Mavzu: a : b ifodaning qiymatini topish. Darsning maqsadlari



Download 22,87 Kb.
Sana14.08.2021
Hajmi22,87 Kb.
#147921
Bog'liq
Matematika 3 sinf


Mavzu: a : b ifodaning qiymatini topish.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: o‘quvchilarga a : b ifodaning qiymatini topishni o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning erkin fikrlarini rivojlantirish
Tayanch va fanga oid kompetensiyalar:
Tayanch kompetensiya: O‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish, ifodalay olish va qismlarga ajrata olish.

Fanga oid kompetensiya: kundalik hayotda uchraydigan uoordinatalar sistemalarini real obektlar (masalan teatrdagi tomoshobin, samalyotdagi yo‘lovchi, shaxmat figurasi) joylashuvini aniqlashda qo‘llay oladi


Dars turi: Yangi bilim berish.
Dars usuli: Jamoa bilan ishlash.
Dars jihozi: Mavzuga oid ko‘rgazma, tarqatmalar, test savollari, 3-sinf matematika darsligi.
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism:

  • O‘quvchilar bilan salomlashish;

  • Xonani va o‘quvchilarni darsga tayyorliklarini tekshirish

  • Navbatchi axborotini tinglash

  • Darsda siyosiy daqiqa o‘tkazish

  • Darsda o‘quvchilarni ruhiyatini ko‘tarish (psixologik o‘yin)

II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash;
O‘qituvchi o‘tilgan mavzu yuzasidan bolalarga savollar beradi;
Yigirma va ikki sonini ko‘paytmasini toping (qirq soniga teng)

Ikkiyuz sonini ikki marta ortiring (to‘rtyuz ga teng)


O‘qituvchi:

Aziz o‘quvchilar o‘tilgan mavzuimizni ham takrorlab oldik.

Hammaga demak mavzu tushunarli bo‘libti.

Unday bo‘lsa kelinglar yangi mavzuimizni boshlaymiz.


III. YAngi mavzuni bayoni:

O‘qituvchi sinf doskasiga sanani va yangi mavzuni yozadi.

O‘qituvchi:

Bolajonlar bugungi mavzuimiz “a : b ifodaning qiymatini topish”. Hamma bugungi sanani va mavzuni daftariga yozib olsin.


O‘quvchilar mavzuni yozib bo‘lishgach o‘qituvchi so‘zini davom ettiradi.

O‘qituvchi:



  • Demak mavzudan kelib chiqib bugungi darsimizda sizlar bilan a : b ifodaning qiymatini topishni o‘rganib olamiz. Kelinglar diqqatimizni

1-misolimizga qaratsak.

Agar a =4000 , b = 2 bo‘lsa ifodaning qiymatini toping.

O‘qituvchi taxta doskasida bajarib berdi.

4000 : 2 = 2000

Bolajonlar misolimizni hamma daftariga yozib olsin.


  • Aziz o‘quvchilar endi sizlar bilan 2-misolimizga to‘xtalsak.

O‘quvchilar ikkinchi misolni magnit doskada bajardi


a

246

4826

6484

7305

8052

8416

b

2

2

4

5

6

8

a : b

123

2413

1621

1461

1342

1052

O‘qituvchi:

O‘quvchilar yuqoridagi misolni echimini daftarlariga yozib oladilar.

SHu bilan 2-misol ham yakunlandi.


O‘qituvchi:

Aziz o‘quvchilar endi sizlar bilan 3-masalamizga to‘xtalsak.

2-masalamiz Yo‘lning ikki chorrahasid orasidagi masofa 750 m. Bu yo‘l chtiga elektr tarmog‘i ustunlari o‘rnatilgan. Ularning orasi 50 m dan CHorrahalar orasiga nechta ustun o‘rnatilgan?
SHundan so‘ng o‘qituvchi bolalarga 3-masalani o‘qib berdi. Keyin masala rasm asosida ko‘rsatib taxta doskasida o‘qituvchi tomonidan echiladi.

Yechish:


750 m : 50 m = 15 m

Javob 15 ta ustun o‘rnatilgan.


O‘qituvchi o‘quvchilarga yuqoridagi masalasini echimini daftarlariga yozib oladilar. SHu bilan 3-masala ham yakunlandi.

O‘qituvchi:

Aziz o‘quvchilar endi biz sizlar bilan 4-masalamizga qaraymiz.

3 sm 8 mm va 5 sm 4 mm tomonli to‘g‘ri to‘rtburchak chizing va perimetrini toping

Kelinglar chizishdan oldi sm ni mm ga aylantirib olamiz.

38 mm va 54 mm

54 mm





Yechish: 1) 54+38=92mm

2) 92*2=

Javob :


38 mm

O‘qituvchi

Aziz o‘quvchilar masalamizni daftarga chizib javobini yozing.

O‘qituvchi:

Aziz o‘quvchilar endi biz sizlar bilan 5-misolni echamiz.

a) Jadvalda keltirilgan ifodalarni o‘qing:



Ifoda

Ma’nosi

(d+2)+d

Yig‘indiga sonni qo‘shish

(b-3)-a

Ayirmadan sonni ayirish

(a*5)-b

Ko‘paytmadan sonni ayirish

(s:4)+a

Bo‘linmaga sonni qo‘shish

Bu misolni o‘quvchilar harflar o‘rniga sonlarni qo‘yib misolni yechadi.


(100+2)+100=102+100=202

(53-3)-2=50-2=48

(10*5)-10=50-10=40

(400:4)+10=100+10=110


O‘qituvchi

Ofarin bolalar siz ushbu misollarni to‘g‘ri bajardingiz. Bolalar sizlarga bir savol:

Xo‘sh bunday misollarni bajarish bizga nima uchun kerak, bu kabi misollar bizga kelgusihayotimiz davomida ham kerak bo‘ladimi?
O‘quvchilar quydagi savolga o‘zlarining fikr va mulohazalarini bildirdilar. So‘ng o‘qituvchi to‘g‘ri javobni aytib mulohazalarni to‘ldiradi.

SHu bilan 5-misol ham yakunlanadi.


IV. Dam olish daqiqasi.

O‘qituvchi:

Qani bolajonlar men esa sizlarga ko‘paytirish jadvali asosida savollar beraman. Sizlar esa bu savollarga to‘g‘ri javobni aytasizlar.
8*8=64 4*7=28

9*2=18 9*9=81

6*8=48 7*7=49

9*3=27 5*5=25

7*5=35 6*6=36
O‘qituvchi:

Bolalar mana biroz yozilib oldik.

V. Yangi mavzuni mustahkamlash:

O‘quvchilar bilan savol-javob qilindi rasmli kartochkalarni ko‘rsatdi, o‘quvchilar javob berdi

VI. Dars yakuni:

O‘quvchilarni o‘zlashtirishlariga va darsdagi faoliyatiga qarab baholar qo‘yiladi



Darsda faol qatnashmagan o‘quvchiga keyingi darsda faol bo‘lishlari aytib o‘tildi.
Uyga vazifa: 6- misol, 7-masala
Download 22,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish