46
Ushbu ro'yxatdagi jinoyatlar uchun o'n to'rt yoshga to'lgan-larning jinoyat subyekti bo'la olishida, asosan, shu
yoshdagilarning ana shu qilmishlarni jinoyat ekanligini bilganligi, qonunda ularni sodir etish taqiqlanganligini bilganligi
asos qilib olingan.
Jinoyat kodeksining «Maxsus» qismida shunday jinoyatlar borki, ularni faqat o'n sakkiz yoshga to'lganlargina
sodir qila oladilar. 1959-yili qabul qilingan Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la oladigan
jinoyatlar ro'yxati «Umumiy» qism moddasida (10-modda) berilmaganligi tufayli subyekt yoshiga qarab javobgar qilish
masalasida xatoga yo'l qo'yishlar bo'lar edi. Amaldagi Jinoyat kodeksida o'n sakkiz yoshga to'lganlar subyekt bo'la
oladigan jinoyatlarning ro'yxati beriUb, bu borada yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatolarga chek qo'yildi.
O'n sakkiz yoshga to'lganlar quyidagi jinoyatlarning subyekti bo'la oladilar: 122-modda (voyaga yetmagan yoki
mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash); 123-modda (ota-onani moddiy ta'minlashdan
bo'yin tovlash); 127-modda (voyaga yetmagan shaxsni g'ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish); 144-modda
(fuqarolarning murojaatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish); 146-modda (saylov yoki referendum tashkil qilish,
ularni o'tkazish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish); ekologiya sohasidagi ayrim jinoyatlar (193—195-moddalar);
ayrim mansabdorlikjinoyatlari (205—210-moddalar); odil sudlovga qarshi ayrim jinoyatlar (230-232, 234-235-
moddalar); barcha harbiy xizmatni o'tash bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlar (279—302-mod-dalar).
Sud shaxsni muayyan jinoyatni sodir etishda ayblar ekan, u ayblanayotgan jinoyatchining
subyekti yoshiga
yetganligini to'g'ri aniqlab olishi kerak. Agar jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning tug'ilgan vaqti aniq bo'lsa,
jinoyat subyekti yoshiga to'lgan, deb hisoblashda 13,14,16 yoki 18 yoshga to'lgan, deb hisoblash uchun tug'ilgan kuni
emas, balki tug'ilgan kunidan hisoblab, ana shu yoshga to'lgan kuni to'la o'tib bo'lganidan keyin (ya'ni, kech soat 24.00
o'tganidan keyingina) subyekt yoshiga yetgan hisoblanadi. Demak, shaxs o'zi tug'ilgan kuni jinoyat sodir qilsa, u hali
subyekt yoshiga yetmagan hisoblanadi va faqat ertasiga, ya'ni soat kech 24.00 dan keyin sodir qilgan jinoyati uchun
jinoyat subyekt yoshiga yetgan hisoblanadi.
Ayrim hollarda jinoyat sodir qilgan voyaga yetmaganlarning yoshi aniq bo'lmaydi. Bunday holda uning yoshini
aniqlash ekspertlariga yuboriladi. Bu borada sobiq SSSR Oliy sudi plenumining 1976-yil 3-dekabrdagi «Voyaga
yetmaganlar jinoyat ishlari to'g'risidagi qonunlarni, ularni jinoyatga va boshqa g'ayriijtimoiy faoliyatga jalb qilish
to'g'risidagi qonunlarni sudlarda qo'llanish amaliyoti to'g'risida»gi qarori 6-bandida quyidagicha tushuntirish
berilgan
edi: «Shaxsning tug'ilgan yili sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlab berilgan bo'lsa, o'sha yilning oxirgi kuni (31-
dekabr) tug'ilgan kuni, deb olinadi. Agar ekspertlar eng kam va eng ko'p muddat (masalan, 15 yosh bilan 17 yosh
o'rtasida) ko'rsatib aniqlab bergan bo'lsa, eng kam belgilab berilgan yosh miqdoridan olinib tug'ilgan yili belgilanadi».
Hozirgi kunda ham yoshi aniq bo'lmagan shaxslarning jinoyat subyekti yoshiga yetgan yoki yetmaganligi ana shu
qoidaga amal qilingan holda aniqlanmoqda.
Ayrim hollarda aqliy rivojlanish darajasi jismoniy rivojlanish yoshiga nisbatan orqada qolib ketgan shaxslar
ham ijtimoiy xavfli qilmish sodir qiladilar. Jismoniy rivojlanish yoshi muayyan jinoyat subyekti yoshiga yetgan, ammo
aqliy rivojlanish darajasi orqada qolib ketganlar jinoyatning subyekti bo'la oladimi, degan savol tug'iladi.
Jinoyat kodeksining 17-moddasi mazmuniga ko'ra, jinoyat subyekti bo'lish uchun shaxsning qonunda
ko'rsatilgan yoshga to'lmaganligi va aqli raso bo'lishi talab qilinadi. Aqliy rivojlanish darajasi orqada qolib ketgan
shaxslar aqli norasolar bilan tenglash-tirilmaydi. Ularning aqli rivojlanishi orqada qolib ketgan bo'lsa-da, aqli raso
hisoblanadi va shunga ko'ra, ular muayyan jinoyatning subyekti bo'laveradi. Ammo sudlar bunday
shaxslarga jazo
tayinlashda javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilishning asoslarini ko'rib chiqishlari kerak. Lekin bunday shaxslarning
javobgarligini hal qilishda sud uning o'z harakatlari ahamiyatini anglay olish va harakatlarini boshqara olish
qobiliyatidan kelib chiqishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: