Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

4-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish
132. 12 — 24 oylik bolalar o‘zini parvarishlash va madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni
orttirish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
133. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda madaniy-gigiyenik ko‘nikmalar
rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
katta yoshdagilar yordamida tish cho‘tkasi bilan tishlarini tozalash, lablari, qo‘llari,
yuzini mustaqil yuvish va artish;
stol atrofiga o‘tirib ovqatlanish, mustaqil ravishda qoshiqni og‘ziga olib borish va ovqat
yeyish, piyoladan choy yoki suv ichish;
tuvakdan mustaqil foydalanish;
ko‘ylagi, qo‘lqopi, paypog‘i va poyabzalini echishni bilish.
134. 12 — 24 oylik bolalarga quyidagilarni o‘rgatish lozim:
bolaga ozodalik nima ekanligini ko‘rsatish va ozoda yurish qanchalik muhim ekanligini
tushunish uchun yordam berish;
bolaning to‘g‘ri kiyinishini rag‘batlantirish va yordam berish.
135. 12 — 24 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash
maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
barcha gigiyena muolajalarni katta yoshdagilar bilan birga o‘tkazish;
bolada barmoq so‘rish, lapanglash va shu kabi boshqa salbiy odatlar paydo bo‘lishining
oldini olish;
bolaning tuvakda uzoq vaqt o‘tirishiga yo‘l qo‘ymaslik.
XIII bob. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
1-§. Ijtimoiy rivojlanish
136. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
tanish va notanish odamlarni ajrata olish;
boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
qobiliyatiga ega bo‘lish.
137. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
atrofidagi katta yoshdagilar va bolalarning harakatlariga taqlid qilish;
uzoq vaqt davomida ko‘rmagan va unga yaxshi munosabatda bo‘lgan katta
yoshdagilarni ko‘rganda xursand bo‘lish;
notanish bolalar va katta yoshdagilarga nisbatan qiziqish bildirish (“Bu kim?” — deb
so‘rash);
muloqot qilish istagini yaqqol ifodalash (tanishlarini olqishlash, ularning ismini aytish,
ular tomon qo‘llarini cho‘zish);
qisqa vaqt ichida o‘z tengdoshlari bilan o‘ynashni yaxshi ko‘rish;
katta yoshdagilarning (yaqinlari) topshiriq berishlarini yoqtirish va bajarishga urinish;
katta yoshdagilar bilan faol o‘yinlarni o‘ynashni yoqtirish.
138. 12 — 24 oylik bolalar bilan munosabatlarda quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
bolaga qisqa (hissiy) hikoyalar, to‘rtliklar aytib berish;
bolaga do‘stona munosabatda bo‘lish;
bolani kuzatish va uning atrofdagilar bilan muloqot qilishini rag‘batlantirish;
bolaning muloqotdan olgan taassurotlarini ifodalash va ularga oddiy izoh berishini
rag‘batlantirish;
turli vaziyatlarni (olqishlash, xayrlashish va yordam ko‘rsatish) kirituvchi o‘yinlarni
o‘tkazish;


bolaga birgalikda o‘ynash naqadar muhim ekanligini tushunishga yordam berish;
bolaning boshqa bolalar bilan ijobiy muomala qilishini rag‘batlantirish va
mustahkamlash.
139. 12 — 24 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash
maqsadida quyidagilarga rioya qilish lozim:
bola juda harakatchan bo‘lganligi uchun, faoliyat turlarini almashtirib turish;
bola o‘rganayotgan guruh makoni xavfsiz bo‘lishini ta’minlash.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish