39
Shaxsning harakat (harakatsizligi) natijasida g'ayriijtimoiy, zararli oqibatlar kelib chiqish imkoniyatiga ega
bo'lishi kerak. Agar harakat ijtimoiy foydali yoxud ijtimoiy neytral bo'lsa, unda sababiy bog'lanishni aniqlash kerak
emas. Misol uchun:
1). Agar oshxonaga yashirincha tushayotgan o'smir qorovulning baqirishi oqibatida qochib ketayotib, oyog'ini sindirib
olgan bo'lsa, qorovulning harakatlarini og'ir tan jarohati yetkazilishida sabab bo'lgan, deb topib bo'lmaydi.
2). P. mast yotgan D.ni o'rnidan turg'izib, uyiga jo'natganidan so'ng P. ko'rmaydigan masofada D. mashina ostiga tushib
qolishi kabi harakatlar o'rtasida sababiy bog'lanish mavjud emas.
Kelib chiqqan ijtimoiy xavfli oqibat uchun jinoiy javobgarlik masalasi faqat bu oqibat aynan shu qilmish sodir
etilishi natijasida kelib chiqqanligi aniqlangandan so'ng ko'rsatilishi mumkin. Agar oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli
qilmish natijasida emas, balki boshqa sabablar tufayli kelib chiqqan bo'lsa, u holda bu oqibatlar ushbu qilmishni sodir
etgan shaxsga yuklatilishi mumkin emas. Masalan, shaxsning badaniga shikast yetkazilgan va u tibbiy yordam uchun
shifokorga murojaat qilgan va qon qo'yish natijasida OITS kasalligi yuqtirilganida badanga shikast yetkazgan shaxs
jabrlanuvchining OITS bilan kasallanganligi uchun javobgar bo'lmaydi, chunki uning harakatlari bilan jabrlanuvchining
OITS bilan kasal-lanishi o'rtasida sababiy bog'lanish yo'q. Jabrlanuvchi bu kasallikka tibbiyot xodimining beparvoligi
yoki o'z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaralganligi tufayli yo'liqqan.
Ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning zararli oqibatdan ilgari amalga oshirilishi sababiy bog'lanishning
muhim belgilaridan biridir. Zararli oqibat esa, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlikning natijasi bo'lib, u ayni vaqtda
yoki keyin sodir bo'ladi. Aks holda, ijtimoiy xavfli harakat yoki harakatsizlik bilan zararli oqibat o'rtasida sababiy
bog'lanish mavjud bo'lmaydi
Ko'pchilik hollarda sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish va kelib chiqqan oqibatlar o'rtasidagi sababiy
bog'lanishni aniqlash sud-tergov amaliyotida unchalik qiyinchilik tug'dirmaydi, chunki oqibatlar (masalan, hayotga
tajovuz qilinganida hayot uchun muhim a'zolarga o'q otish yo'li bilan odamni o'ldirish, sovuq qurol bilan badanga
shikast yetkazish) ma'lum va aniq ko'rinib turadi. Ammo nyrim hollarda sababiy bog'lanishni aniqlash anchagina
murakkab ish bo'lib, ekspertiza o'tkazish talab etiladi. Bu ko'proq avtotran-sport harakati xavfsizligi qoidalarini buzish
tufayli sodir etiladigan jinoyatlarni tergov qilishda qo'llaniladi.
Sababiy bog'lanish faqat harakat bilan sodir qilinadigan jinoyatlardagina jinoyat tarkibi obyektiv tomoning
zaruriy belgisi hisoblanadi. Harakatsizlik bilan qilinadigan jinoyatlardagi sababiy bog'lanishni aniqlashda quyidagi
xususiyatlar ko'zda tutiladi:
1) shaxsga muayyan harakatlar qilish majburiyati yuklatil-ganligi;
2) bu harakatni qilmaslik natijasida shu jinoyat tarkibi uchun qonunda belgilangan zararli oqibatning yuz bergan
bo'lishi.
Sababiy bog'lanish mavjudligini aniqlashda quyidagilarga e'tibor berish lozim:
1. Oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizik) natijasida kelib chiqqan bo'lishi kerak.
2. Kelib chiqqan oqibat sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishning yoxud bu qilmish sodir etilishi natijasida ijtimoiy xavfli
oqibat kelib chiqishining real xavfi bo'lishi kerak. Agar jinoiy oqibat ijtimoiy xavfli qilmishning natijasi bo'lmasa, ya'ni
uning sodir etilishi natijasida obyektiv tarzda oqibatning kelib chiqishi real bo'lmasa, shaxs jinoiy javobgarlikka
tortilishi mumkin emas.
Harakatsizlik yo'li bilan sodir etilgan jinoyatlarda sababiy bog'lanish muammolari xuddi faol harakat bilan
jinoiy qilmish sodir etishdagi kabi hal etiladi. Qilmishning g'ayriijtimoiy, huquqqa xilofligi yoki axloqqa zid ekanligini
aniqlash qilmish va jinoiy oqibat o'rtasidagi sababiy bog'lanishni tadqiq qilishning
birinchi bosqichini
tashkil qiladi.
Tadqiqotning
ikkinchi bosqichi
g'ayrihuquqiy va axloqqa zid qilmish zararli oqibatlami kelib chiqishiga kerakli
sharoit yarat-ganligini aniqlashni o'z ichiga oladi. O'zganing mulkini ehtiyotsizlik orqasidan nobud qilishda, uyga
ketayotib elektr plitkani choynagi bilan yoniq holatda qoldirib ketgan farroshni javobgarlikka tortib bo'lmaydi. Chunki
ekspertiza tomonidan aniqlanishicha, omborga omborxona mudiri tomonidan rastratani yashirish niyatida, farroshning
yong'in xavfsizligi qoidalarini buzishidan foydalangan holda o't qo'yib, yo'q qilingan. Bu holatda farrosh yong'in
xavfsizligi qoidalarini buzgan. Biroq, uning harakatlari amalga oshirilgan yoki amalga oshirilmaganligidan qat'iy nazar,
yong'in boshqa shaxs tomonidan sodir etilgan.
Sababiy bog'lanish mavjudligini aniqlashning
uchinchi bosqichi,
haqiqatan ham qilmish aynan jinoiy oqibatning
sababi bo'lganligi aniqlashdan iboratdir. Harakatsizlikdagi sababiy bog'lanishni aniqlash o'ziga xos xususiyatga egadir.
Agar harakatda shaxs qurol yoki vositalarni ishlatgan holda tashqi dunyoda bevosita o'z kuchi bilan o'zgarishlar qilsa,
harkatsizlikda esa, shaxs faol o'zgartiruvchi harakatlarini amalga oshirmasa-da, tashqi tabiat kuchlariga, hayvonlarga,
mexanizmlarga va boshqa shaxslarga zarar yetkazilishi uchun imkoniyat yaratadi. Harakatsizlik va jinoiy oqibat
o'rtasidagi sababiy bog'lanishni aniqlash bosqichlari va shartlari harakatdagi bilan bir xildir. Biroq, jinoiy
harakatsizlikning o'ziga xosliligini inobatga olmoq darkor, ya'ni shaxs zararli oqibatlar kelib chiqishini oldini olishga
majbur bo'lgan yoki imkoniyati bo'lganligini aniqlamoq kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: