O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


«Moddiy» va «formal» tarkibli jinoyatlar



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
6.4. «Moddiy» va «formal» tarkibli jinoyatlar
Jinoyat tarkibining moddiy va formal jinoyatlarga bo'linishi jinoyatni tamom bo'lish vaqtini aniqlash va uni 
to'g'ri kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatlidir. 
Jinoiy oqibatning kelib chiqishi bilan jinoyat tarkibi tugaydi. Biroq, ayrim hollarda, jinoyatni tamom bo'lgan 
deb, topish uchun zaruriy element hisoblangan oqibat kelib chiqqandan so'ng ham bir qator oqibatlarni kelib chiqishi 
davom etadi. Bunday oqibatlar qo'shimcha yoki navbatdagi oqibat, deb nomlanadi. Jinoyatni kvalifikatsiyalashda ular 
ahamiyat kasb etmaydi, sud tomonidan og'irlashtiruvchi holat sifatida inobatga olinadi. Misol uchun jabrlanuvchi 
o'ldirilganidan so'ng uning rafiqasi kasal bo'lib qolishi, onasining aqldan ozishi va hokazolar. Mana shu holatlar sud 
tomonidan og'irlashtiruvchi holat sifatida tan olinishi mumkin, qachonki, ularning jinoiy qilmish bilan bog'liqligi 
isbotlangan bo'lsa. Xo'jalik va mansabdorlik jinoyatlarida qo'shimcha oqibat boy berilgan foyda, turli neustoykalar 
bo'lishi mumkin. 
Shunday holatlar ham bo'ladiki, subyekt kelib chiqishini xohlamagan, lekin oldindan ko'ra bilgan oqibatlar 
mustaqil jinoyat sifatida topiladi hamda jinoyatlar jami bo'yicha ikki yoki undan ortiq jinoyatlarni sodir etganlik uchun 
javobgarlikka tortiladi. Masalan, agar subyekt avtomashinani olib qochib, g'ildiraklari va magnitofonini yechib olib, 
mashinani odam ko'rmaydigan joyga tashlab ketsa va bu yerda mashina yaroqsiz holatga kelib qolsa, uchta jinoyatning 
jami bo'yicha avtomashinani olib qochish, o'g'rilik va mulkka zarar yetkazish uchun javobgarlik yuzaga keladi. 
Jinoyat qonunida bir nechta murakkab tarkibli, ikki oqibatli jinoyatlar ham o'z ifodasini topgan. Bunday 
jinoyatlar kvalifikatsion tarkibli, deb nomlanadi. Bularga jabrlanuvchining o'limiga olib kelgan og'ir tan jarohatini 
yetkazish, insonlarni qurbon bo'lishiga olib kelgan, mulkni nobud bo'lishiga sabab bo'lgan og'ir oqibatlarni keltirib 
chiqargan davlat sirini oshkor qilish va boshqalar. Bunday jinoyatlarda obyektga birinchi zararni yetkazuvchi asosiy 
jinoiy oqibat — bu tan jarohatini yetkazish, mulkni nobud qilish. Ikkinchisi esa, keyin kelib chiqqan og'ir oqibatlar 
bo'lib, ular ham moddaning dispozitsiyasida ko'rsatilgan zaruriy oqibat hisoblanadi. Bunda aybning shaklida ham o'ziga 
xos tomoni bor: asosiy oqibatga — to'g'ri qasd; ikkinchisi, albatta, ehtiyotsizlik orqasida ro'y bergan bo'ladi. 
Jinoyat huquqida alternativ, formal tarkibli jinoyatlar tushun-chasi ham mavjud. Bular qatoriga obyektiv tomoni 
ikki mustaqil qismdan tashkil topadigan jinoyat tarkibini kiritish darkor: birida faqat qilmishning sodir etilishi nazarda 
tutiladi, ikkinchisida qilmish bilan bir qatorda ijtimoiy xavfli oqibatni kelib chiqishi nazarda tutiladi. Misol uchun, 
Jinoyat kodeksining 186'-moddasida etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab 
chiqarish yoki muomalaga kiritish, shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan so'ng yoki ancha miqdorda 
sodir etilganligi uchun javobgarlik belgilangan. Ko'rinib turibdiki, ushbu jinoyatning obyektiv tomoni ma'muriy jazo 
qo'llanganidan so'ng ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etishda yoki ijtimoiy xavfli qilmish natijasida ancha miqdorda zarar 
yetkazilishida ifodalanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish