Farģona Viloyati Politexnika instituti Yengil Sanoat
va to'qimachilik fakulteti YSBKIT Yo'nalishi 84-21
guruh talabalari M. Jamshidbek va T. Kibriyoning
“O’zbek tilining sohada qo’llanilishi”fanidan
tayyorlagan taqdimotlari.
Mavzu: Nutq odobi. Nutqning kommunikativ sifatlari
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n yillikda erishgan
yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida
yaratilgan boy ma’naviy
-
ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki
uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga
xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida
milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Davr barcha
ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va ulkan vazifalarni qo‘ydi.
Bu vazifalarni lo‘nda qilib,
bir tomondan, tilshunoslikning nazariy
masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi
tomondan, uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat
masalalari bilan shug‘ullanish tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni
adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini
belgilash
, ularni imlo va talaffuz
qoidalari asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish, bu
qoidalarni lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan
hisoblanadi. Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish
muhim bo‘lib qoladi. Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni
ma’naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga
aylantirish, yoshlarimizni esa erkin, shu bilan birga
,
odatdagi,
an’anaviy
usullardan voz kechib
, yangicha fikrlashga o‘rgatishni maqsad
qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi
insoniyat sivilizatsiyasining barcha
bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi
ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi
Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham,
shunga qadar Misr va Assuriyada,
Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi
notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap
shundaki, u paytlarda davlat arboblarining
obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga
ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga
ham bog‘liq bo‘lgan.
Yunon
notig‘i Demosfen
(eramizdan oldingi 384-
322) va
Rim notig‘i Sitseron
(eramizgacha
106-43) larning hayoti bunga misol bo‘la
oladi.
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq
madaniyati bilan shug‘ullanish o‘ziga xos
mavqega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog
olimlar Mahmud Koshg‘ariyning
«Devonu
lug‘otit turk»
, Yusuf Xos
Hojibning
«Qutadg‘u bilig»
asarlari bu
masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib
kelinganligidan dalolat beradi. U
paytlar
«nutq odobi» deb yuritilgan sodda
va o‘rinli
gapirish
, qisqa va mazmundor
so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash,
keksalar va ustozlar oldida gapirganda
odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil
gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni
qoralash singari bir qator qoida va
ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati»
deb atab kelayotgan tushunchaning aynan
o‘zidir.
Mahmud Koshg‘ariyning
«Devon»
ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan
til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq,
nutq madaniyati
, nutqiy go‘zallikka
oid qimmatli ma’lumotlar mavjud.
Birgina misol:
Ko‘p sukutga qush
qo‘nar, Ko‘rkluk kishiga so‘z kelar, ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib
ketgan daraxtga qush qo‘nadi, yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi.
Yana:
Ardam boshi til,
ya’ni odob va fazilatning boshi tildir.
Yusuf Xos Hojibning
«Qutadg‘u bilig»
dostonida ham «
Til fazilatlari,
foyda va zararlari haqida»
,
«Til ardami»
deb nomlangan maxsus boblar
bo‘lib, ular so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan.
Nutq mantiqiyligining asosiy sharti- bu leksik-
semantik va sintaktik normaga amal qilishdir.So'z
tartibiga amal qilish ham muhim.Xullas yaxlit bir
tizimda,fikriy izchillikda tuzulgan nutqni mantiqiy
nutq deb atash mumkin. Yuqorida ta'rifi keltirilgan
sifatlar orqali har qanday o'quvchining nutqi
ta'sirchan va darsi unumli o'tadi.
E’tiboringiz uchun rahmat !
Do'stlaringiz bilan baham: |