O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

Jinoyat sodir etish vositalari 
aybdorning ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish vaqtida jinoyat obyektiga ta'sir etish 
uchun foydalangan predmet yoki qurollar, elektr toki, radiatsiya, ultratovush vositalari bo'lishi mumkin. 
Jinoyat sodir 
etish qurollari 
deyilganda, aybdor jinoyatni sodir etish oldidan tayyorlangan va foydalangan har qanday predmet, 
masalan, sovuq qurollar, transport vositalari, asbob-uskunalar va hokazolar bo'lishi mumkin. 


41 
Ko'pchilik hollarda aybdorlar qurol va vositalardan jinoyat izini yashirish va jinoyatning sodir etilishini 
osonlashtirish uchun foydalanadilar. Jinoyat sodir etish quroli va vositasi bir sharoitda jinoyatni sodir etishni 
osonlashtirsa, boshqa bir sharoitda ularni qo'llamasdan jinoyatni sodir etish mumkin emas. Vosita va qurolning jinoyat-
huquqiy ahamiyati quyidagilardan iborat: 
a) ular jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishga ta'sir qiladi; 
b) ulardan foydalanish jazo tayinlash vaqtida javobgarlikni og'irlashtirishi yoki yengillashtirishi mumkin. 
Vosita va qurol jinoyat sodir etish usuli bilan uzviy bog'liq, ayrim hollarda uning tarkibini belgilaydi. Ba'zan 
jinoyat tarkibining obyektiv tomoni zaruriy belgilari qatoriga vosita va qurolning kiritilishi, nafaqat, Jinoyat 
kodeksining «Maxsus» qismi moddalari dispozitsiyalarini shakllantirishda, balki «Umumiy» qism moddalari 
qoidalaridan ham kelib chiqadi. Vosita va qurol jinoyatga tayyorgarlik ko'rish, jinoyatni yashirish va hokazolar uchun 
jinoiy javobgarlikni aniqlashda inobatga olinadi. 
Jinoyat vositalari va qurollari jinoyatni kvalifikatsiya qilishda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, Jinoyat 
kodeksining 202-mod-dasi, 3-qismida ko'rsatilgan hayvonot yoki o'simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzganlik 
uchun javobgarlik yer, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan yoxud portlatish 
qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanish va hokazolar. 
Bezorilik, sovuq qurol yoki kishining sog'lig'iga shikast yetkazish mumkin bo'lgan narsalarni namoyish qilish 
orqali sodir etilib, sog'liqqa obyektiv xavf solganda, Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 2-qismi bo'yicha kvalifikatsiya 
etiladi. Bezorilik o'q otish qurolini namoyish qilib, ularni qo'llab yoki qo'llash bilan qo'rqitish orqali sodir etilsa, 277-
moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Jinoyat sodir etish qurollari va vositalarini to'g'ri aniqlash, nafaqat, qilmishni to'g'ri kvalifikatsiya qilishda, balki 
maxsus ushbu qurol va vositalarni musodara qilish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. 
Jinoyat sodir etilgan joy 
deyilganda, jinoyat boshlangan yoki jinoiy oqibat ro'y bergan muayyan hudud yoxud 
bino tushuniladi. Ayrim hollarda jinoyat sodir etilgan joy ijtimoiy xavfni qilmishning zaruriy belgisi hisoblanadi. 
Masalan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini ijro etish muassasalarining ishini izdan chiqaruvchi harakatlar (Jinoyat 
kodeksining 220-moddasi) (bu qilmish faqat ozodlikdan mahrum qilish muassasalaridagina sodir etilishi mumkin); 
ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qochish (222-mod-da) bunga misol bo'la oladi.
Jinoyat sodir etilgan joy jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo'lsa, 
jinoyat kvalifikatsiyasi ham shunga asosan hal qilinadi. Masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni 
o'tkazish maqsadini ko'zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ozodlikdan 
mahrum qilish jazosini o'tash joylarida, o'quv yurtlarida yoki o'quvchilar, studentlar o'quv, sport yoxud jamoat 
tadbirlarini o'tkazadigan boshqa joylarda sodir etilganida (Jinoyat kodeksining 273-moddasi, 3-qismi) joy jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishning zaruriy belgisi sifatida qatnashadi. 
Jinoyat sodir etilgan joyning aniqlanishi jinoyat qonunining hudud bo'yicha amal qilish masalasini hal qilishda, jinoyat 
bir joyda sodir etilib, uning jinoiy oqibatlari boshqa joyda ro'y bergan hollarda, O'zbekiston hududidan tashqarida yoki 
boshqa chet davlat hududidan tashqaridagi havo, dengiz yoki daryo kemalarida sodir etilganligini hal etishda katta 
ahamiyatga ega. 
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etilgan vaqt 
deyilganda, nafaqat, yilning, kunning ma'lum bir vaqti tushunilmasdan, 
jinoyat sodir etgan shaxsning jinoiy javobgarligiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatadigan hodisalar yuz bergan muayyan 
davr tushuniladi. Masalan, jinoyatni harbiy xizmatni o'tash vaqtida, favqulodda holat vaqtida sodir etganlik, shubhasiz, 
javobgarlikni kuchaytiradi. Onaning tug'ish vaqtida yoki tug'ishi hamon o'z chaqalog'ini o'ldirganida vaqt qilmishni 
Jinoyat kodeksining 99-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega. Agar shaxs tuqqanidan ma'lum vaqt 
o'tganidan keiyn o'z chaqalog'ini o'ldirsa, u holda uning harakatlari Jinoyat kodeksining 97-modda bilan kvalifikatsiya 
qilinadi, aybdor qasddan odam o'ldirganlik uchun javobgarlikka tortiladi Jinoiy bezorilik, ommaviy tadbirlar 
o'tkazilayotgan vaqtda sodir etilgan bo'lsa, Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 3-qismi, «v» bandi bo'yicha kvalifikatsiya 
qilinadi. 
Jinoyat sodir etish holatlari 
muayyan jinoyat sodir etilayotganda mavjud bo'lgan va jinoyat sodir etgan 
shaxsning javobgarligi masalasini hal etishga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatuvchi holatlarning yig'indisi. Masalan, 
zaruriy mudofaa sharoitida jinoyat sodir etish, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida 
zarar yetkazish, buyruq yoki boshqa vazifani ijro etish, kasb yoki xo'jalik faoliyatiga bog'liq asosli tavakkalchilik 
holatlari jinoiy javobgarlikni istisno qiladi yoxud jinoyatchiga nis-batan tayinlanadigan jazoni yengillashtirish uchun 
asos bo'ladi. 
Jinoyatni sodir etilgan vaziyat ayrim hollarda, masalan, buyruqni bajarmaslik, jangovar vaziyatda sodir etilgan 
bo'lsa (280-moddaning 2-qismi); boshliqqa qarshilik ko'rsatish yoki uni xizmat vazifalarini buzishga majbur qilish 
jangovar vaziyatda sodir etilsa (280-moddaning 3-qismi), javobgarlikni og'irlashtiruvchi holat hisoblanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish