57
Jinoyat ijtimoiy xavfli qilmish sifatida jinoyatchining u yoki bu qasdi muayyan vaqt (jinoiy niyatning paydo
bo'lishidan boshlab, toki, uni to'liq amalga oshirish va jinoiy maqsadga erishgunga qadar bo'lgan davr) oralig'ida amalga
oshiriladigan harakat (harakatsizlik) sifatida tushuniladi. Jinoyatning tamom bo'lganligini aniqlash
sodir etilgan jinoyat
tarkibiga bog'liq bo'ladi.
Jinoyat sodir etish bosqichlari - bu qasddan jinoyat sodir etishning muayyan bosqichi bo'lib, jinoyatga
tayyorgarlik ko'rish, jinoyatga suiqasd qilish va tamom bo'lgan jinoyatlarda ifodalanadi. A.S.Yakubovning fikriga ko'ra,
jinoyat sodir etishning dastlabki bosqichi qasdning shakllanish bosqichi hisoblandi.
Jinoyat sodir etish bosqichi sifatida qasdning shakllanishi va aniqlanishi:
•
birinchidan,
jinoyatni jinoiy bo'lmagan qilmishlardan ajratish imkonini beradi;
•
ikkinchidan,
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning profilaktik faoliyati samaradorligiga ko'maklashadi.
Ijtimoiy xavflilik nafaqat tamom bo'lgan, balki tamom bo'lmagan jinoyatlarning ham asosiy
belgilaridan biri
hisoblanadi. Bu jinoyatlar uchun javobgarlik belgilash orqali qonun shaxsning huquq va erkinliklarini, mol-mulkini,
jamoat tartibi
va xavfsizligini, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumi va qonun himoyasida bo'lgan
boshqa obyektlarni himoya qiladi.
Barcha jinoiy qilmishlarda ham jinoyatga tayyorgarlik ko'rish bosqichi mavjud bo'lmaydi. Jinoyat ehtiyotsizlik
orqasida, jumladan, harakatsiziik bilan
jinoyatlar sodir etilganida, jinoyatga tayyorgarlik va suiqasd bosqichlari mavjud
bo'lmaydi. Biroq ayrim jinoyatlarda harakatsiziik orqali jinoyatga suiqasd qilinishi mumkin (masalan, onaning o'z
chaqalog'ini o'ldirish maqsadida ovqatlantirmasligi).
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish dastlabki yoki tugallanmagan jinoiy qilmishda ifodalanadi. Bu
qilmishning
tugallangan jinoyatdan farqi, unda «Maxsus» qism moddasida ko'rsatilgan jinoyat belgilari to'liq
bajarilmaydi: obyektiv tomonni ifodalovchi belgilarning to'liq bajarilmasligi yoki ijtimoiy xavfli oqibatning yo'qligidir.
Tugallangan jinoyatlarda qilmishning jinoiyligini ifodalovchi barcha belgilar mavjud bo'ladi.
Tamom bo'lmagan jinoyat uchun javobgarlik masalasi, shaxsning jinoiy faoliyati o'ziga bog'liq bo'lmagan holda
jinoyatga tayyorgarlik ko'rish yoki suiqasd qilish bosqichida to'xtatilgan bo'lsagina vujudga keladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd uchun javobgarlikka tortish uchun jinoyat qasddan bo'lishi kerak. Egri
qasdda jinoyat sodir etishning ushbu ikki bosqichi bo'lmaydi. Chunki jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilishda
shaxsning jinoyat sodir etish istagi natijaga erishishga qaratilgan ongli va maqsadli harakatlardan iborat bo'ladi.
Masalan, odam o'ldirishga suiqasd qilish faqat to'g'ri
qasd bilan sodir etiladi, qachonki, shaxs o'lim yuz berishini
anglagan va istagan bo'lgandagina suiqasd bo'lishi mumkin.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish faqat to'g'ri qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo'ladi.
Egri qasd bilan sodir etilgan jinoyatlarda esa, jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichlari bo'lmaydi.
Jinoyatchi jinoiy oqibat yuz berishini xohlamagan holda jinoyatga tayyorgarlik ko'rishi
yoki suiqasd qilishi mumkin
emas. Bunday hollarda jinoiy oqibat uning harakat ishning maqsadini tashkil qilmaydi. Jinoyatning qasddan sodir
etilishi har ikki bosqich uchun ham zaruriy belgi hisoblanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish har qanday jinoiy oqibatning yuz berishini istisno etadi.
Aynan
jinoiy oqibatning yuz bermaganligi tamom bo'lgan va tamom bo'lmagan jinoyatlar o'rtasidagi farqni belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: