Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

2-§. Atrof muhitni o‘rganish va anglash
113. 6 — 12 oylik bolalarning atrofni kuzatishi, jonli va jonsiz olamga munosabat
bildirishi, inson tana a’zolarini o‘rganishi ularda atrof muhitni o‘rganish va anglash talablari
hisoblanadi.
114. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda atrof muhitni o‘rganish va anglash indikatorlari
hisoblanadi:
o‘z o‘yinchoqlarini, buyumlarini tishlash, ta’mini ko‘rish, uzib tashlashga urinish, urish,
ikkita buyumni bir-biriga urib ko‘rish va hosil bo‘layotgan ovozlarni tinglash orqali o‘rganish;
baliq akvariumda qanday harakatlanishini tomosha qilish;
o‘z atrofidagi g‘ayrioddiy obyektlarga diqqat bilan qarash;
hayvonlarni va ularning rasmlarini turli taqlidiy ovozlar bilan bog‘lash;
qumni yumshatish uchun unga suv quyish;
cho‘milayotganda suvni sachratish;
oltitagacha tana a’zolarini ko‘rsatish;
atrofdagilarning ayrim harakatlarini takrorlash.
115. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi mashqlarni bajarib turish lozim:
bolaga turli obyektlarni boshqarish imkoniyatini berish;
bolani bir-biriga uyg‘unlashadigan narsalarni tanlab olishini rag‘batlantirish;
bolaning akvariumning oldiga kelishiga yordam berish, baliqlar qanday
harakatlanayotganligi, ular turlichaligiga e’tiborini qaratish;
biror obyektdan eng maqbul yo‘l bilan foydalanish usulini ko‘rsatish va tushuntirish;
bolaga atrofdagi barcha yangi narsalarni ko‘rsatish va u qanday munosabat bildirishini
kuzatib turish;
yangi obyektlardan foydalanib bolalar bilan o‘ynash;
turli hayvonlar qanday ovozlar chiqarishlarini ko‘rsatish;
bolaning o‘z atrofidagi yoki rasmlardagi hayvonlarning ovoziga taqlid qilishini
rag‘batlantirish;
bog‘da bola uchun o‘z burchagi bo‘lishini ta’minlash, unga qum bilan suvni
aralashtirishga yordam berish;
bolaning ko‘proq cho‘milishi va suvda o‘ynab o‘tirishini rag‘batlantirish;
bolaga boshqa odamlar, rasmlardagi inson tana a’zolarini ko‘rsatib, ularning nomini
o‘rgatish, shundan keyin o‘zining ushbu a’zolarini ko‘rsatishini rag‘batlantirish;
tana a’zolarini ko‘rsatayotganda bolani yo‘naltirish;
turli ovozlar va harakatlarni qaytarishga yordam berish.
116. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun
quyidagilarga amal qilish lozim:
bola bilan mashg‘ulotlarni tashkil qilishda asta-sekinlik va izchillik tamoyiliga amal
qilish;
mashg‘ulotlarni davomiyligi 10 — 12 daqiqa bo‘lishini ta’minlash.
3-§. Ijod
117. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod talablari hisoblanadi:
turli tovush va ovozlarni ajratish qobiliyatiga ega bo‘lish;


musiqaga qiziqish bildirish, musiqiy faollik ko‘rsatish;
ko‘rgazmali faoliyatda ishtirok etishga qiziqishni namoyish etish.
118. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijod indikatorlari hisoblanadi:
turli ovozlarga (odam ovozi, musiqa, ommabop kuy) munosabat bildirish (tebranish,
raqsga tushishga harakat qilish);
biror-bir asbob, tovush chiqaradigan o‘yinchoq yoki televizordagi yoqtirgan ovoziga
taqlid qilish;
ruchka va markerlarni olish va har qanday yuzada rasm chizishga harakat qilish.
119. 6 — 12 oylik bolalar bilan quyidagi shakllarda mashqlar olib borish lozim:
bolaga quvnoq musiqalarni qo‘yib berish va u bilan birga raqsga tushish;
musiqaga jo‘r bo‘lib qanday chapak chalish kerakligini ko‘rsatish;
musiqa ohangiga mos tarzda qo‘l-oyoqlarni qanday harakatlantirish kerakligini
ko‘rsatish;
turli ovozlarni (musiqa, suhbat, momaqaldiroq) bola bilan taqqoslash;
baland va past ovoz o‘rtasidagi farqni tushuntirish;
bolaga xavfsiz ijod qilish mumkin bo‘lgan turli predmetlarni berish.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish