O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


 Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
7.3. Aqli rasolik va aqli norasolik tushunchasi
Aqli rasolik 
— bu jinoyat subyektining zaruriy belgilaridan biri. Jinoyat kodeksining 18-moddasida: «Jinoyat 
sodir etish vaqtida o'z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va o'z harakatlarini boshqara olgan shaxs aqli 
raso, deb topiladi», deyiladi. Shunga ko'ra, «Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli no raso holatda bo'lgan, 
ya'ni surunkali ruhiy kasalligi, mhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki bosliqa tarzdagi ruhiy kasalligi 
sababli o'z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxs javobgarlikka 
tortilmaydi» (Jinoyat kodeksining 18-moddasi, 2-qismi). Lekin bu aqli noraso shaxsga qilmishi uchun hech qanday 
chora ko'rilmaydi, degani emas. 
«Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan va sud tomonidan aqli noraso, deb topilgan shaxsga nisbatan tibbiy 
yo'sindagi majburlov choralari qo'llanilishi mumkin» (18-moddaning 3-qismi). 


44 
Tibbiy yo'sindagi majburlov choralari bemor shaxsga hukm e'lon qilingunga qadar yoki belgilangan jazoni 
o'tayotgan vaqtida yoki ozodlikda qoldirilgan, ammo uning harakatlari atrofidagilarga xavf tug'dirganida, qo'llaniladi. 
Aqli norasolik — 
yuridik 
va 
tibbiy 
mezonlar bilan ifodalanadi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun har ikki 
mezon bir vaqtda mavjud boiishi shart. Har qanday ishdagi yuridik ko'rsatkich, ya'ni jinoyatni sodir etgan shaxs 
haqiqatan o'z harakati va uning oqibati uchun javob bera oladimi yoki yo'qmi, degan masalalar sud tomonidan to'la 
aniqlanishi kerak. 
Tibbiy ko'rsatkich belgilariga ega bo'lgan ruhiy kasalliklarga: 
a) surunkali ruhiy kasallik; 
b) vaqtinchalik ruhiy kasallik; 
d) aqlning pastligi; 
e) kasallikning boshqa holatlari kiradi. 
Surunkali boshqa kasallik davolab bo'lmaydigan yoki qiyin davolanadigan ruhiy kasallik bo'lishi mumkin. 
Masalan, shizofreniya, progressiv falajlik, paranoyya, epilepsiya, bosh miya sifilisi (yallig'lanishi) va hokazo. 
Vaqtinchalik ruhiy kasallik ruhiy holatning vaqtinchaUk buzilishi bo'lib, shaxs keyinchalik sog'ayib ketadi, 
masalan, 
белая горячка — 
umumiy yuqumli kasalliklar davridagi ruhiy kasallik va hokazo. Aqlning pastligi yoki 
oligofreniya - tug'ma yoki tug'ilish vaqtida inson ruhiy holatining ishdan chiqishi. 
Aqlning pastligi uch darajaga bo'linadi: yengil darajali debillik (imbetsilnost), o'rta daraja (idiotiya), to'liq, ya'ni 
aqliy qobiliyatning ishdan chiqishi. Kasallikning boshqa holatlari inson ruhiyatining ruhiy kasalliklardan tashqari 
holatdagi buzilishidir (masalan, giyohvandlik vositasini vaqtincha iste'mol qilmaslik tufayli ro'y beradigan ruhiy holat, 
yuqumli kasallik vaqtidagi ruhiy yetishmaslik). Aqli norasolikning yuridik mezoni shundan iboratki, bunda shaxs o'z 
harakatlari to'g'risida o'ziga hisob bera olmaydi (intellektual belgi) va o'z harakatlarini boshqara olmaydi. Yuridik 
mezonning intellektual belgisi shuni bildiradiki, bunda shaxs o'z harakatini, uning g'ayriqonuniy va jamoat uchun xavfli 
ekanligini tushunmaydi. Shaxsni aqli noraso, deb topish uchun qonun bo'yicha tibbiy va yuridik mezonlar aniqlanishi 
lozim. Ko'pchilik hollarda, agar shaxs o'z harakatlari to'g'risida o'ziga hisob bera olmas ekan, o'z harakatlarini ham 
boshqara olmaydi. Biroq, sud-tergov amaliyotida shaxs o'z harakatlari yuzasidan hisob bera oladi, lekin uni boshqara 
olmaydigan holatlar ham kuzatilgan. Masalan, shaxs giyohvandlik vositasini iste'mol qilishi kerak bo'lgan vaqtda uni 
topa olmasa, har qanday harakatni sodir etishga, shu jumladan, dorixonaga o'g'rilikka kirishga ham qodir bo'ladi. Bunda 
giyohvand jinoyat qilayotganligi to'g'risida o'ziga hisob beradi, lekin o'z harakatlarini boshqara olmaydi. Bu hollarda 
tibbiy ko'rsatkichlardan birining mayjudligi shaxsni aqli noraso, deb topilishi uchun asos bo'ladi. Har bir jinoyat ishini 
ko'rishda shaxsni aqli noraso, deb topish uchun, albatta, sud-psixiatriya ekspertizasi o'tkazilishi lozim. Qonunga ko'ra, 
aqli noraso, deb topilgan shaxs jinoyatning subyekti bo'la olmaydi va u harakatlarida jinoyat tarkibi bo'lmaganligi 
sababli jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish