O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazi



Download 53,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana16.12.2022
Hajmi53,9 Mb.
#888539
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
Жиноят хукуки умумий кисм

 
6.3. Jinoiy oqibat tushunchasi
Jinoiy oqibat jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektdagi ijtimoiy zararli o'zgarishlar shaklida namoyon 
bo'ladi. Tajovuz predmetini yo'qotish (mulkning yo'q qilinishi, hayotdan mahrum qilish, davlat sirlari bilan bog'liq 
hujjatlarni yo'qolishi), tashkilot, korxona, muassasalarining normal faoliyat olib borishining, fuqarolarining ijtimoiy, 
mehnat, uy-joy, saylov va boshqa huquqlarining buzilishi ijtimoiy xavfli oqibat hisoblanadi. 
Jinoiy oqibat tajovuz obyektlarida g'ayriijtimoiy o'zgarishlarni keltirib chiqarganligi sababli, ularning tarkibiy 
tasnifi ham to'g'ridan to'g'ri bu obyektlarning tarkibiga bog'liqdir. Shunday qilib, qarshi jinoyatlar siyosiy va iqtisodiy 
zararni davlatga, shaxsga qarshi jismoniy va ruhiy ziyonni jinoyatlar keltirib chiqaradi. 
Jinoyatlar o'zining tuzilishiga ko'ra, oddiy (bir vaqtdagi va bir negizdagi) va murakkab (ikki obyektli, davomiy) bo'ladi. 
Bunday tasnif yoki jinoyat tarkibining ikki obyektdan iboratligi yoki bir obyektning mohiyatidan, yoxud zararli 
o'zgarishlarni qilish jarayonining o'ziga xosligi bilan belgilanadi. Masalan, bosqinchilik ikki obyektli jinoyat hisoblanib, 
ular shaxsning sog'lig'i va mqarolarning mulkiy manfaatlaridir. 
Moddiy tarkibli jinoyatlar obyektiv tomonining ikkinchi zaruriy belgisi jinoiy oqibatdir. 
Jinoiy oqibat 
deganda, qilmishning sodir etilishi natijasida jinoyat huquqi bilan qo'riqlanayotgan ijtimoiy 
munosabatlarda yuz bergan o'zgarish tushunilishi kerak. Shuningdek, oqibat ijtimoiy munosabatlarga to'g'ridan to'g'ri 
zarar yetkazadi yoki bevosita zarar yetkazish xavfini tug'diradi. Jinoiy oqibatlar Jinoyat kodeksi tomonidan 
qo'riqlanayotgan ijtimoiy munosabatlarni ma'lum darajada o'zgartiradi (masalan, o'zganing shaxsiy mulkiga zarar 
yetkazish, insonni hayotdan mahrum qilish, shaxsning sog'lig'iga zarar yetkazilishi va hokazolar). 
Kelib chiqqan oqibat moddiy bo'lmasligi ham mumkin (masalan, fuqarolarning teng huquqliligi, yozishmalar 
siri, telefon so'zlashuvlari, boshqa xabarlarni eshitishi, fuqarolar bilan munosabatda bo'lish, vijdon erkinligini buzish va 
hokazolar). 
Moddiy va jismoniy zararni aniq o'lchash imkoniyati mavjud. Shuning uchun bunday zararni jinoyat tarkibida 
miqdoriga ko'ra farqlaydilar. Bunda oddiy, og'irlashtiruvchi va maxsus tarkibga bo'lish odat qilingan. Misol uchun 
mulkni talon-taroj qilishda: talon-taroj oddiy, ko'p va juda ko'p miqdorda bo'ladi (shu asosda differensiallashtiriladi). 
Jinoyat kodeksining atamalarning huquqiy ma'nosi bo'limida ko'p miqdordagi zarar, ancha miqdordagi zarar, 
juda ko'p zarar, juda ko'p miqdor, ko'p bo'lmagan zarar, ko'p miqdor, ancha miqdorlarning eng kam oylik ish haqining 
muayyan baravari miqdorida hisoblanishining aniq mezonlari belgilab qo'yilgan. 
Biroq, moddiy zararlarning siyosiy, mafkuraviy, tashkiliy, ruhiy, ijtimoiy va boshqa tomonlarini o'lchash ancha 
murakkabdir. Bunday zararlarni o'lchash birligi sifatida vaqt, tajovuz obyektida zararli oqibatining cho'zilishi 
(davomiyligi), yetkazilgan zararning chuqurligi, qaytarib bo'lmasligi kabilar tan olinadi. Nomoddiy oqibatni aniq 
o'lchamay, aniqlamay turib quyidagi savollarga javob topish mushkuldir: qilmish ijtimoiy xavflimi yoki kam aha-
miyatlimi, jinoyat sodir etilganmi yoki huquqbuzarlikmi, shaxsni jazoga tortishda yetkazilgan zararning ijtimoiy 
xavfliligi hisobga olinishi kerakmi? Misol uchun, ma'muriy mayda bezorilik jinoiy bezorilikdan jamoat tartibini 
buzishdagi qo'pollik darajasining belgilariga qarab farqlanadi. Bezorilikdan kelib chiqadigan zarar murakkab tarkibli 
bo'lib, bir qator tashkiliy, jismoniy, mulkiy, ma'naviy oqibatlardan iborat bo'ladi. Sodir etilgan qilmishda 
yuqoridagilarning barchasi yoki ayrimlari mavjud bo'lishi mumkin. Agar bezorilik nomoddiy va nojismoniy bo'lmagan 
zararning o'zi bilan cheklangan bo'lsa, bunda tashkiliy yoki ma'naviy zararni o'lchash masalasini hal qilish zarur bo'ladi. 
Bunda jinoyatning davomiyligi, sodir etilgan qilmishning joyi, vaqti, sharoiti, ishtrirokchilarning xususiyati kabi 
masalalar inobatga olinadi. Ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqadigan oqibatlarni moddiy va nomoddiy turlarga 
bo'lish mumkin. O'z navbatida moddiy oqibatlarni mulkiy va shaxsiy xususiyatdagi ikki turga ajratish mumkin: 


38 
Moddiy xususiyatdagi oqibatlar ma'lum o'lchovga ega. Masalan, sog'liqqa qarshi jinoyatlar, oqibatlarga qarab 
yengil, o'rtacha og'ir va og'ir tan jarohatlariga ajratiladi. Yetkazilgan zarar obyektini aniqlash jinoyatni to'g'ri 
kvalifikatsiya qilish va adolatli jazo tayinlanishida muhim ahamiyatga egadir. 
Moddiy tarkibli jinoyatlarda sodir etilgan qilmishning oqibatlari bu qilmishlarni oxiriga yetkazilgan jinoyat 
sifatida kvalifikatsiyalash imkonini beradi. Qonunda ko'rsatilgan oqibatlarning kelib chiqmaganligi qilmishlarni 
jinoyatga suiqasd qilish sifatida baholash imkonini beradi. Ayrim hollarda aynan qilmishning oqibatlari jinoyatning 
ma'muriy huquqbuzarliklardan farqlovchi belgisi hisoblanadi. 
Jinoyat-huquqiy normalarda oqibatning ko'rsatilish shakllari turli xil bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda Jinoyat 
kodeksining moddasida oqibat to'g'ridan to'g'ri ko'rsatiladi (masalan, Jinoyat kodeksining 104-moddasida qasddan 
badanga og'ir shikast yetkazishning ta'rifi berilib, ushbu jinoyatning oqibatlari aniq ko'rsatilgan). Ayrim hollarda oqibat 
jinoyat huquqiy me'yorlarni izohlash yo'li bilan aniqlanadi. 

Download 53,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish