nutq — faol nutq shakllanishi yakunlanadi, fikrlarni bayon etish;
ixtiyoriy bilish jarayoni — ixtiyorsiz diqqat va xotira, shuningdek o‘yin vaqtida ixtiyoriy
ravishda eslab qolish rivojlanadi;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi;
bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar;
bilish usullari — katta yoshdagilarning hikoyalari va tajriba qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot;
tengdoshlari bilan munosabatlar — voqeaga boy bo‘lgan o‘yinlarda sherik sifatida
qiziqarli kechadi;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai;
nizolar mavjudligi — mavjud emas;
his-hayajonlar — yanada ravon va o‘zini nazorat qilishga urinadi;
o‘yin faoliyati — tengdoshlari bilan jamoaviy va rolga kirishgan holda o‘ynaydi, o‘yinli
vaziyatlarni ijro qiladi.
31. 5 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — ko‘rgazmali-obrazli tafakkur, tasvirli-sxemali jarayon shakllana boshlaydi;
nutq — nutqni rejalashtirish malakasi shakllanadi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — maqsadga yo‘naltirilgan eslab qolish qobiliyati rivojlanadi;
fiziologik sezgirlik — noqulaylikka nisbatan sezgirlik kamayadi;
bilish obyektlari — bevosita idrok etilmaydigan predmetlar va hodisalar, axloqiy
normalar;
bilish usullari — katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot qilish, mustaqil
faoliyat, tajriba qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari muloqot va uddaburonlik;
tengdoshlari bilan munosabatlar — o‘yinlarda sherik sifatida unga qiziqish
chuqurlashadi hamda muloqot yuritishda moyillik sezadi;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — axborot olish manbai va suhbatdosh;
nizolar mavjudligi — mavjud emas;
his-hayajonlar — mo‘tadil darajadagi his-tuyg‘u, yuqori kayfiyat ustun turishi;
o‘yin faoliyati — o‘yin haqida fikrlari shakllanadi, shuningdek davomli o‘yinlar,
birlashmalar shakllanadi.
32. 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning psixologik xususiyatlari:
fikrlash — mantiqiy tafakkur ko‘rgazmali-obrazli jarayon asosida rivojlanadi;
nutq — ichki nutqning rivojlanishi;
ixtiyoriy bilish jarayoni — o‘zlashtirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z fikrini
jamlashga kirishadi;
fiziologik sezgirlik — individual ravishda, aksariyat hollarda past darajada;
bilish obyektlari — predmetlar va hodisalar o‘rtasidagi sabab-oqibatli bog‘liqlik;
bilish usullari — mustaqil faoliyat, bilish uchun katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan
muloqot qilish;
muvaffaqiyatli o‘zlashtirish shartlari — shaxsiy dunyoqarash, har bir ishda o‘z fikrini
bildirish;
muloqot yuritish shakli — vaziyatdan tashqari shaxsiy muloqot;
tengdoshlari bilan munosabatlar — suhbatdosh va faoliyat bo‘yicha sherik;
katta yoshdagilar bilan munosabatlar — hissiy ko‘mak manbai;
nizolar mavjudligi — 7 yoshga kelib tanazzulga uchrash, ijtimoiy rolning o‘zgarishi;
his-hayajonlar — yuqori darajadagi his-tuyg‘ularga ega bo‘lish;
o‘yin faoliyati — zimmasiga olgan rolga muvofiq o‘zini tutish shakllanadi, shuningdek
birgalashib o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: