52
Jinoiy o'z-o'ziga ishonishda shaxsning ongi va irodasi kelib chiqishi mumkin bo'lgan ijtimoiy xavfli oqibatga,
o'zining xulq-atvoriga befarq bo'lmaydi, balki hech qanday
oqibat yuz bermaydi, deb hisoblaydi.
Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatni sodir etishda shaxs qonunda ko'zda tutilgan o'z xulq-atvori tufayli kelib chiqadigan
ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan bilmaydi. Lekin bilishi mumkin va zarur. Beparvolik ko'rinishidagi jinoyatlarni
sodir etishda oqibatlarni ko'ra bilmaslik, shaxsning qonun talablariga, turli qoidalarga va boshqalarga beparvoligidan
dalolat beradi. Jinoiy beparvolikda shaxs o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfliligini anglamaydi.
Natijada, ijtimoiy xavfli
oqibat yuz berishi mumkin. Shunga qaramasdan, sodir etilayotgan qilmish holatlarini hisobga olib oqibatning yuz
berishi mumkinligini bilishi zarurdir. Jinoiy beparvolik o'z-o'ziga ishonishdan shunisi bilan farq qiladiki, awalo, shaxs
o'z xulq-atvorining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglamaydi. Lekin vaziyatni hisobga- olib,
jinoiy oqibat yuz berishini
shaxs bilishi mumkin va zarurdir.
Sud-tergov amaliyotida jinoiy beparvolikni tasodifan yuz bergan qasddan ajrata bilish lozim. Jinoyat kodeksida
birinchi marta (24-mod-dasida) aybsiz holda zarar yetkazish tushunchasi berilgan. Unda: «Agar shaxs o'z qilmishining
ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglamagan, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagan yoki uning ijtimoiy xavfli
oqibatlariga ko'zi yetmagan va ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmagan bo'lsa, bunday
qilmish aybsiz holda sodir etilgan, deb topiladi».
Bunday shaxsning harakatlari tufayli ijtimoiy xavfli oqibatlar kelib chiqqan taqdirda ham aybi bo'lmaydi
(qasddan yoki ehtiyotsizlik shaklida) aybining yo'qligi birinchi navbatda u qilmishning ijtimoiy xavflilik xususiyatini
anglamagani, anglashi mumkin va lozim ham bo'lmagani yoki uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko'zi yetmagani va
ishning holatlariga ko'ra ko'zi yetishi mumkin va lozim ham bo'lmaganligi bilan belgilanadi. Shuning
uchun shaxs har
qanday ijtimoiy xavfli oqibat yuz berganda ham jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Jinoyat huquqi nazariyasi va sud amaliyotida oqibatlarni kelib chiqishining oldini olish uchun aybdorda
imkoniyat bo'lganmi yoki yo'qmi, degan masalalami hal qilish uchun
obyektiv
va
subyektiv
mezon ishlatiladi.
Beparvolikning obyektiv mezoni shaxsning yozilgan va yozilmagan oldini olish qoidalariga rioya qilmasligi
natijasida ijtimoiy xavfli oqibatlarni kelib chiqishini oldindan ko'ra bilish majburiyatini o'z ichiga oladi. O'z navbatida,
agar haqiqiy yuzaga kelgan ijtimoiy xavfli oqibatlarni oldindan ko'ra bilish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan shaxs
ushbu xavfli oqibatlar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
Subyektiv mezon shaxsning aniq bir vaziyatda va o'zining individual xususiyatlari
bilan ijtimoiy xavfli
oqibatlarni kelib chiqish imkoniyatini oldindan ko'ra bilish qobiliyatini anglatadi.
O'z-o'ziga ishonish va beparvolikning umumiy jihatlari ko'pligidan, ular aybning bir shakli tarkibiga kiritilgan.
Ulaming umumiyligi, eng awalo, yagona ruhiy va ijtimoiy negizga ega ekanli-gida namoyon bo'ladi. Bularga
hushyorlikning yo'qligi, e'tiborsizlik, ehtiyotkorlik qoidalarini mensimaslik va boshqalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: