O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
9.2. Jinoiy javobgarlik asoslari
Jinoyat huquqida shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish asoslari muhim jinoyat-huquqiy muammolardan biri 
hisoblanadi. Jinoiy javobgarlikka tortish asoslari falsafiy va yuridik jihatdan ko'rib chiqiladi. 
Jinoiy javobgarlikning falsafiy jihati shaxsda o'z harakatini boshqara olish erkinligi mavjud bo'lgan, qonun 
doirasida harakat qilishi mumkin bo'lgan, ammo bu imkoniyatni suiiste'mol qilib, qonuniy taqiqni buzgan hollarda 
qo'llaniladi. Shaxs o'z harakatlarini amalga oshrishda mustaqil bo'ladi. 
Bu masala yuzasidan uch yo'nalishda fikr bildiriladi: 
• 
birinchi yo 'nalish, 
(fatatistik yo'nalish) tashqi vaziyat shaxsni boshqaradi, uning xulqiga ta'sir etadi va faqat shu muhit 
ta'sirida harakat qilishga majbur qiladi. Bunda javobgarlikka tortish uchun asos bo'lmaydi yoki shaxsga uning aybisiz 
ayb qo'yiladi; 
• 
ikkinchiyo'nalish, 
(indoterministik yo'nalish) inson faoliyati hech narsaga bog'liq bo'lmaydi, u har doim mustaqil 
tarzda o'z xohishiga ko'ra harakat qiladi; 
• 
uchinchi yo 'nalish, 
inson faoliyati atrof-tashqi muhitga bog'liq bo'ladi, uning ijtimoiy qobiliyati, shaxsiy ehtiyoji har 
qanday holatda qanday harakat qilish kerakligini belgilaydi. Bu shaxsning erkinligi bo'lib, u mustaqil harakat qiladi va 
o'z harakati uchun mustaqil javob beradi. 
Jinoiy javobgarlikning 
yuridik jihati, 
jinoiy javobgarlikning nima uchun, qanday qilmish uchun va u qaysi 
sharoitlar mavjud bo'lganida vujudga kelishini belgilaydi Jinoyat kodeksining 16-mod-dasida belgilanishicha jinoiy 
javobgarlikka tortish uchun Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismi moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha 
alomatlari mavjud bo'lgan qilmishni sodir etish asos bo'ladi. 
Bu norma jinoiy javobgarlikning faktik va yuridik asosini belgiilaydi. 
Jinoiy javobgarlikning faktik asosi shaxs tomonidan sodir etilgan qilmishdir. Qilmishning jinoyat, deb tan 
olinishi uchun unda qonunda ko'zda tutilgan jinoyat tarkibining barcha belgilari mavjud bo'lishi kerak. 
Jinoiy javobgarlikning normativ asosi Jinoyat kodeksida ko'zda tutilgan jinoyat tarkibidir. Faktik va normativ 
asoslar jinoiy javobgarlikning umumiy asosini tashkil qiladi. Sodir etilgan qilmish bilan qonunda ko'rsatilgan belgilar 
o'rtasida to'liq muvofiqlik mavjud bo'lsa, qilmishga baho berish davlatning vakolatli idoralariga aybdorni jinoiy 
javobgarlikka tortish bo'yicha o'z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan 
quyidagicha xulosa qilish mumkin: 
1. Jinoiy javobgarlikning yagona va yetarli asos sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibining barcha belgilarining mavjud 
bo'lishidir. 
Jinoyat kodeksida jinoyat tarkibi tushunchasi berilmagan bo'lsa-da, jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat tarkibiga 
ta'rif berilgan. Jinoyat tarkibi deganda, Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan muayyan ijtimoiy xavfli qilmishni 
jinoyat sifatida tavsiflaydigan obyektiv va subyektiv elimentlarning yig'indisi tushuniladi. Jinoyat kodeksining 
«Maxsus» qismi normalarining dispozitsiyasida qaysi qilmish jinoyat ekanligi ko'rsatilgan va ularga ta'rif berilgan. 
Jinoyatning obyektiv belgilari yordamida Jinoyat kodeksi bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar (jinoyatning 
obyekti), qilmishning o'zi hamda oqibatlari va ular o'rtasidagi sababiy bog'lanish (jinoyatning obyektiv tomoni); 
jinoyatning subyektiv belgilari orqali ayb, jinoyatning motivi va maqsadi (subyektiv tomon) va jinoyat sodir etgan 
shaxsga qo'yiladigan talablar anglanadi. 
2. Faqat sodir etilgan qilmishdagina jinoyat tarkibi bo'lishi mumkin. Bu orqali Jinoyat kodeksida shaxsni jinoyat 
sodir etish haqidagi fikr, o'y, xayol uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligini kafolatlanadi. 
3. Jinoyat tarkibi mavjud bo'lgan qilmish ijtimoiy xavfli, ijtimoiy munosabatlarga tajovuz qilgan yoki ular 
shunday zararni yetkazishning real xavfini keltirib chiqargan bo'lishi lozim. Jinoiy javobgarlik asoslari belgilangan 
Jinoyat kodeksinig 16-moddasida qilmishning ijtimoiy xavfli bo'lishi ko'rsatilmagan. Lekin Jinoyat kodeksining boshqa 
moddalari mazmunidan bunday xulosaga kelish mumkin, ularda shaxs, davlat yoki jamiyat uchun xavfli bo'lgan 
qimishlar jinoyat, deb hisoblanishi belgilangan. Qilmishning ijtimoiy xavfliligi obyektiv mezon hisoblanadi. Qonun 
chiqaruvchining vazifasi qilmishni ijtimoiy xavfli, deb baholab, unga qarshi kurashishidan iboratdir. Agar qilmishda 
jinoyat tarkibining barcha belgilari bo'lib, lekin u ijtimoiy xavfli bo'lmasa, u jinoyat, deb topilmaydi. 
4. Jinoiy javobgarlikka tortish asosini aniqlash uchun sodir etilga qilmishni Jinoyat kodeksining «Maxsus» 
qismi normasi bilan tahlil qilish lozim. Agar sodir etilgan qilmishning tarkibiy elementlari «Maxsus» qism moddasi 
dispozitsiyasida ко 'rsatilgan jinoyat tarkibiga muvofiq bo'lsa, sodir etilgan qilmishda jinoyat tarkibi mavjud bo'lib, 
shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi. Agar sodir etilgan qilmishda jinoyatning biror belgisi bo'lmasa 
yoki u ijtimoiy xavfli bo'lmasa, jinoyat deb baholanmaydi. Masalan, o'zini o'zi o'ldirish yoki o'zim o'zi o'ldirishga 
suiqasd qilish. Bu qilmish ijtimoiy xavfli bo'lsa-da, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Bunda jinoyat qonunini 
analogiya bo'yicha qo'llashga yo'l qo'yilmaydi. 


56 
Jinoyat huquqiga taalluqli bo'lgan jinoyat tarkibi elimentlaridan adabiyotlarda jinoiy javobgarlikka tortish uchun 
sodir etilgan qilmishning mavjud bo'lishi yagona asos bo'ladi. 
Jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos shaxs tomonidan jinoyat tarkibi mavjud bo'lgan ijtimoiy xavfli qilmish 
sodir etilgan vaqtdan boshlab vujudga keladi. Biroq, uni aniq bir shaxsga nisbatan tatbiq etish uchun yuridik hujjat — 
sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi mavjud bo'lishi lozim. Sudning hukmi jinoiy javobgarlikni qo'llashning 
asosi hisoblanadi. 
Jinoyat kodeksining 5-moddasida fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi belgilangan bo'lib, unga ko'ra: 
«Jinoyat sodir etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan 
qat'iy nazar, bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo'lib, qonun oldida tengdirlar». Bu asos hech qanday shaxs holatni 
yaxshilovchi yoki yengillashtiruvchi holat bo'lib hisoblanmaydi, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo'ladi. 
Jinoyat kodeksining 8-moddasida: «Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi 
mumkin emas», deyilgan. Bitta qilmish uchun ikki marta jinoiy javobgarlikka tortmaslik faqat jinoiy javobgarlikka xos 
xususiyatdir. Ammo bitta jinoyat uchun jinoiy javobgarlik bilan bir qatorda boshqa javobgarlik choralari ham qo'llanishi 
mumkin. Masalan, jinoyat tufayli yetka-zilgan moddiy zarani qoplash (fuqaroviy javobgarlik), ishdan bo'shatish 
(intizomiy javobgarlik). 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish