Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Sensomotorikani rivojlantirish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

3-§. Sensomotorikani rivojlantirish
218. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sezgi organlari yordamida o‘z
harakatlarini tartibga solishga qodirligi ularda sensomotorika rivojlanishining talabi
hisoblanadi.
219. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda sensomotorika
rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
polga, devorga urilgan koptokni ilib olish, uni o‘ng yoki chap qo‘li bilan qaytarish, yerda
dumalatish;
musiqa asbobining ovoziga taqlid qilish;
bo‘ynini burmasdan turib, ko‘zlari bilan buyumni kuzatib borish.
220. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
bolaga koptokni ikki qo‘li bilan balandga ko‘tarib turish va ma’lum nishonga (savatga
yoki chelakka) otishi uchun imkoniyat yaratish;
bolaga bo‘ynini burmasdan ko‘zlarini chap va o‘ng tomonga harakatlantirishni taklif
qilish;
bolaning ayrim musiqa asboblarining ovoziga taqlid qilishini rag‘batlantirish;
bolaga musiqaning o‘z notalari mavjudligi to‘g‘risida aytib berish;
buyumlar turlicha yoritilganda turli ko‘rinishga ega bo‘lishiga bolaning e’tiborini
qaratish, bolaga yorug‘lik va soya to‘g‘risida so‘zlab berish.
221. Bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun uning ko‘zlarini
jarohatlanish, quyoshning yorqin nuri, chang va qum tushishidan asrash, shuningdek bola
gavdasini qanday tutishini qat’iy kuzatib turish lozim.
4-§. Madaniy-gigiyenik ko‘nikmalarni rivojlantirish
222. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘zlarini parvarishlay olishlari va madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalarini orttirishlari lozim.
223. Quyidagilar 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalar rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
poyabzalini o‘zi kiyish, iplarini ham o‘zi bog‘lashga harakat qilish;
eslatishsiz yuzini va qo‘llarini sovunlab yuvish;
tish cho‘tkasidan foydalanib tishlarini tozalashni bilish;
qoshiq va sanchqidan foydalangan holda tartibli ovqatlanish;
dastro‘molcha va hojatxona qog‘ozidan foydalanish;
o‘yinchoqlarini o‘ynab bo‘lgandan keyin joyiga olib qo‘yish;
ko‘zguga qarab, kiyimi, soch turmagini tartibga keltirish;
ovqatlangandan so‘ng og‘zini chayish;
cho‘milishni yoqtirish, tashqi muhit omillarini faol qo‘llash;
yo‘talganda, aksirganda og‘zi va burnini dastro‘molcha yoki salfetka bilan berkitish.
224. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’limiga quyidagicha yondashish lozim:
shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish;
o‘ynash paytida bolani o‘yin qoidalariga o‘rgatish;
bolaga gigiyena to‘g‘risidagi kitobning rasmlarini tomosha qilishni taklif qilish;
badiiy adabiyotlardan o‘qib berish;
bola oddiy topshiriqlarni bajargan sari unga asta-sekin gigiyena bo‘yicha ham
topshiriqlarni berib borish;
bola bilan oziq-ovqat mahsulotlari mavzusini muhokama qilish.
225. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini
ta’minlash maqsadida quyidagilarga amal qilish lozim:
bolaning tishlarini bir kunda ko‘pi bilan ikki marta (ertalab va kechqurun, uyqudan
oldin) tozalash;


sochiq va o‘yinchoqlar uchun mo‘ljallangan javonlarning barqaror turishi va bolaning
hayoti uchun xavf tug‘dirmasligini ta’minlash.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish