Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

I bo‘lim. Umumiy bo‘lim
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
talab — biror-bir aniq yoshdagi bolalar bilishi va bajara olishi shart bo‘lgan talablar
majmui;


indikator — bolaning ko‘z bilan ko‘rishi va o‘lchashi mumkin bo‘ladigan ko‘nikma va
malakalari ko‘rsatkichi.
2. Davlat talablari maktabgacha ta’lim tizimida, shuningdek har bir oilada 7 yoshgacha
bo‘lgan bolani tarbiyalash, rivojlantirish, maktabga samarali tayyorlash hamda unga ta’lim
berishda qo‘llanilishi majburiydir.
3. Davlat talablari asosida:
bolaning bilim, ko‘nikma va malaka mezonlari hamda ularning o‘sish dinamikasi va
rivojlanish holatlari aniqlanadi;
bolalarning rivojlanganligi va yutuqlari baholab boriladi;
bolaning individual rivojlanishi ta’minlanadi;
kadrlar tayyorlash sifati, ta’lim mazmuniga nisbatan qo‘yiladigan talablar, maktabgacha
yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi hamda ota-onalarning bola rivojlanishiga oid
ko‘nikma va malakalari belgilanadi.
4. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim
muassasalari tomonidan qo‘llanilishi shart:
davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim olayotgan bolalar guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari;
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar)
bo‘limlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi sho’balari;
kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi fakultetlari;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish faoliyati
bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.
5. Davlat talablarining maqsadi:
maktabgacha ta’lim tizimi faoliyatini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti
istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlariga asosan
yo‘lga qo‘yish;
sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash;
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya
qilish;
sifatli kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
bola shaxsi asoslarini shakllantirish hamda uning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini
rivojlantirish;
bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
bolalarni milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish;
bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.
6. Davlat talablarining vazifalari:
bolalarga ta’lim va tarbiya berish uchun har tomonlama yondashuvni ta’minlash;
maktabgacha ta’lim metodikasini tubdan yaxshilash;
ta’lim-tarbiya berishning o‘quv dasturlarini yaratish;
maktabgacha ta’lim muassasalari pedagoglari malakasini oshirish;
maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
bolalarning rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarida ota-onalarga ko‘maklashish;
maktabgacha ta’lim tizimi sifatini oshirish.
7. Bolalarga ta’lim-tarbiya berish va rivojlantirish talablari quyidagi prinsiplarga
asoslangan holda ishlab chiqiladi:
jinsi, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi, dini, ijtimoiy ehtiyojlari va madaniy mansubligi,
salomatligi va alohida ehtiyojlaridan qat’i nazar, barcha bolalarning ta’lim tizimida teng
imkoniyatliligi;
ta’lim olish jarayonida turli xil o‘yinlardan foydalanish;
ota-onalar va tarbiyachilarning hamkorligi.


8. Davlat talablari quyidagi yosh guruhlari bo‘yicha bo‘linadi:
tug‘ilgandan boshlab 6 oygacha;
6 oydan 1 yoshgacha;
1 yoshdan 2 yoshgacha;
2 yoshdan 3 yoshgacha;
3 yoshdan 5 yoshgacha;
5 yoshdan 7 yoshgacha.
9. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish
dasturi talablarini bajarish vositalari hisoblanadi:
mustaqillik;
ijodkorlik;
tashabbuskorlik;
o‘zi va atrofdagilarga nisbatan mas’uliyatni his qilish;
o‘zaro hurmat;
tolerant xatti-harakat;
vatanparvarlik;
do‘stlik va hamjihatlik;
jamiyat va davlatga nisbatan hurmat hissi.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish