Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Mayda motorikani rivojlantirish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

2-§. Mayda motorikani rivojlantirish
214. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika
rivojlanishining talablari hisoblanadi:
qo‘llari va barmoqlarining harakatlarini nazorat qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
o‘yinchoqlar va umumiy foydalanishda bo‘lgan buyumlardan foydalana olish.
215. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda mayda motorika
rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
uzib-uzib, dog‘ qo‘yib, chiziqlar yordamida rasm chizish;
qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalanish, barmoqlari va suvni ishlatish;
applikatsiya elementlarini yopishtirish;
loy yoki plastilindan yulish, pachoqlash, uzib olish va cho‘zish usulida turli
shaklchalarni yasash;
kaftlari orasida bir bo‘lak loy yoki plastilinni to‘g‘ri yoki doira shaklida dumalatib
yoyish, tayyor qismlarni bir-biriga ulash;
mozaika va boshqa shakllarni osonlik bilan terish va yig‘ish;
qaychi bilan oddiy shakllarni qirqish;
qog‘ozdan buklash yo‘li bilan oddiy modellarni yasash;
munchoqlarni ipga solish;
qalamni to‘g‘ri ushlashga harakat qilib, chiziq chizish;
shisha qopqog‘ini ochish, burash va yopish;
piyolani bir qo‘lida ushlab turish;
koptokni qo‘llarida ushlash va oldinga tashlash.
216. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolani kitoblarni yirtmaslikka, ulardan tartibli foydalanishga o‘rgatish;
topshiriqni bajarish uchun rang, material va usulni tanlashda yordam berish;
ko‘rgazmali namunalardan foydalanish;
rasmlari bo‘yaladigan kitobchalar va oddiy narsalarni yig‘ishni taklif qilish;
bolalarga izchillik bilan munchoqlarni yig‘ish va ipga terishga ruxsat berish;
bolaning og‘ziga mayda narsalarni solmasligini kuzatish;
bolaga kiyinish jarayonida faol ishtirok etish, kiyim tugmachalarini taqish yoki echish,
poyabzal iplarini bog‘lash imkoniyatini berish;
bolaga qalam bilan chiziq chizish imkoniyatini berish;
bolani hushtak bo‘yicha suv solingan idishni ochish va yopish, unga suv to‘ldirishga
o‘rgatish;
bolaga shishaning qopqog‘ini burashiga ruxsat berish;
bolaga kun davomida umumiy foydalanishdagi buyumlarni boshqarishga ruxsat berish.


217. Bolaning foydalanishi uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar bola uchun xavfsiz
bo‘lishini ta’minlash, shuningdek mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqtida gigiyena talablariga rioya
qilish lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish