Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


XV bob. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

XV bob. Bilish jarayoni va atrof muhit to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish
1-§. Elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlarni rivojlantirish
152. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar
rivojlanishining talablari hisoblanadi:
miqdor, sonlar va sanash bo‘yicha bilimlarini namoyish etish;
buyumlarni turkumlash va tartibli joylashtirish qobiliyatiga ega bo‘lish.
153. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda elementar matematik ko‘nikmalar va bilimlar
rivojlanishining indikatorlari hisoblanadi:
ikki, uch qismdan iborat bo‘lgan bolaning aqliy faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan
o‘yinchoqlarni (ikki, uch halqali piramidalar) yig‘ish;
katta yoshdagilarning iltimosiga ko‘ra buyumlarni yig‘ish va olib kelish;
narsalarni terib qo‘yish va ular bilan harakatlar bajarish;
bolalar va buyumlarni katta-kichikligiga qarab guruhlarga ajratish;
“ko‘p” va “kam” so‘zlarining ma’nosini tushunish;


qutichalarga xuddi shunday shakldagi qopqoqlarni tanlab olish;
o‘yinchoqlar turgan joylarni topa olish.
154. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni olib borish lozim:
bolaga buyumlarning shakllari, xususiyatlarini ko‘rsatish va ularni ajratishni o‘rgatish;
kubiklar, piramidalar bilan o‘yinlar o‘ynash, bitta, ikkita, uchta buyumlarni (kubiklar,
halqalar) uzatishni iltimos qilish;
bolaning muvaffaqiyatli harakatlarini qo‘llab-quvvatlash va maqtash;
bolaga o‘yinchoqlarni berib, ularni saralash yoki o‘lchami, soniga qarab joylashtirishga
yordam berish;
bola o‘yinchoqlar, buyumlar bilan nima qilish kerakligini aniq tushunishi uchun nima
qilish mumkinligini bolaga aytib berish.
155. 12 — 24 oylikda bolaning individual xususiyatlari yaqqol namoyon bo‘lganligi
sababli, uni boshqa bolalar bilan solishtirmaslik lozim.
2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash
156. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari
hisoblanadi.
jonli va jonsiz olamni kuzatish hamda ta’riflab berish;
tabiat hodisalarini kuzatish;
rasmda aks ettirilgan yoki ko‘chadagi o‘simlik va hayvonlarni ko‘rsatish, ularning
nomlarini aytish;
inson tana a’zolarini o‘rganish.
157. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash
indikatorlari hisoblanadi:
havodagi o‘zgarishlarni ajratish (masalan, qor yog‘ayotganda tashqariga chiqishni
xohlash, yomg‘ir yog‘ayotganda esa soyabonni olish);
inson tana a’zolari va asosiy organlarining vazifalarini bilish, o‘zining tana a’zolarini
(quloqlarining eshitishini, ko‘zlarining ko‘rishini) to‘g‘ri ko‘rsatish;
qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoqlardan zavqlanish.
158. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni olib borish lozim:
bola bilan yilning barcha fasllarida sayr qilish va har bir tabiat hodisasini tushunarli
qilib izohlash;
tabiat hodisalarini kuzatishni tashkil qilish;
bolaga jonli va jonsiz buyumlarni ko‘rsatish;
bolaga atrofdagi o‘zaro bog‘liqliklarni (agar niholga suv quyib turilsa, uning o‘sib,
unishini) tushuntirish;
bolaning o‘simliklar va hayvonlar nomlarini aytishini rag‘batlantirish;
bolaning o‘z tana a’zolari nomini aytishini yoki qo‘g‘irchoqlar va o‘yinchoqlarda shunga
o‘xshash qismlarni topib aytishini rag‘batlantirish, ularning vazifasini tushuntirish.
159. Sayr vaqtining ketma-ketligi ta’minlab borilishi lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish