Xamza ijodida ma’rifatparlik go’yalar



Download 33,14 Kb.
Sana04.06.2022
Hajmi33,14 Kb.
#636676
Bog'liq
Xamza ijodida ma\'rifatparvarlik g\'oyalari 4-maktab


Xamza ijodida ma’rifatparlik go’yalar
Inson yaralibdiki,u nimanidir anglashga,o’rganishga intilaveradi.Mana shu intilish va izlanishlar esa uni yetuklikka olib chiqadi.Agarki,bu harakatlar o’ngli va to’g’ri bo’lsa……
Uni to’g’ri shakllantirish esa ma’rifatdir.Ma’rifat ilm-u urfon ma’nosida ham ishlatiladi.Ma’rifat tushunchasi madaniyat, ma’naviyat tushunchalari bilan bog’liq.Ma’rifat ma’naviy qaramlikni bartaraf etadi.U kishilarni jaholatdan qutqaradi,buzuq ishlardan qaytaradi.Yaxshi xulq va odob egasi bo’lishiga yordam beradi.Ma’rifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi,kelajagi porloq bo’ladi.
Ze’ro, adabiyotning muhim g’oyaviy asoslaridan biri ma’rifatparvarlik g’oyalaridir.Bu goya xalqning taraqqiyotga bo’lgan intilishi zaminida tug’uladi.
O’zining bilimi, taraqqiyparvar g’oyalari ,iste’dodi va saloxiyatini millatning ma’naviy- ma’rifiy yuksalishi ,jipslashishi yo’liga bag’ishlagan fidoiy ma’rifatparvarlardan biri Hamza Hakimzoda Niyoziydir.
U hayoti davomida bir qator maktablar ochgan hatto o’qituvchilarni ham o’zi topgan.Millatni ma’rifatli qilish uchun juda ko’p ishlarni amalga oshirgan,darsliklar yaratib ,she’riy guldastalar tuzgan.
“ Hamzaning “Yengil adabiyot” kitobidan olingan Matab hususidagi asari bolajonlar uchun alohida ahamiyatga ega;
Maktab millat quyoshi,maktab millat saroyi,
Balki ko’z ila qoshi ,ilm-u adabning joyi .
Ko’zsiz qoshsiz kishining qanday xunukdir boshi,
Dunyoda eng saodat axtarganlarning joyi……..
Mazkur she’r bolajonlarga yodlatilar ekan,ularning maktab haqidagi ilk tasavvurlari boyiydi, ulg’ayishga maktabga borishga ,ilm olishga intilishlari ortadi”1
Zotan, tarixining asl manbayi ,avvalo ,maktab –maorif ,ta’lim-tarbiya bo’lib,bu insoniyat tafakkurining dearli barcha ma’naviy sohalarini o’z ichiga oladigan g’oyat keng ko’lamli tushunchadir.Ya’ni, inson ongini shakllantirish va rivojlantirish borasidagi barcha ishlar maktab –maorif vositasida amalga oshiriladi va tabora yuksalib borib ,oqibat-natijada jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.
Hamza ijodining negizi xalqni jaholat botqog’idan chiqarish va uni ma’rifatli qilish bo’lgan.
Darig’ tutmang ilm uchun ketsa mol-u jon,
O’quv farzligi ming yo’l Qur’onda farmon.
Ma’rifatsiz topulmas axkomi imon,
Ilmsizga aytulmas komil musulmon.
Darhaqiqat,ilm olishlik farz ekanligi diniy ta’limotda ham aytib o’tilgan.Abdulla Avniy tili bilan aytganda “Ilm dunyoning izzati ,oxiratning sharofatidir.
Komillik esa ilm olishdan boshlanadi.Imon ,insof ,diyonat kabi insoniy tushunchalarni ilm orqali anglaymiz.
U darsliklar yaratishda juda ko’p jihatlarga o’z e’tiborini qaratgan.Bolalarga tushunarli bo’lishi uchun oddiy tilda ibratli hikoyalar ham keltiradi.Bu esa o’quvchini fanga qiziqishini yanada ortishiga sabab bo’ladi.Hamza bolalarga nechanchi sinfda qanday ma’lumotlar berish zarurligi va xaftada nechta dars o’tilishi haqida fikt yuritgan.
Maktab millat atosi ,
Ham suyukli onosi.
Ota-onasiz qolsa ,
Qandoq yashar balosi.
Maktab millatga yo’lbosh,
Ham ko’z-u qosh,oyoq ,bosh.
Bu a’zodan ayrilsa ,
Millat yashar nechuk yosh?
Darhaqiqat ,maktab g’aflat bosgan ko’zlarni ochuvchi,harom –halolni ajratishni o’rgatuvchi,xalq ichida yuzimizni yorug’ qiluvchi muqaddas dargohdir.Ze’ro u shaxsni hayotga tayyorlovchi yo’lboshdir
Hamza xotin-qizlar va ularning oila va jamiyatda tutgan o’rniga bo’lgan qarashlarini ham aytib o’tgan….
Keldi ochilur chog’ing ,o’zliging namoyon qil,
Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil.
Maktab anjumand borgil,unda fikr ochilur gohi,
Ilm-fan tig’I birla jahl bag’rini qon qil.
Soyalarda sarg’aygan yuzlaring qilib gulgun,
Sen ham ahli donishlar bazmini guliston qil.
Cho’rilikni mullolar senga qildilar taqrir,
Kel bugun bu zahminga ma’rifatni darmon qil…..
Shoir bu she’ri orqali ilm olishda ayolning o’rni hususida atroflicha to’xtalib,hoyot faqat cho’rilikdan iborat emasligi uning ham ilm egallab donishlar bazmini guliston etishligi haqida fikr yuritadi.Ze’ro farzand tarbiyasida,oilaning hamjihat va totuvligida ayolning o’rni beqiyos.

“O’zbek xotin-qizlarining XX asr boshlaridagi taqdiri haqida tasavvur beruvchi quydagi lavhaga e’tibor beraysak:”Mundin bir necha yil muqaddam o’z aqrabolarim orasida shunday yuz ochuv rasmi bo’lib o’tmish edi.O’shal rasm bo’laturgan kuni ham bir uyuning derazasidan qarab turgan edimki,ko’zlari yoshla bir necha xotinlar ko’rpaga o’ralgan bir narsani go’shanga (chodir) tortilgan uydan ko’plashub olib chiqdilar.Ko’z oldimni xotinlar to’suvi sababli eshikni yopub ,yorug’idan ohistagina diqqatlab qarab turdim.O’choqda zo’r o’t yoqub,qozon osdilar .Qozonda bir qadoq chamasi zig’ir moyi soldilar.Birtarafdan o’choq boshiga bir sufra yozub ,ichiga biror taboq un soldilar.Darrov besh-o’n dona cho’bchirog’ hozirlab,ikki-uch dona shag’amlar ila cho’chirog’larni yondurib,sufradagi unga suqub qo’ydilar.Shul ishlar qilingandan so’ng otinoyim kitobini qo’ltug’lab sufra boshiga o’turub ,boyagi ko’rpaga o’ralgan narsani yerga kelturdi va o’z qo’li ila ko’rpani ochdi.Ba’zi xotunlar ohista-ohista ho’ngrab yig’lab yubordilar va ko’rpa ichidagi harakatsiz gavdaning boshini ko’tarub qo’ydilar.Shu holda bildimki, bechora kelinning navnihol g’uncha hayoti xazoni marg’ga mubaddal bo’lub ,o’lum yo’ldoshi bo’lgan ekan. Badanim seskanib ketub,ko’zimni zulmat qopladi.haqiqatni bilmak uchun yana qarab turdim .Alhosil,u jasadning qo’llari ila undan changallatub qozonga soldular va o’choqqa ta’zim qildilar. Otinoyim jasadga qarab “Eringiz haq-xizmati bo’yningizdan soqit bo’ldi.Sizdan qaynota , qaynonalaringiz ham rozi bo’ldi”,-dedi.Bundan so’ng ul bechoraning ruhsiz jasadini yana ko’rpaga o’rab go’shangalik uyiga olib kirdilar.”3


Bu dahshatli hikoya Hamzaning “Bid’atmi?Majusiyatmi?degan maqolasidan olindi. Biz gurchand bu lavhaga nisbatan hikoya so’zini ishlatgan bo’lsak-da,Hamza uni xalqimiz orasida o’zi ko’rgan bid’at va majusiyat ko’rinishlaridan biri ,deb atagan va shunday talqin qilgan .Agar bu maqolaning 1914-yili “Sadoi Turkiston “gazetasida chop etilganini nazarda tutsak demak,xotin-qizlarga nisbatan shunday haqoratli munosabat o’sha davrda mavjud bo’lgan .
Hamza maqolasida tasvirlangan xotin –qizlarga nisbatan nodonlarcha munosabatning o’zgarishi ,xotin-qizlarning erkaklar bilan qariyib teng huquqli bo;lishida jadidlarning xizmati ulkandir.
Oilaning ijtimoiy,huquqiy va ma’naviy asoslari Islom dini tomonidan qanchalik aniq va to’la belgilangan bo’lsa-da ,bugungi kunda o’zbek xalqining ijtimoiy va ma’rifiy yuksalishi uchun dunyoviy bilimlarni egallashtarixiy zaruratga aylandi.”2
Qayerdaki ilmsizlik ,jaholat yuqori bo’lsa o’sha yerda bit’atlar ,mantiqsiz xurofotlar kuchayaveradi.Yuqoridagi hikoyadan o’sh davr ayollariga bo’lgan noo’rin tazyiqni ko’rishimiz mumkin.Bularning asl sababi esa nafaqat dunyoviy ,balki diniy ilmga ega emaslikdir.
Hamza millatning ma’naviy yuksalishida oilani muhim taraqqiyot maskani deb bildi va farzand tarbiyasida dastlabki mas’ul shaxs ota-ona bo’lib ,ular nafaqat o’z oilalari ,balki jamiyat oldida ham mas’ul ekanini anglatmoqchi bo’ldi.
Download 33,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish