Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


IV bo‘lim. 12 — 24 oylik bolalarning rivojlanishi



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

IV bo‘lim. 12 — 24 oylik bolalarning rivojlanishi
XII bob. Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena
1-§. Yirik motorikani rivojlantirish
120. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda yirik motorikani rivojlantirish talablari
hisoblanadi:
gavdasini boshqara olish (muvozanat saqlashga qodir bo‘lish);
tana a’zolarini boshqara olish;
maqsadli harakatlana olish.
121. Quyidagilar 12 — 24 oylik bolalarda yirik motorikaning rivojlanish indikatorlari
hisoblanadi:
to‘g‘ri yo‘nalishda, yo‘lakda, yotgan va qiya taxta ustidan tayanmasdan yurish;
balandligi 10 sm bo‘lgan predmetning ustiga chiqish va ustidan tushish;
yiqilmasdan mustaqil turish va o‘tirish;
engashish va o‘yinchoqlarni olish;
mustaqil ravishda orqaga bir necha qadam tashlash;
katta yoshdagilarning ko‘rsatmasi bo‘yicha 3-4 ta turli harakatlarni bajarish;
koptokni ko‘rsatilgan tomonga tepish;
koptokni kichik balandlikdan hamda katta yoshdagilar tomon dumalatish, uni oldinga
va tepaga irg‘itish;
belgilangan masofadan (stol osti, halqaning ichi) emaklab o‘tish;
uzunligi 1 m bo‘lgan narvonga chiqish va tushish;
pol yoki yerdan 5 — 10 sm balandlikda turgan arqon, novda yoki yog‘och ustidan o‘tib
keta olish;
maqsadiga qarab, harakat yo‘nalishini o‘zgartirish;
o‘rindiq ostidan o‘yinchoqni olish uchun mustaqil ravishda tizzasiga o‘tirish va turish.
122. 12 — 24 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim:
bola organizmining umumiy rivojlanishiga doir mashg‘ulotlar o‘tkazish;
bolani aravachalar, yirik o‘yinchoq mashinalar bilan o‘ynashga o‘rgatish;
bolani yugurishi, to‘g‘ri chiziqdan yugurib o‘tishi, yurishi, emaklashi, narsalarni
tashlashi, irg‘itishi kerak bo‘ladigan o‘yinlarga o‘rgatish;
8 — 10 daqiqa davomida rejalashtirilgan o‘yinli mashg‘ulotlar va imkon qadar ertalab
ochiq havoda jismoniy mashqlarni o‘tkazish;
bolani har kuni oddiy jismoniy mashqlar elementlariga o‘rgatish;
bolaning qo‘lidan ushlab turish, unga koptokni tepish, mo‘ljalga tashlashga yordam
berish;
boladan chetda turgan predmet yoki o‘yinchoqni olib kelishni iltimos qilish;


bolaning urinishlarini rag‘batlantirish;
bolaning balandroq yuzaga chiqa olishini hisobga olib, yuzaning xavfsizligini
ta’minlash;
bolaning motorikaga oid vazifalarning bajarishini rag‘batlantirish;
bolaning yo‘liga to‘siq qo‘yib, uni aylanib o‘tib, mo‘ljallangan joygacha etib borishini
rag‘batlantirish.
123. 12 — 24 oylik bolalar bo‘lgan joylarda:
bolaga real xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan predmetlar bo‘lmasligi;
katta yoshdagilarning nazorati ostida bo‘lishi;
ruhiy jihatdan qulay muhit yaratilishi lozim.
Bunda bolaning himoyalanganlik, dadillik va xavfsizlik hissi rivojlanishiga
ko‘maklashish hamda zarur bo‘lgan vaqtda tarbiyachiga murojaat etishiga imkon beradigan
o‘zini tutish ko‘nikmalarini shakllantirish lozim.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish