Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


XIV bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

XIV bob. Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik
1-§. Nutq
144. 12 — 24 oylik bolalarning nutqni tinglash, tushunish, so‘zlashish va muloqot
qilishga qodirligi ularda nutq rivojlanishining talabi hisoblanadi.
145. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:
kundalik turmushda uchraydigan ma’lum harakatlarni ifodalaydigan so‘zlarni
tushunish;
eshitgan oddiy, qisqa murojaatlarni qaytarish va ularni bajarish;
so‘zlashganda taqlid qilish;
rasmdagi narsalarni tanish;
2-3 ta so‘zdan iborat gaplarni tuzish;


rasmni yoki fotosuratni 2-3 ta so‘z yordamida tushuntirish, ta’riflash.
146. Bola bilan quyidagi mashqlarni olib borish lozim:
bola bilan o‘ynayotganda va muomala qilayotganda uning qisqa ma’lumotlarni
qaytarishini rag‘batlantirish;
bolaga ko‘proq predmetlar va o‘yinchoqlarni ko‘rsatish, nomlarini aytish, ularni ma’lum
harakatlar bilan bog‘lash;
bolaga ravon va to‘g‘ri gapirish, ko‘proq savol berish;
bolani hikoya o‘qish va suhbatlashish bilan qiziqtirish, uning barcha savollariga javob
qaytarish;
bola bilan birga rasm va fotosuratlar ko‘rish, rasmlarga mos keladigan so‘zlarni topishga
yordam berish;
savollar va buyruqlar o‘rtasidagi mutanosiblikka e’tibor qaratish;
o‘yin, mashq, nutqni rivojlantirish mashg‘ulotlari va barmoqlar teatrini o‘tkazish;
bola bilan katta yoshdagilar ovozlariga taqlid qiladigan o‘yinlarni o‘ynash.
147. 12 — 24 oylik bolalar bilan munosabatlarda quyidagilarni hisobga olish lozim:
ushbu davrning bola nutqi rivojlanishida muhim davr ekanligini hamda har qanday
kuchli ruhiy ta’sir (qo‘rquv, cho‘chish) ushbu jarayonning to‘xtab qolishiga yoki kechikishiga
sabab bo‘lishi mumkin;
o‘yinchoqlar ovozining baland chiqishining oldini olish.
2-§. O‘qish va savod malakalarini egallash
148. 12 — 24 oylik bolalarning bosma materiallarga qiziqish bildirishi, harflar va
ramzlarni ajrata olishi hamda yozish ko‘nikmalarini o‘rganishi ularda o‘qish va savod
malakalari rivojlanishining talablari hisoblanadi.
149. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda o‘qish va savod malakalari indikatorlari
hisoblanadi:
yorqin rasmlar bilan bezatilgan kitoblarni tomosha qilish, rasmlarda aks ettirilgan
buyumlarni ko‘rib tanish;
logotiplarni ko‘rib tanish;
yozma matn, harflar va raqamlarga qiziqish bildirish;
qalam va ruchka yordamida gorizontal, doirasimon va vertikal chiziqlarni chizish;
qalam yoki mo‘yqalam bilan rasm chizish.
150. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni olib borish lozim:
bolani bolalar kitoblari bilan ta’minlash, o‘qib berish va rasmlarini ko‘rsatish;
bolani rasmlarda aks ettirilgan narsalarning nomini to‘g‘ri aytishga o‘rgatish;
bolaga qalam, flomaster va katta qog‘oz parchasi berish, uning ko‘nikmalari rivojlanishi
uchun zaruriy sharoitlarni yaratish.
151. Bosma materiallar sanitariya va gigiyena talablariga javob berishi lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish