63
farzandlari taqdiri haqida o'ylash, diniy e'tiqodi, jabrlanuvchiga rahmi kelishi va boshqalar), shuningdek, qarindosh va
do'stlarining maslahatlariga ko'ra, bo'lishi mumkin.
Ixtiyoriy qaytishning muhim shartlaridan biri - bu shaxsning jinoyatni davom ettirish va yakuniga yetkazishga
imkoni borligini anglashi.
Bunday holatlarsiz, shaxs agar o'ziga bog'liq bo'lmagan holatlarga ko'ra, jinoyatni yakuniga
yetkaza olmasa yoki uni sodir etishga qodir bo'lmasa, uni jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish sifatida baholashga
asos bo'lmaydi. Masalan, agar shaxs qasddan odam o'ldirishga harakat qilsa, lekin atrofda odamlarning borligi,
qurolning yaroqsizligi tufayli qilmishni sodir etmasa, bu ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi. Demak, jinoyat sodir etish
uchun imkoniyatning yo'qligi ixtiyoriy qaytish hisoblanmaydi, balki jinoyatchi jinoiy harakatni to'xtatishga majbur
bo'ladi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish qat'iy bo'lishi kerak. Qat'iylik - jinoyat sodir etayotgan
shaxsning jinoyat
sodir etish fikridan qaytishi va o'zining jinoiy harakatini to'xtatishi. Ixtiyoriy qaytishda vaqt jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytgan hollarda ahamiyatga ega bo'lmaydi. Bu ikki belgiga ko'ra, jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish, deb
hisoblash uchun:
•
birinchidan,
jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni mavjudligi;
•
ikkinchidan,
jinoiy oqibatni oldini olingan bo'lishi kerak.
Shaxsni jinoyatni oxiriga yetkazish imkoni borligini anglashi shuni ifodalaydiki, u jinoyatni oxiriga yetkazish
uchun
barcha imkoniyatlarga, jinoyatni amalga oshirish uchun barcha qurol va vositalarga ega bo'ladi va buni biladi.
Ixtiyoriy qaytish jinoiy oqibat yuz bergunga qadar, ya'ni tayyorgarlik va suiqasd bosqichida bo'lgan bo'lishi lozim.
Jinoyat kodeksida jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning ikki ^uri belgilangan bo'lib, ulardan biri
jinoyatning obyektiv tomoni sodir etilgunga qadar bo'lgan barcha harakatlar, ikkinchisi,
obyektiv belgilariga ko'ra, bir-biridan farq qiluvchi harakatlardir.
Ixtiyoriy qaytishning bu ikki turi obyektiv belgilariga ko'ra,
bir-biridan farq qiladi, biroq har ikki tur uchun umumiy bo'lgan:
a) jinoiy harakatni yoki jinoiy oqibat yuz berishini to'xtatish;
b) ixtiyoriy qaytish;
d) qaytishning qat'iyligi kabi belgilarga egadir.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytishning passiv ko'rinishi moddiy va formal tarkibli jinoyatlarda bo'lishi
mumkin. Bu o'rinda eng muhimi shaxsning tayyorgarlik harakatini boshlaganligi yoki
jinoyat obyektiv tomonini
bajarishga kirishganligi va jinoyatni to'liq sodir etmasligi hisoblanadi. Ixtiyoriy qaytishning birinchi turi passiv bo'lib,
jinoiy faoliyat jinoyatga tayyorgarlik ko'rish va suiqasd qilish bosqichida tugaydi. Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik
ko'rish bosqichida ixtiyoriy qaytish, odatda, passiv harakat orqali amalga oshiriladi. Masalan, jinoyatga tayyorgarlikni
to'xtatish. Shuningdek, ixtiyoriy qaytish aktiv harakat bilan ham amalga oshirilishi mumkin (masalan, jinoyat qurolini
yo'qotish, huquqni muhofaza qilish organliriga tayyorlanayotgan jinoyat haqida xabar berish). Ixtiyoriy qaytishning
ikkinchi
turi esa, shaxs tomonidan sodir etilgan jinoyat oqibatining oldini olishga qaratilgan harakatdir.
Tamom bo'lmagan suiqasd bosqichidagi ixtiyoriy qaytish ham harakatsizlikda ifodalanadi. Shaxs jinoyatning
obyektiv tomonini amalga oshirishni boshlagan holda uni oxiriga yetkazmasdan tugatadi. Masalan, jinoyatchi o'g'rilik
jinoyatini sodir etish maqsadida uyning quffini buzadi, ammo uyda xonadon egalari borligini ко'rib, jinoyat sodir
etishdan ixtiyoriy qaytadi. Tamom bo'lmagan suiqasd aktiv harakat orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, ona
o'z chaqalog'ini o'ldirish maqsadida uni ovqatlantirmay qo'yadi, lekin keyinchalik buning oldini olish maqsadida zarur
choralarni ko'radi. Shaxs jinoyatni tavsiflovchi tashqi ta'sir ostida emas, balki o'zining ichki ishonchiga asosan sodir
etmaydi.
Taniqli huquqshunos olimlarning fikrlariga ko'ra, tamom bo'lgan suiqasdda ixtiyoriy qaytish bo'lishi mumkin
emas. Ular o'z fikrlarini qasddan odam o'ldirish jinoyati misolida ko'rib chiqib shunday deydilar, shaxs odam o'ldirishga
suiqasd qilgan bo'lsa, u sodir etib bo'lingan harakatni bartaraf eta olmaydi.
Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish subyektiv tomondan qasddan sodir etilgan jinoyatlarda mavjud bo'ladi.
Masalan, jinoyatchi uy ichida odamlar uxlayotganligini bilgan holda uyga o't qo'yadi. Uning uyga o't qo'yishga bo'lgan
munosabati to'g'ri qasddan, ichkarisidagi odamlarning hayotiga bo'lgan
munosabati esa, egri qasddan bo'ladi. Chunki uy
ichidagi odamlar olovdan qochib, o'lmay qolishi ham mumkin. Agar shaxs jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytsa, ham
to'g'ri qasddan, ham egri qasddan sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatdan ixtiyoriy qaytishi mumkin.
Jinoyat kodeksining 30-moddasi ishtirokchilikda sodir etilayotgan jinoyatlardan ixtiyoriy qaytganlik uchun
javobgarlikni istisno etadi. Tashkilotchi, dalolatchi yoki yordamchi ixtiyoriy ravishda jinoyat sodir etishdan qaytib,
jinoyatni oldini olish uchun zarur bo'lgan o'ziga bog'liq barcha choralarni o'z vaqtida ko'rsa, u jinoyatda ishtirok
etganligi uchun javobgar bo'lmaydi.
Bu qoidadan ishtirokchilarning jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytishi, yakka shaxsni jinoyat sodir etishdan
ixtiyoriy qaytishidan keskin farq qiladi:
•
birinchidan,
qonunda tashkilotchi, dalolatchi va yordamchiga jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytganlik uchun
javobgarlikdan ozod etish uchun muayyan shartlar nazarda tutilgan;
•
ikkinchidan,
qonunda javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin bo'lgan ishtirokchilar doirasi chegaralangan, ya'ni
faqatgina dalolatchi, tashkilotchi va yordamchi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin;