Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Sensomotorikani rivojlantirish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

3-§. Sensomotorikani rivojlantirish
173. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sezgi organlari yordamida o‘z
harakatlarini tartibga solishni uddalashi ularda sensomotorika rivojlanishining talabi
hisoblanadi.
174. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan rivojlanishining bolalarda
sensomotorika rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
narsalarning tuzilishi turlichaligini ajrata olish;
chiqayotgan ovoz manbai tomon harakatlanish;
oziq-ovqatlarni ularning ta’mi va hidi bo‘yicha ajratish.
175. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaga turli materiallar va yuzasining tuzilishga ko‘ra turlicha (dag‘al, silliq, mayin,
yopishqoq) bo‘lgan teksturalarni berish;
bola bilan odam yoki hayvonning harakatlariga taqlid qiladigan o‘yinlarni o‘ynash;
bolaning ovoz manbaini topishini rag‘batlantirish;
bolani ovqat tayyorlash jarayonlariga jalb qilish va u bilan o‘ynash, ta’m va hidning
farqini tushuntirish.
176. Bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun ko‘zlar
gigiyenasi va gimnastikasiga o‘rgatish, bola bilan mashq qilish muddati 10 — 15 daqiqadan
oshib ketmasligiga ahamiyat berish lozim.
4-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish
177. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zini parvarishlay olishlari va madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarini orttirishlari lozim.
178. Quyidagilar 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
mustaqil ravishda qo‘llarini sovun bilan yuvish, sovun ko‘pigini suvda yuvib tashlash va
keyin sochiq bilan artish;
mustaqil ravishda qoshiq bilan ovqat yeyish;
salfetkadan foydalanish;
suvda cho‘milish va o‘ynash jarayonlariga ijobiy munosabat bildirish.
179. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
qo‘l va tishlarni bosqichma-bosqich yuvishni ko‘rgazmali namoyish etish (plakat)
usulidan foydalanish;
agar bola yangi va notanish sharoitlarga tushib qolgan bo‘lsa, unga yordam berish, lekin
uning barchasini o‘zi mustaqil uddalashiga ishonchini hosil qilish;
ovqatlanish vaqtida bolaga yordam berish;


stol atrofida o‘tirish va tartibli ovqatlanish madaniyatining ahamiyatini tushuntirish;
muvaffaqiyatga erishganligi uchun rag‘batlantirish.
180. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini
ta’minlash maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
bolaning yuvinishi uchun xona haroratiga mos suvdan foydalanish;
qaynoq suv bilan tana a’zolarini kuydirib qo‘yish holatlarining oldini olish;
bolalar uchun mo‘ljallangan sovun bo‘lagining o‘lchamlari 3,5 x 5 sm dan katta
bo‘lmasligini ta’minlash.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish