodir etayotgan subyekt 
o'z qilmishi oqibatida zararli oqibatlar kelib chiqishini oldindan ко'га bilgan bo'lishi kerak. Agar ayblanuvchi kelib 
chiqqan oqibatlarni oldin bilmagan yoki ko'ra bilishi mumkin bo'lmagan bo'lsa, uni javobgarlikka tortish uchun asos 
ham bo'lmaydi. 
Ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldin ko'ra bilish deganda, subyektning jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan 
munosabatlarga o'z qilmishi tufayli yetkaziladigan zararning oldindan xayolan ko'z oldiga keltirishi tushuniladi. To'g'ri 
qasdning tafakkuriy holati shaxsning ijtimoiy xavfli xususiyatdagi qilmishini anglashi va uning ijtimoiy xavfli 
oqibatlarini ko'ra bilishidir. To'g'ri qasdning irodaviy holati jinoyat sodir etgan shaxsning o'zi sodir etgan qilmishidan 
kelib chiqadigan ijtimoiy xavfli oqibatni istaganidir. 
O'zining harakati yoki harakatsizligining ijtimoiy xavfli ekanligini anglash deganda, shaxs jinoyat sodir 
etayotganida uning sodir etilishi tufayli vujudga keladigan barcha holatlarini tushunishi nazarda tutiladi. Masalan, shaxs 
qaysi obyektga zarar yetka-zayotganligini, o'z qilmishining g'ayriqonuniy, ijtimoiy xavfli ekanligini tushunadi. 
Shaxsning o'z qilmishining ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi, insonning hayotiy faoliyati, bilimi, malakasiga bog'liq. 
Masalan, o'g'rilik sodir etayotgan shaxs, shubhasiz, tegishli ruxsatsiz, shartnomasiz va boshqalarsiz o'zganing mulkini 
olish mumkin emasligini tushunadi yoxud odam o'ldirayotganida, birovni hayotidan mahrum qilishga haqqi yo'qligini 
tushunadi va shu kabilar. Albatta, shaxs qandaydir holatlar (voyaga yetmaganlik, aqli norasolik) tufayli sodir etayotgan 
qilmishi xususiyatini anglamasa, u jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Shaxsning o'zi sodir etayotgan qilmishning ijtimoiy xavfli ekanligini anglashi uning g'ayriqonuniy ekanligini 
(ya'ni, uni sodir etish qonunda man etilganligini) anglashi zarur degani emas, ko'pchilik hollarda, jinoyat sodir etayotgan 
shaxs uning g'ayriqonuniy qilmish ekanligini anglaydi, ammo ayrim hollarda esa, u qandaydir qilmishning sodir etilishi 
qonunda man etilganligini bilmasligi mumkin, lekin shunga qaramasdan bu uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi, 
chunki qonunda qasd tushunchasiga aybdorning g'ayriqonuniy qilmishni anglashi kirilmagan (Jinoyat kodeksining 21-
moddasi). Ayrim jinoyat -huquqiy normalarda qilmishning g'ayriqonuniy ekanligini awaldan bilishni ko'rsatish shaxs 
uning g'ayriqonuniy ekanligini anglashi sifatida kiritilgan. Masalan, Jinoyat kodeksining 113-moddasi birinchi bandida 
bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xa'vfi ostida qoldirish; Jinoyat kodeksining 139-moddasida bila 
turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo 
qo'llanilganidan keyin sodir etilgan bo'lsa, jinoiy jazo ko'zda tutilgan. 
Bu va boshqa jinoyat-huquqiy normalarda qilmishning jinoyat ekanligini oldindan bilganligi shaxsni jinoiy 
javobgarlikka tortishning zaruriy sharti hisoblanadi. To'g'ri qasdning tafakkuriy holati, ijtimoiy-xavfli qilmish sodir 
etgan shaxsning o'z qilmishi tufayli kelib chiqadigan xavfli oqibatlarni oldindan ko'ra bilishida 
ifodalanadi. Shaxsning ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko'ra bilishi deganda, shaxsning o'z harakatlari natijasida 
tajovuz etilayotgan obyektga qanchalik zarar etishini oldindan tasawur etishi tushuniladi. 
To'g'ri qasdning irodaviy holatida jinoyat sodir etgan shaxs muayyan ijtimoiy xavfli qilmish tufayli muayyan 
oqibat kelib chiqishini (masalan, shaxs odam o'ldirishda aynan birovni hayotdan mahrum qilishni), badanga shikast 
yetkazishda esa, aybdor aynan badanga og'ir shikast yetkazilishni istaydi. 
Aynan irodaviy holat bo'yicha to'g'ri qasd egri qasddan farq qilinadi, chunki to'g'ri qasdda aybdorning 
harakatlarida muayyan oqibatlarning yuz berish istagi mavjudligi bo'lsa, egri qasdda esa, muayyan oqibat yuz berishi 
istagi emas, balki unga ongli ravishda yo'l qo'yiUshi, ya'ni ijtimoiy xavfli oqibat yuz berishiga aybdorning befarq 
qarashida ifodalanadi. Bunday hollarda qilmish aybdorning harakatlari tufayli yuz bergan oqibatlardan kelib chiqqan 
holda kvalifikatsiya qilinadi. Masalan, aybdor tajovuz qilayotib odam badaniga qandaydir jism bilan uradi va uning 
sog'lig'iga zarar yetkazadi. Aybdor urayotganda o'z qilmishining ijtimoiy xavfliligini anglaydi va uning harakatlari 


50 
natijasida jabrlanuvchining sog'lig'iga ziyon etishini biladi (tafakkuriy holat belgisi) va ongli ravishda jabrlanuvchi 
sog'lig'iga zarar yetkazilishiga yo'l qo'yadi. 
Egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini xohlamaydi. O'z-
o'zidan egri qasdda shaxs oqibatga nisbatan aktiv emas, balki passiv munosabatda bo'ladi. Zero, bu oqibatlar ushbu 
jinoyat tarkibining tashqarisida joylashgan boshqa maqsadlarga erishishga qaratilgan aybdor jinoiy qilmishining salbiy 
natijasidir. Shuning uchun egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarning to'g'ri qasd bilan sodir etilgan qilmishlariga 
nisbatan xavflilik darajasi pastdir. Ongli ravishda yo'l qo'yish, eng awalo, ijtimoiy xavfli qilmishni kelib chiqishini 
istamaslikda ifodalanadi. Egri qasddan harakat qilayotgan shaxs bu oqibatlarni kelib chiqishidan manfaatdor emas, 
shunday bo'lsa-da, boshqa maqsadlarga va hatto, jinoiy bo'lmagan maqsadlarga erishish uchun bularning kelib 
chiqishiga tayyordir. 
Ongli ravishda yo'l qo'yish egri qasdning irodaviy tomoni sifatida, shuningdek, aybdor shaxsning o'z harakatlari 
ijtimoiy xavfli oqibatlar keltirib chiqarishiga befarq munosabatda bo'lish shaklida ham namoyon bo'ladi. Shu sababdan 
ayrim vaqtlarda egri qasd «jinoiy befarqlik», deb ham nomlanadi. 
Shunday holatlar ham mavjudki, aybdor ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqishini xohlamaydi, lekin ularning 
oldini olish imkoniyati yo'qligini ham tushunadi. Misol uchun qo'shnisini uyiga o't qo'yayotgan shaxs, uy ichida harakat 
qila olmaydigan nogiron shaxs borligini biladi va uning o'Ushini xohlamaydi, biroq, shunday bo'lsa-da, buning oldini 
olish imkoniyati yo'qligini tushunadi va o'ylagan maqsadidan qaytmaydi. Qonunda imkoniyat yo'qligini tushunish u 
yoki bu ayb shakliga kiritilmagan. Jinoyat huquqi nazariyasida va amaliyotda bunga to'g'ri qasdning bir ko'rinishi 
sifatida qaraladi. 
Aybdorning harakatlarida to'g'ri qasd mavjud bo'lgan hollarda, u shaxs sog'lig'iga ma'lum darajada zarar 
yetkazilishini istaydi (masalan, kishining u yoki bu a'zosini kesish, inson sog'lig'ini buzish va boshqalar), agar aybdor 
ko'zlagan oqibat yuz bermasa, uning harakatlari bu jinoyatni sodir etishga suiqasd qilish, deb kvalifikatsiya etilishi 
kerak. Masalan, aybdor jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazish maqsadida unga sulfat kislota quyib yuborsa, biroq, 
obyektiv sabablarga ko'ra, u istagan natijaga erisha olmasa, uning harakatlarini qasddan badanga og'ir shikast 
yetkazishga suiqasd qilish, deb kvalifikatsiya qilinishi kerak (Jinoyat kodeksining 25 va 104-moddalari bo'yicha). 
Shubhasiz, egri qasddan sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan to'g'ri qasddan sodir etilgan jinoyat yuqori xavfga 
ega, shuning uchun sud buni jazo tayinlashda hisobga olishi kerak. 
Formal tarkibli jinoyatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 21-moddasi, 1-qismida: «Ushbu kodeks moddasida 
jinoyat tamom bo'lgan vaqt ijtimoiy xavfli qilmish bajarilgan vaqt, deb hisob-langan bo'lib, uni sodir etgan shaxs o'z 
qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglagan va shunday qilmishni sodir etishni istagan bo'lsa, bunday jinoyat 
qasddan sodir etilgan, deb topiladi», deb belgilangan. 
Formal tarkibli jinoyatlarda aybdorning yuz berishi mumkin bo'lgan oqibatlarga bo'lgan munosabati (irodaviy 
belgi) ijtimoiy xavfli qilmishni kvalifikatsiya qilishda ahamiyatiga ega emas, chunki formal tarkibli jinoyatlarda oqibat 
jinoyat tarkibidan tashqariga chiqarilgan. Masalan, tuhmat, ya'ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan 
uydirmalar tarqatish (Jinoyat kodeksining 139-moddasi, 1-qismi) yoxud haqorat qilish, ya'ni shaxsning sha'ni va qadr-
qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash (Jinoyat kodeksining 140-moddasi) bu jinoyatlarni oxiriga yetgan, deb 
topish uchun ko'rsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishning sodir etilishi va uni sodir etish istagi kifoya. Ko'rinib turibdiki, bu 
jinoyatlarni oxiriga yetkazilgan qilmish, deb topilishi uchun ularning sodir etilishining o'zi kifoya. 
Formal tarkibli jinoyatlar egri qasddan sodir etilmaydi, chunki egri qasdda aybdor sodir etayotgan qilmish 
oqibatining ro'y berishini istamasa-da, unga ongli ravishda yo'l qo'yadi. Qasdni to'g'ri belgilash jinoyatni kvalifikatsiya 
qilishda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ayb shaklini to'g'ri belgilash, adolatli jazo tayinlanishi, javobgarlikni 
differensiallash imkonini beradi. 
Jinoyat huquqi nazariyasida olimlar qasdni oldindan o'ylangan, to'satdan paydo bo'lgan turlarga ajratiladi. 
Qasdning bu turlari bir-biridan uning shakllanish vaqti bilan farq qiladi. Oldindan o'ylangan qasdda jinoyat sodir etish 
to'g'risidagi niyat paydo bo'lishi va uni amalga oshirish o'rtasida muayyan vaqt o'tadi, ya'ni ijtimoiy xavfli qilmish sodir 
etishda jinoyat sodir etish to'g'risida fikr paydo bo'lishi bilan jinoyat sodir etilish vaqtini ma'lum bir muddat ajratib 
turadi. 
Qasd to'satdan paydo bo'lganida, shaxs jinoyat sodir etish to'g'risida xohish paydo bo'lgani hamon uni amalga 
oshiradi yoki jinoyat qasd paydo bo'lgan vaqtdan keyingi qisqa muddat ichida amalga oshiriladi. To'satdan paydo 
bo'lgan qasd bilan sodir etilayotgan jinoyatning, odatda, awaldan o'ylab sodir etilgan qilmishga nisbatan xavflilik 
darajasi pastroq. Ko'pchilik hollarda bunday jinoyatlarning sodir etilishi ayrim holat va sharoitlarga bog'liq bo'ladi. 
Masalan, jabrlanuvchining provakatsion (ig'vo-garona) xulqi, mulkni yetarlicha qo'riqlamaslik va shu kabilar; to'satdan 
paydo bo'lgan qasdning yana bir ko'rinishi kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan jinoyat sodir etish bo'lib, yuridik 
adabiyotlarda bunday holat «affekt holati» deyiladi. 
Ammo kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holati jabrlanuvchining g'ayriqonuniy zo'rlik yoki og'ir haqoratidan 
yoxud g'ayriqonuniy harakatlariga javob sifatida paydo bo'lgan bo'lishi kerak. Shaxs kuchli ruhiy hayajonlanish holatida 
jinoyat sodir etganida uning o'z harakatlarini nazorat qilishi ma'lum darajada pasayadi, o'z irodasini boshqara olmaydi 
va o'z harakatlari oqibatini yetarli darajada baholay olmaydi. Shuning uchun qonunda kuchli ruhiy hayajonlanish 
yengillashtiruvchi holat, deb belgilangan. Masalan, Jinoyat kodeksining 98-moddasida kuchli ruhiy hayajonlanish 


51 
holatida qasddan odam o'ldirganlik uchun besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutiladi kuchli ruhiy 
hayajonlanish holatida qasddan badanga og'ir yoki o'rtacha og'ir shikast yetkazganlik uchun qasddan badanga shikast 
yetkazishga nisbatan yengilroq jazo belgilanadi (Jinoyat kodeksining 106-moddasi). 
Qasdni egri va to'g'ri qasdlarga bo'lish, nafaqat, nazariy, balki muhim amaliy ahmiyatga ham egadir. Misol 
uchun qilmishda egri yoki to'g'ri qasd borligini aniqlamasdan turib, umuman aybning qasd shakli mavjudligi haqida fikr 
yuritib bo'lmaydi. Qasd turlarini aniq farqlash, bir qator jinoyat huquqi institutlarini tushunish uchun ham zarurdir. 
Misol uchun jinoyatga suiqasd qilish faqatgina to'g'ri qasdda mavjud bo'ladi, shuningdek, jinoyatlarni to'g'ri 
kvalifikatsiya qilish, qilmish va aybdor shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini aniqlash uchun ahamiyatlidir. 
Subyektning qilmishi eng muhim faktik va amaliy xususiyatlariga qarab qasd aniq, alternativ va noaniq turlarga 
bo'linadi. Aniq qasdda aybdor erishiladigan aniq maqsadni belgilaydi va aniq zararli oqibatlarni kelib chiqishini ko'ra 
biladi. 
Alternativ qasdda aybdor o'z qilmishi oqibatida ikki va undan ortiq muayyan oqibatlarning kelib chiqishiga bir 
xil imkoniyatlar borligiga ko'zi yetadi. Alternativ qasd bilan sodir etilgan jinoyatlar yetkazilgan haqiqiy zararga qarab, 
kvalifikatsiya qilinadi. 
Noaniq qasdda subyekt qilmishning obyektiv xususiyatlari to'g'risida aniq tasawurga ega bo'lmaydi hamda 
yetkazilgan zararning hajmini aniq tasawur qilmasa-da, u haqdagi umumiy tasawurga ega bo'ladi. Misol uchun, shaxsni 
urish, dupposlashda aybdor tan jarohati yetkazayotganligini anglaydi, lekin uning yengil, o'rtacha og'ir yoki og'ir 
darajada bo'lishini bilmaydi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish