O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi


Ijtimoiy xavfli harakat va harakatsizlik tushunchasi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

6.2. Ijtimoiy xavfli harakat va harakatsizlik tushunchasi
Ijtimoiy xavfli qilmish 
— bu insonning ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazuvchi tashqi dunyodagi 
g'ayriqonuniy, ongli, faol yoki nofaol xulq-atvori. 


35 
Qilmish har qanday jinoyatning zaruriy belgisi hisoblanadi. Har qanday jinoiy qilmish ijtimoiy xavflidir, 
qilmishning bunday xavfliligi uning qonun bilan muhofaza etiladigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishda 
namoyon bo'ladi. Ijtimoiy xavfli qilmishning darajasi, eng awalo, yetkazilgan zararning hajmi va tajovuz qilingan 
obyektning qiymati bilan belgilanadi. 
Qilmish — 
bu insonning ongli xulq-atvori. Shuning uchun jinoyat huquqiy ma'noda qilmish deyilganda, ongli, 
shuningdek, ijtimoiy xavfli oqibat kelib chiqishga sabab bo'lgan tana harakati tushuniladi. 
Har qanday jinoyat o'zining obyektiv belgilariga ko'ra, ijgimoiy xavfli harakat yoki passiv xulq (harakatsizlik) yo'li 
bilan sodir etiladi. 
Ijtimoiy qilmishning keng tarqalgan turi bu harakatdir. Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida ko'rsatilgan 
jinoyatlarning uchdan ikki qismiga yaqini harakat orqali sodir etiladi. Har bir harakat negizida inson tomonidan ma'lum 
maqsadlar sari, ongli yo'naltirilgan tana harakati yotadi. Jinoyat huquqiy ma'nodagi harakat bilan tana harakati o'zaro 
uzviy bog'liqdir. Lekin ular bir xil emas. Instinktiv, reflektor va impulsiv tana harakatlari ong bilan boshqarilmaganligi 
va inson erki bilan yunaltirilmaganligi uchun, jinoyat huquqiy ma'nodagi harakatni keltirib chiqarmaydi. O'z navbatida 
jinoyat huquqiy ma'nodagi harakat birgina ongli va irodaviy tana harakati bilan cheklanmaydi, balki u o'zida tana 
harakatlarining o'zaro bog'liq tizimini o'zida aks ettiradi. Bu qilmishning ijtimoiy xavfliligini vujudga keltiradi. 
Harakat 
shaxsning xulq-atvori, uning ongli ravishda sodir etiladigan xatti-harakati bo'lib, imo-ishora, til, qo'l va 
oyoq bilangina emas, balki boshqa narsalar vositasi bilan ham qilinishi mumkin. Masalan, odam o'ldirish yoki badanga 
shikast yetkazish uchun avtomashinadan foydalanish, itga qoptirish va hokazolar. 
Jinoiy harakatning obyektiv chegarasi to'g'risidagi masala muhim hisoblanadi. Ijtimoiy xavflilik va 
g'ayrihuquqiy ham bo'lgan harakat irodaviy va ongli tana harakati amalga oshirilgan vaqtdan boshlangan hisoblanadi. 
Bunday harakatlar sirasiga, nafaqat, himoya qilinadigan obyektlarga zarar yetkazishga qaratilgan va «Maxsus» qism 
moddalarida tamom bo'lgan jinoyatlar sifatida aks ettirilgan harakatlar, balki jinoyat sodir etishga yetarli sharoit yaratib 
beruvchi harakatlar ham kiradi: tayyorgarlik harakatlari, tashkilotchilar, dalolatchilarning harakatlari. Harakatning oxiri 
deganda, uning tugashi (bunga aybdorning erkiga bog'liq bo'lmagan harakatlar ham kiradi) yoki zarali oqibatlarning 
kelib chiqishi yoki qilmishning ijtimoiy xavflilik va g'ayrihuquqiylik xususiyatini yo'qotishi tushuniladi. 
Jinoyat-huquqiy harakatlar tashqi tomondan inson, hayvon yoki moddiy predmetga jismoniy ta'sir qilish 
shaklida ifodalanishi mumkin. Jinoyat kodeksidagi 90 % jinoyatlar shunday shaklda sodir etiladi. 
Jinoyat huquqiy harakat muayyan so'z yoki iboralarni yozish yoki aytishda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, 
tuhmat, haqorat. Ba'zida boshqa odamlar ham ijtimoiy xavfli harakat vositasi bo'lishi mumkin. Masalan, aqlidan noraso 
yoki kichik yoshdagi bolalar o't qo'yishga yoki odam o'ldirishga dalolat qilinganida, dalolatchi o'sha jinoyatni bevosita 
sodir qilishda ayblanadi. Aqli noraso yoki subyekt yoshida bo'lmagan shaxslar esa, o'z harakatlarining ijtimoiy 
xavfliligini tushunmaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. 
Harakatsizlik — 
shaxsning ijtimoiy xavfli, ongli va passiv xulq-atvori. Harakatsizlik shaxsning qilishi lozim va 
mumkin bo'lgan harakatni qilmaganligi natijasida, jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar 
yetkazilganligi yoki zarar yetkazish xavfi tug'ilganligida ifodalanadi. 
Ijtimoiy xavfli harakatsizlik xuddi ijtimoiy xavfli harakatday tashqi dunyoga ta'sir o'tkazadi va ma'lum 
o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Harakatsizlik birgina holatda muayyan harakatni amalga oshirishdan o'zini tiyish bilan 
birga jinoiy xulq-atvor tizimini aks ettirishi mumkin. Misol uchun, mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatida 
mansabdor shaxs o'ziga yuklatilgan vazifani doimiy ravishda bajarmay keladi. 
Harakatsizlik faqatgina ijtimoiy xavfli va g'ayrihuquqiy bo'lgan taqdirdagina, jinoiy javobgarlikni keltirib 
chiqaradi. Bundan tashqari, harakatsizlik uchun jinoiy javobgarlikni kelib chiqishining zaruriy shartlaridan yana biri 
imkoniyatning borligi va majburiyligi. Masalan, jinoyatchilar tomonidan bog'lab qo'yilgan qorovul talon-tarojning 
oldini olmasa, o'z vazifalariga insofsiz munosabatda bo'lganligi uchun javobgarlikka tortib bo'lmaydi, chunki u 
jismonan o'z vazifalarini bajara olmaydi. 
Insonning har qanday qilimishi har doim ongli va aql-irodasi bilan sodir etiladi. Shuning uchun o'z 
harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini boshqara olmagan shaxsning barakatlari, hatto ijtimoiy 
xavfli oqibatlarga olib kelgan taqdirda ham jinoyat hisoblanmaydi. Masalan, fuqaro A. sirpanib ketayotib, omon qolish 
niyatida biror narsani ushlab qolishga harakat qiladi. Biroq, yiqilayotib fuqaro O.ning kiyimidan tutadi, yiqilish 
natijasida fuqaro O. og'ir jarohat oladi. Bunday holda kelib chiqqan oqibat uchun A. jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, 
chunki bu uning ongiga, aql irodasiga bog'liq bo'lmagan tarzda yuz bergan. 
Shaxsning yengib bo'lmaydigan jismoniy kuch yoki ruhiy zo'rlik ta'sirida qonun bilan qo'riqlanadigan ijtimoiy 
munosabatga xavf soluvchi qilmishi va uning oqibatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Jinoyat 
huquqi nazariyasida yengib bo'lmaydigan kuch deganda, ma'lum bir (aniq) shaxsni stixiyali kuchlar (yong'in, toshqin, 
bo'ron va h.k.) ta'sirida o'z irodasiga qarshi ma'lum bir xatti-harakatlarni qilib qo'yish hodisalari (•masalan, avtobus 
to'xtatishi natijasida yo'lovchilardan biri yiqilayotib, qo'lini beixtiyor yonida turgan yo'lovchining ko'ziga tegib 
jarohatlashi, toshqin natijasida shifokorning chaqiruvga bora olmasligi va bemorning halok bo'lishi va h.k.) tushuniladi. 
Tabiiy ofatni haqiqatan ham yengib bo'lmaganligini aniqlash uchun shaxsning unga qarshi kurash qobiliyati, 
vaziyat hisobga olinadi. 


36 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish