47
Jinoyatning subyektiv tomonini aniq belgilash jinoyatni to'g'ri kvalifikatsiya qilish va adolatli, shaxsning aybi
darajasini hisobga olgan holda jazo tayinlashning zaruriy shartidir. O'zbekiston Respublikasi jinoyat huquqining muhim
xususiyatlaridan biri subyektning aqli rasoligi, ya'ni aybdorning o'z harakatini boshqara olganligi va harakati tufayli
kelib chiqqan oqibatning ijtimoiy xavfliligini anglashi hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 20-moddasiga muvofiq, ijtimoiy xavfli qilmishni qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasida sodir
etgan shaxs jinoyat sodir etilishida aybdor, deb topilishi mumkin, ya'ni subyektiv aqli rasolik shuni anglatadiki, shaxs
faqat qasddan yoki ehtiyotsizlik orqasidan sodir etilgan qilmishi uchun aybdor bo'lgandagina jinoiy javobgarlikka
tortiladi. Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyatning subyektiv tomoni deyilganda, aybdor shaxsning o'zi sodir etgan
ijtimoiy xavfli qilmish va uning oqibatlariga bo'lgan ruhiy munosabati tushuniladi.
Jinoyatning subyektiv tomonini aniqlash sud-tergov ama-liyotida ma'lum qiyinchiliklar tug'diradi. Shu
munosabat bilan jinoyatchi tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish, uning maqsadi va motivlarini chuqur
o'rganish lozim.
Aynan jinoyatning subyektiv tomonini to'g'ri aniqlash jinoyatchi shaxsning ijtimoiy xavfliligi darajasini
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Jinoyatning maqsadi, motivi va aybni yetarlicha tadqiq etmaslik jinoyatni
kvalifikatsiya qilishda xatoliklarga yo'l qo'yilishiga olib kelib, shaxsning u sodir etmagan qilmish uchun jinoiy
javobgarlikka tortilishiga sabab bo'ladi, bu esa adolatli jazo tayinlash odillik prinsipining buzilishiga olib keladi.
Shuning uchun sud-tergov amaliyotida jinoyatning motivi, maqsadi va aybni to'g'ri aniqlashga juda katta e'tibor berish
kerak, chunki Jinoyat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, «shaxs qonunda belgilangan tartibda aybi isbotlangan ijtimoiy
xavfli qilmishlari uchungina javobgar bo'ladi». Jinoyat huquqi nazariyasida jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi
aybning qasd yoki ehtiyotsizlik shaklidir. Jinoyatning maqsadi va motivi esa, subyektiv tomonining fakultativ belgisi
hisoblanadi. Maqsadi va motiv jinoyat subyektiv tomonining fakultativ belgisi hisoblanib, agar ular jinoyat huquqiy
normada to'g'ridan to'g'ri ko'rsatilgan bo'lsagina, jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta'sir etadi, boshqa hollarda esa, ular
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta'sir qilmaydi, balki jazo tayinlashda hisobga oli-nishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: