Buyrug‘i maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida


IX bob. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish



Download 306,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/56
Sana05.07.2022
Hajmi306,49 Kb.
#742654
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56
Bog'liq
2517-сон 18.10.2013. Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarini tasdiqlash haqida

IX bob. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
1-§. Ijtimoiy rivojlanish
93. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish talablari hisoblanadi:
tanish va notanish odamlarni ajrata olish;
boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish
qobiliyatiga ega bo‘lish.
94. Quyidagilar 6 — 12 oylik bolalarda ijtimoiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:
yaqin kishilari bilan muloqot qilishda tashabbus bildirish (ko‘zlariga qarash, jilmayish,
yopishish, qo‘llariga chiqib olishga harakat qilish, qichqirib yuborish, yengini tortish);
tanish chehralarni topish uchun ko‘rsatma bo‘yicha atrofiga nazar tashlab chiqish;
o‘z harakatlariga e’tibor qaratib, aloqaga kirishish;
unga tanish odamlarning ovozini o‘xshatish (taqlid qilish);
xayrlashish vaqtida qo‘lini silkitish;
boshqa bolaning harakatlari ketidan kuzatish, kulish yoki yig‘lash, tengdoshlariga faol
taqlid qilish;
katta yoshdagilarning aksariyat murojaatlariga javob berish, lekin ularning ayrimlarini
inkor etish;
boshqa bola bilan muloqot qilishga qiziqish bildirish, quvonish, zavqlanish (qarash,
jilmayish, kulish, qichqirish, bidirlash), muloqot qilishdan chalg‘imaslik;
imo-ishoradan foydalanish, baholash, yordam, hamdardlik izlab nigoh tashlash, biror
xavf yuzaga kelganligini tushunish va tanish odamdan yordam so‘rash;
katta yoshdagilarning harakatlariga kuzatib turish, taqlid qilish, katta yoshdagilarning
so‘zlari bo‘yicha turli harakatlarni bajarish orqali javob qaytarish;
o‘z o‘yinchog‘ini boshqa bolalarga taklif qilish, lekin boshqa bola undan o‘yinchog‘ini
olsa, yig‘lash, norozilik bildirish.
95. Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
tashabbus uchun maqtash;
notanish kishilardan qo‘rqishni kamaytirishga harakat qilish;
o‘zaro hurmat va ishonch muhitini yaratish;
bolani kuzatib turish, unga yordam berishga doimo tayyor bo‘lish;
bolaning iltimoslariga mos ravishda javob berish;


bolaning o‘zi uchun yangi va notanish muhitda xavfdan holi ekanligiga ishonch hosil
qilishi uchun uni quchoqlash va qo‘llaridan ushlab turish;
bolaning iltimoslariga mos ravishda javob berish;
bolaning harakati va tashabbuslariga tegishli ravishda munosabat bildirish;
xayrlashish vaqtida qo‘llar bilan harakat qilishni amalda qo‘llash;
agar bola katta yoshdagilar eslatmasdan turib o‘zi qo‘lini silkitsa, uni maqtash;
bolaning tengdoshlari bilan muomala qilishi uchun sharoit yaratish;
katta yoshdagilar bolaga murojaat etganda, javob berganligi uchun bolani maqtash;
boshqa bolalar bilan toza havoda birgalikda aylanishlarni uyushtirish;
bolani har qanday vaziyatda ruhan qo‘llab-quvvatlash, zarur bo‘lganda bolaga yordam
berish va uning uchun ko‘proq qulaylik yaratish;
bolani yordamga ehtiyoj sezish tabiiy hol ekanligiga ishontirish;
bolaning faol harakatlarini rag‘batlantirish;
bola bilan ko‘proq muomalada bo‘lish va so‘zlashish;
bolaning o‘z o‘yinchoqlarini boshqalar bilan birga o‘ynashini rag‘batlantirish.
96. 6 — 12 oylik bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash maqsadida
quyidagilarga rioya qilish lozim:
bolaning e’tiborini noto‘g‘ri xatti-harakatlarga qaratmaslik;
harakatni qanday qilib to‘g‘ri bajarishni o‘rgatish;
har qanday vaziyatda ham pand-nasihat qilmaslik;
muloqot yuritishda sabr-toqatli bo‘lish.
Quyidagi vaziyatlar bolaning yig‘lashiga sabab bo‘lishi mumkin:
sovqotganligi yoki isib ketganligi;
taglikning ho‘l bo‘lib qolganligi;
ortiqcha siqib yo‘rgaklanganligi;
ochiqqanligi yoki og‘riq sezganligi.

Download 306,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish