54
9-bob. JINOIY JAVOBGARLIK VA UNING ASOSLARI
9.1. Jinoiy javobgarlik tushunchasi
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir turi bo'lib, jinoyat huquqning asosiy tushunchalaridan biri
hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik
jinoyat huquqi normalari bilan qo'riq-lanadigan ijtimoiy munosabalarga jiddiy zarar
yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazishi mumkin bo'lgan tajovuz qilingandagina vujudga keladi. Shunday ekan,
jinoiy javobgarlik o'z navbatida qandaydir huquqiy oqibatni vujudga keltiradi. Jinoiy
javobgarlik esa, jinoyat huquqiy
munosabatdir. Ammo jinoyat huquqiy munosabatning kelib chiqishi uchun biron-bir yuridik fakt sodir etilishi talab
qiiinadi va bunday yuridik fakt jinoyatning sodir etilishi hisoblanadi.
Jinoiy javobgarlik huquqiy javobgarlikning bir ko'rinishi bo'lib, u jinoyat qonunida belgilab qo'yilgan va sud
tomonidan jinoyat sodir etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan javobgarlikni qo'llashdan iboratdir. Shunga muvofiq,
ravishda jinoiy javobgarlik javobgarlikning boshqa turlari (axloqiy, fuqaroviy, ma'muriy va h.k.)dan, eng awalo,
o'zining mazmuni jihatidan farq qiladi.
Jinoyat kodeksining 16-moddasida jinoiy javobgarlik tushunchasi berilgan: Jinoiy javobgarlik deganda, jinoyat sodir
etishda aybdor bo'lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta'sir chorasi
qo'llanishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibati tushuniladi.
Bundan
tashqari, jinoyat huquqiga oid darslik va ilmiy adabiyotlarda jinoiy javobgarlik tushunchasiga turlicha
ta'rif beriladi. Jinoiy javobgarlik tushunchasi umumiy jihatdan davlat va jinoyat sodir etgan shaxs o'rtasida kelib
chiqadigan jinoiy huquqiy munosabat sifatida tushuniladi. Bunda davlatda jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan jinoiy
huquqiy ta'sir chorasini qo'llash huquqi vujudga keladi. Jinoyat sodir qilgan shaxsga nisbatan faqat shu huquqbuzarlik
uchun sanksiyada belgilangan jazo chorasini qo'llash majburiyati vujudga keladi va unga nisbatan xuddi shunday ta'sir
chorasi qo'llaniladi.
Jinoiy javobgalik vujudga kelgan vaqtdan boshlab shaxsning jinoiy javobgarligi masalasi ko'riladi. Jinoiy
javobgarlik masalasi shaxsni dastlabki tergovga jalb qilish (majburlov va ehtiyot choralarini qo'llash), ishni
sudda
ko'rish, ayblov hukmini chiqa-rish, shartli hukm qilish va sudlanganlik shakllarida amalga oshiriladi. Sudlanganliikning
tugashi yoki olib tashlanishi bilan jinoiy javobgarlik tugaydi. Jinoiy javobgarlik jazo va sudlanganlik elementlarisiz bir
lahzali hisoblanadi. Uning boshlanishi va oxiri yo'qoladi. Sud hukmining qonuniy kuchga kirishi
bilan jinoiy
javobgarlik boshlanadi yoki tamom bo'ladi. Sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirishi bilan hukmda belgilangan
davlatning majburlov chorasi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan ta'sir qiladi. Yoki shu vaqtdan boshlab, jinoiy
javobgarlik tugaydi. Natijada, jinoiy javobgarlik belgilanmaydi va sudlanganlik yuzaga kelmaydi.
Jinoiy javobgarlik bir qator huquqiy belgilarga ega bo'lib, ular quyidagilardan iborat:
•
birinchidan,
o'z yuridik mazmuniga ko'ra jinoiy javobgarlik huquqiy oqibat keltirib chiqaradi;
•
ikkinchidan,
jinoiy javobgarlikni faqat shaxsning
aybi bilan sodir etilgan, ijtimoiy xavfli qilmish vujudga keltiradi;
•
uchinchidan,
sud qilmish, jazo yoki boshqa jinoyat-huquqiy ta'sir choralarni qo'llashdek davlatning majburlov
shakllarida ifodalanadi;
•
to 'rtinchidan,
u jinoiy huquqiy munosabatlar doirasida paydo bo'ladi, amalga oshadi va bekor bo'ladi.
Jinoiy javobgarlik sudning ayblov hukmiga oid qarori, ya'ni jinoyatni sodir etishda aybdor, deb topilgan
shaxsning sudla-nishidan boshlanadi. Jinoiy javobgarlik quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
1. Aybdomi jazo qo'llamasdan
sud qilish;
2. Aybdorga jazo belgilab, ammo uni real ijrosidan ozod qilib sud qilish;
3. Aybdorga jazo belgilab, uni
ijro etgan holda sud qilish;
4. Aybdorga jazo va tibbiy yo'sindagi majburlov choralarini qo'llash, shuningdek, ularning real ijro etishni belgilash
bilan sud qilish.
55
Javobgarlikni amalga oshirishning birinchi shakli javobgarlikning ayblov hukmining chiqarilishi bilan
tugallanishida ifodalanadi. Chunonchi, Jinoyat kodeksining 70-moddasiga muvofiq, ish sudda ко'rib chiqilmagunicha
vaziyatning o'zgarishi bois shaxs o'zining namunali xulq-atvori, mehnatga yoki o'qishga vijdonan munosabati tufayli
ijtimoiy xavfli bo'lmay qolgan holatlarda ham sud uni jazoni o'tashdan ozod etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: