4 – Mavzu: Musiqiy mashg’ulotlar jarayonida musiqa tinglash qobiliyatlarini rivojlantirish Reja



Download 110,79 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.02.2023
Hajmi110,79 Kb.
#912581
Bog'liq
jamoa 4



4 – Mavzu: Musiqiy mashg’ulotlar jarayonida musiqa tinglash
qobiliyatlarini rivojlantirish
 
Reja: 
 
1.
O’quvchilarda tinglash madaniyatini shakllantirish 
2.
Tinglash qobiliyatini rivojlantirishda musiqa cholg’ularining ijroviy 
imkoniyatlaridan foydalanish 
3.
O’quvchi yoshlarda badiiy ijroni shakllantirish 
4.
Xulosa 
 
O’sib kelayotgan avlodni musiqiy madaniyatini tarbiyalash ishi ham tobora 
kengayib va murakkablashib bormoqda. Ilmiy bilimlarning to’planib borishi esa 
o’z navbatida o’quv predmetlari va ularning mazmuni o’zgarishiga olib keladi.
Hozirgi paytda musiqa darslarini o’rgatish ishida, ilg’or milliy 
pedagogikaning asosiy prinsiplariga tayangan holda tashkil etish dolzarb 
masalalardan biri bo’lib qoldi.
Musiqiy qobiliyatlarga musiqani anglash, musiqani tinglash, tinglashni 
nazorat qilish, musiqiy xotira, shuningdek, diqqat, tasavvur va maxsus ijrochilik 
qobiliyatlar kiradi. 
Musiqiy qobiliyatlarning eng muhimlaridan biri musiqani anglashdir. Ye. 
Yefrusi o’quvchilarning eshitishini tarbiyalash maqsadida musiqani bevosita 
o’rgatishdan oldin ular bilan tayyorgarlik mashg’ulotlarni o’tkazgan. Bu 
mashg’ulotlar butun musiqa materialini eshitib o’rganishga qaratilgan. 
O’quvchilar eshitishini rivojlantirishning Ye. Yefrusi taklif qilgan usuliyatida 
avvalo kuylarni eshitib va uni xotiraga ko’chirish asosiy o’rin olgan, buning 
uchun oldin kuylar aytilgan, ovozlar ko’chirilgan va ularning tuzilishi tahlil 
qilingan.
Chalish, ko’chirish va ijod elementlari o’quvchilarning musiqiy -eshitish 
rivojlanishiga eng faol ta’sir etadigan usullar hisoblanadi. 
Qator asarlarda cholg’u asboblarda chalish uslubiyoti ishlab chiqilgan. 
Tanlashdan oldin musiqiy eshitish tasavvurlarining to’planish davri o’tadi. Chalish 
uslubiyotida bevosita hissiy idrokka, kuyning tuzilishini anglashda va uni 
ijrochiga xos tartibli harakatlar bilan ijro etishga katta ahamiyat beriladi. 
Xalq qo’shiqlaridan olingan parchalar kuyning tuzilishi. ritmik tasviri va 
tonallik asosi soddaligi, shuningdek, musiqiy ma’nosi chuqurligi bilan eshitishni 
rivojlantirish bo’yicha olib boriladigan dastlabki ishlar uchun ajoyib material 
bo’ladi. Chalishni yorqin, qisqa harakati kamayib boradigan tersiya kvarta 
dia’azonidagi kuylardan boshlash kerak. 
Kuyni chalishdan oldin bevosita idrok etish va uning tuzilishini: birinchi 
tovushini, ritmik tasvirini, dia’azonini, takrorlanuvchi tovushlarini, kuyning 
yo’nalishini juz’iy ravishda anglab olish kerak. Agar o’quvchilar kuyni tahlil 
qilishga ehtiyojmand bo’lmasalar, uni chalishga kirishish lozim. 
Musiqiy – eshitish tasavvurlarining rivojlanishi va chalish bo’lishi
mumkin: 


1. Bitta tovushni, uning xarakterini va tovushning tembrini eshitib tasavvur 
etish; 
2. O’quvchida mavjud eshitish tasavvuriga munofiq bitta tovushni har xil
chalish qobiliyatini rivojlantirish. Buning uchun chalish harakatlarini tasavvur 
etish va mayin, cho’ziq, chuqur, qattiq, eng qisqa kabi muayyan xarakterdagi 
tovushlarni chiqarishga intilish kerak. O’quvchi tovushning xarakteri va tembri 
aniq eshitish kayfiyatini hamda harakatlami talab qilishini tushunadi. Bunda 
o’quvchining tembr haqidagi tasavvuri rivojlanishi alohida rol o’ynaydi. 
Musiqa asari bilan tanishishni dastlabki kunlardan boshlab musiqiy -eshitish 
tasavvurlarining xarakteriga mos rang - barang tovushlarni va maqsadga muvofiq 
harakatlarni izlash lozim. Bir tovushni har xil qilib ijro eta olish yoki kuylarni his 
qilish va chala bilish kerak. Bu esa boshlovchi ijrochilar uchun mas’uliyatli 
to’shiriq hisoblanadi. 
Ijro ko’nikmalari ‘uxta o’zlashtirilmasa, ular tezda yoddan ko’tarilib ketadi 
va uni takror o’zlashtirish uchun mashg’ulotlarni yangidan qaytarishga to’g’ri 
keladi. Bilimlarni mustahkamlash uchun o’tilgan materialni muntazam ravishda 
takrorlab turish kerak. Bunda takrorlash shart – sharoitlarni o’zgartirib turish 
muhim ahamiyatga ega . 
Har bir dars, musiqa asarining har bir ijrosi maqsadga muvofiqlik bilan 
kechishi, ya’ni o’qituvchi va o’quvchilarning ta’lim jarayonida barcha harakatlarni 
oxirgi maqsadga erishishga qaratilgan bo’lishi kerak. O’qituvchi o’quvchiga har 
bir mashg’ulotda erishishi kerak bo’ladigan maqsadni aniq ko’rsata bermog’i 
zarur. Tajribada ayrim o’qituvchilarning maqsadni so’zlar vositasida ko’’ 
tushuntirish natijasida eng asosiy, kerakli maqsad chetda qolib ketish hollarini 
ham ko’rishimiz mumkin. 
Ijro etishni o’rgatish jarayonida o’qituvchi o’quvchining yoshi, nazariy 
bilimi va amaliy tajribalari, ta’lim – tarbiyanin g maqsad va vazifalari 
ijrochilikning mohiyati va xususiyatlarini hisobga olgan holda yuqorida keltirilgan 
ta’lim ‘rinsi’laridan foydalanadi. 
Ko’rib chiqilgan ta’lim prinsiplarining har biri o’zaro bir biri bilan 
bog’langanidagina o’z samarasini beradi. 
Bular musiqa mashg’ulotlari jarayonida nazarda tutilishi, musiqachilar 
tayyorlashdan iborat ekanligi uchun musiqa ijrochiligini faqat bir nechta asarlarni 
o’rgatish bilan cheklab qo’ymaslik kerak. O’quvchi faoliyatining doirasi yetarli 
darajada keng bo’lishi va o’z ichiga uning musiqiy kamolotiga yordam beradigan 
ishlarni. 
O’qituvchining asosiy vazifalaridan biri – o’quvchilarda musiqa 
mashg’ulotlariga to’g’ri munosabatni shakllantirish va ijro sifatini 
rivojlantirishdan iboratdir. 
Bunda muallifning matniga, muharrirlik ko’rsatmalariga, turli belgilar va 
hokazolarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishni tarbiyalashi zarur va ijodiy 
muvaffaqiyatlarga erishish yo’llarini to’ishga ham intilishi kerak. 
Unga K. Stanislavskiyning: "San’atda o’zingni sevma, balki o’zingni 
san’atda sev", - degan so’zlarining ma’nosini anglatish lozim. 


Oliy ta’lim muassasasiga tegishli musiqa bo’limlarining mutaxassislik 
sinflari sharoitida ommaviy ravishda qo’shiq aytish va chalishni o’rgatish 
muammosini nazariy hamda tajriba yo’li bilan tadqiq etish natijasida chiqarilgan 
asosiy xulosalar quyidagilardan iboratdir: 
1. O’quvchilarning musiqaga dastlabki havaslari barqaror ichki
ehtiyojlariga aylanishi uchun, badiiy bilimlari doirasi kengayishi uchun musiqa 
sohasidagi estetik didlari shakllanishi va rivojlanishi uchun: 
a) o’quvchilarning qobiliyatiga qarab jiddiy ijrochilik vazifalarini qo’yish, 
o’rganilayotgan har bir asarga estetik munosabatni vujudga keltirishga, 
o’quvchilar asarning musiqiy mazmuniga, imkoniyatiga va shu bilan birga 
qiyinligiga qiziqtirishga harakat qilish lozim; 
b) darsdagi estetik taassurotni xilma – xillashtirish kerak. Ana shu xilma – 
xillik ‘edagogning ijrosidan va yozib olingan musiqalarni tinglashdan hayotiy va 
badiiy boyligini o’rganilayotgan asarlarga bog’lab idrok etishni o’z ichiga oladi; 
v) o’quvchilarda ansambl, jo’r bo’lish, notadan o’qish malakalarini 
shakllantirish orqali ularga mustaqil holda asarlarni ijro etish sharoitini yaratish 
lozim. Maxsus sinfida olingan ko’nikma va malakalardan musiqiy ijtimoiy 
hayotida faol qatnashish orqali muntazam foydalanish. 
Yuqori bosqichdagi o’quvchi – yoshlarga tajriba yo’li bilan berilgan ta’lim, 
ular endi malakalarini tezroq egallashini ko’rsatadi. Buning sababi shuki, yuqori 
bosqichdagi o’quvchilarda aqliy va jismoniy imkoniyatlarining ancha kengligi 
yanada mazmunli va xilma – xil asarlardan foydalanishda, ularni hissiy idrok etish 
bilan birga mantiqiy tahlil qilishda, tinglash nazorati usuli bilan birga ko’rish 
nazorati elementlarini ham ishga solishda katta yordam beradi. Ijodiy musiqa 
mashg’uloti elementlari (eshitganini chalish, tovushlarni ko’chirish, aranjirovka, 
jo’r bo’lish va hokazolar). Shunda o’quvchilarning o’z talqinlari musiqa 
madaniyati darslarida va nazariy mashg’ulotlarida o’zlashtirgan bilimlari hamda 
malakalarini mustahkamlashning eng yaxshi shakli bo’ladi. 
Shuningdek, o’zining eshitishini nazorat qilish orqali, iloji boricha ongli 
yo’sinda amalga oshuviga e’tibor berish kerak. Musiqa asarlari ustida ishlashda 
yuqoridagi asosiy vazifalarni
O’quvchining ichki eshitishini, tafakkurini faollashtiradigan usullardan 
umumiy va doimiy ravishda foydalanish, musiqiy asosni eshitib o’zlashtirish 
orqaligina asarning badiiy tilini tushunish mumkinligini unutmaslik kerak. 
Buning uchun u musiqaning qiyin bo’laklari ustida alohida – alohida ishlay 
olishi va o’z oldiga doimo yangi vazifalarni qo’yib borishi kerak. Ana shu tariqa 
goh tovushlar, goh ovozlar bo’yicha ishlash qandaydir qiyin joylarni ajratish ijroni 
ba’zan tovush jihatiga va ba’zan ritmik tuzilishiga e’tibor berish zarurati kelib 
chiqadi. K. Igumov juda to’g’ri tariflaganidek, asar ustida ishlash "so’zsiz musiqa 
tinglash " jarayonidir. Shunga ko’ra, ishning har qanday bosqichida ‘ast sur’atda 
ijro etilishi katta ahamiyat kasb etadi. Chunki , bu asarning barcha detallarini 
ko’rish imkonini yaratadi. 
Asar ustida ishlashning so’nggi bosqichida, ya’ni uni o’rganib bo’lingach, 
o’z eshitishini nazorat qilishi bir oz zaiflashgach, ularni qandaydir "yangilash" yoki 


"boyitish" zarurati tug’iladi. Bunda o’quvchilar oldiga ijrochilik bo’yicha ba’zi 
yangi vazifalarni qo’yish lozim. 
Avvalo ilgari o’rganilgan nota matnini go’yo o’rganilmagandek o’qishni 
taklif qilish mumkin. Bunday o’qishda doimo shtrixlar, aksentlar, nyuanslar, 
muallif yoki muharrirning ko’rsatmalari va ilgari ahamiyat berilmagan nimalardir 
to’iladi. Agar ijrochining musiqa asari ustida ishlashdagi asosiy vazifasi badiiy 
obrazni ifodalashdan iborat bo’lsa, bu vazifani hal qilishning eng muhim 
vositalaridan biri kerakli darajada sifatli tovushni to’a olishidir. 
Shunga ko’ra G. Neygauz "Musiqa – tovush san’ati", – deb yozgan va 
tovush, musiqachining asosiy ishi ekanligini ko’’ marotaba ta’kidlagan edi. Har 
qanday (hatto, ikkita, uchta tovushdan iborat) mashqlarda ham ifodali chalish, 
muayyan dinamik rang– baranglikka e’tibor berish lozim.
Xususan, ana shu ‘rinsi’da ishlash zarurligini G. Neygauz quyidagicha 
ta’riflaydi: "badiiy obraz ustida ishlashni, musiqa cholg’ularida chalish va nota 
savodini o’rgatish bilan barobar boshlash kerak. Bola qiyin kuyni – g’amgin, 
ko’tarinki kuyni – quvnoq va tantanavor kuyni dabdabali ijro etishga hamda 
o’zining badiiy – musiqiy maqsadini yaqqol ro’yobga chiqarishiga, iloji boricha 
barvaqt erishishi lozim". 

Download 110,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish