Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

1-yarim
yillik
2-yarim
yillik
jami
1. Atrof muhit bilan tanishtirish
0,5
2
8
10
18
2. Tabiat bilan tanishtirish
0,5
2
8
10
18
3. Aqliy faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan o‘yin-
mashqlar (sensor tarbiya)
1
4
16
20
36
4. Nutq o‘stirish
1
4
16
20
36
5. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish
0,5
2
8
10
18
6. Rasm
1
4
16
20
36
7. Qurish-yasash
1
4
16
20
36
8. Loy bilan ishlash
0,5
2
8
10
18
9. Jismoniy tarbiya
2
8
32
40
72
10. Musiqa
2
8
32
40
72
Jami
10
40
160
200
360
XVI bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena
164. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mazkur yo‘nalish quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
bolaning fiziologik ehtiyojlarini qondirish sharoiti, bolaning bo‘y uzunligining
rivojlanishi, salomatligini mustahkamlashni ta’minlash, bolalarni ochiq havoda sayr qildirish,
jismoniy shug‘ullanishi uchun zarur bo‘lgan jihozlar va o‘yinchoqlar bilan ta’minlash;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish (sog‘lom ovqatlanish, harakat faolligi, kun
tartibiga rioya qilish);
madaniy gigiyena va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini namuna qilib ko‘rsatish;
bolaning salomatligini inobatga olgan holda chiniqtirish chora-tadbirlarini amalga
oshirish.
1-§. Yirik motorikani rivojlantirish
165. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikani
rivojlantirish talablari hisoblanadi:
o‘z tanasini boshqarish (muvozanat saqlash) qobiliyatiga ega bo‘lish;
o‘z tana a’zolarini boshqara olish;
ma’lum obyektlar bo‘ylab harakatlanish.
166. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda yirik motorikaning
rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
oyoqlarini sudramasdan, eni 15 — 20 sm bo‘lgan yuzada yurish, ilon izi shaklidagi
chiziqcha ustidan, oyoqlarining uchida, polda emaklab, cho‘kkalab yurish, eni 20 sm bo‘lgan
yuzada yurganda ko‘zga ko‘rinadigan mo‘ljallarsiz yo‘nalishni saqlash;
doira bo‘ylab bir tomonga qarab 30 — 40 soniya davomida yugurish;


turgan joyda aylanish;
asta-sekin 80 m gacha yugurish;
balandligi 25 — 30 sm bo‘lgan arqon ostiga emaklab kelish;
o‘zining harakatlanish yo‘nalishini o‘zgartirish va yugurish;
zinadan mustaqil ko‘tarilish va pastga tushish;
ikki oyog‘ida sakrash, eni 20 — 25 sm bo‘lgan kichik ariqcha, ko‘lmakcha ustidan hatlab
o‘tish;
to‘siqlar ustidan sakrab o‘tish, kichik narsalar ustidan tez yugurib yoki sakrab o‘ta olish;
ikki oyog‘i bilan velosiped pedallarini aylantira olish.
167. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaning harakatlanish tajribasini turli jismoniy mashqlar va harakatli o‘yinlar bilan
boyitish;
katta yoshdagilardan o‘rnak olgan holda harakatlarni to‘g‘ri bajarishga ko‘maklashish;
bolalarni faol harakatlanishni tashkil qilishning jamoaviy shakllariga jalb qilish;
bolada tanish harakatlarni oson va erkin, bir maromda, mos ravishda, fazoda
yo‘nalishdan adashmay, shuningdek muvozanatni saqlagan holda bajara olish ko‘nikmalarini
shakllantirish;
polga to‘lqinlar shaklida tashlab qo‘yilgan arqon ustidan yurib o‘tishni taklif qilish;
bolaning ma’lum obyektlar bo‘ylab harakatlanishini rag‘batlantirish. Bunda bola
teparoq joyga chiqishi, emaklab yurishi, sakrashi mumkin;
bolaning velosiped pedallarini ravon aylantirishini rag‘batlantirish yoki unga itarish
kerak bo‘lgan o‘yinchoqlarni berish.
168. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashlari va harakatlanishlari
uchun quyidagilarga rioya qilish lozim:
bola jarohatlanishining turli shakllari yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaydigan barcha
zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
bola bor joyda derazalarni ochiq qoldirmaslik;
bola qum, suv va boshqa mayda narsalar bilan o‘ynayotganida ularning zarrachalari
bolaning ko‘zlariga kirib ketishining oldini olish;
bolaga salomatligini saqlashning elementar qoidalarini (zinadan pastga tushayotganda
zinalar ustidan sakrab o‘tish lozimligini, qo‘liga o‘tkir qirrali buyumlarni olish mumkin
emasligini) o‘rgatishda davom etish.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish