tasvirlar ko‘za (amforalar), zaytun yog‘i va vino saqlanadigan, bo‘yi 2 m gacha
bo‘lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan.
Krit orolining janubidagi fest katta madaniyat o‘chog‘i bo‘lib,
Knoss saroyiga
o‘xshash ulug‘vor saroy ansambli – uch tosh terilgan hovli teatr – 500 kishilik,
ziyoratgoh, ibodatxonalar mil.avv. 2200-yillar atrofida qurilgan. Mil.avv. XVIII
asrdagi zilziladan so‘ng saroy qayta qurilib, kengaytiriladi. Saroy yuqori me’morchilik
namunasi darajasida bunyod qilingan. Ko‘p sonli xonalar, uzun yo‘laklar, devorlari
toshdan yo‘nilgan plitkalar freska-tasvirlar bilan bezatilgan. Saroy atrofida shahar joy-
lashgan. Mil.avv. 1470-yildagi zilzila festni to‘la vayron qilgan. Krit madaniyatining
yuqori darajada rivojlanganligining
yana bir dalili, Knoss saroyidagi bizgacha yetib
kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir. Raqqosaning go‘zal qaddi-qomatini nafis
noziklikda tasvirlanganligidan hayratda qolgan arxeologlar uni shartli «parijlik ayol»
deb nomladilar. Bu raqqosaning sochi o‘ziga xos did bilan ma’lum bir uslubda
turmaklangan. Knoss saroylaridan topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun
yubka, yarim yalang‘och ko‘krak, nozik yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri
saroyda hukm surgan nozik did, yuksak madaniyat dunyosidan dalolat beradi.
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining
oldingi
o‘rinda turgani, Krit jamiyati hayotida ayollarning mavqeyi yuqori darajada bo‘lganini
anglatadi. Bundan tashqari, gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan
ma’buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma’buda va ikki sher o‘rtasidagi ma’buda tasvirlari
buning yaqqol misoli bo‘ladi.
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh yigit-qizlarning
yurishi, gullar orasidan yurib
kelayotgan hokimning tasviri, qo‘shiq aytib raqs
tushayotgan raqqosalar, qo‘lida marosim ko‘zalarini ko‘tarib ketayotgan o‘smirlar,
Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris ushlagan kohina kabi tasvirlar
aks ettirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, O‘rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti
Knoss) mustaqil sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. Hokim
oliy kohin vazifasini ham bajargan. So‘nggi Minoy davrida Kritdagi butun hokimiyat
Knoss hokimlari qo‘liga o‘tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq despotiyasiga
o‘xshash bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Podsho yerning oliy egasi bo‘lib,
ishlab
chiqariladigan moddiy ne’matlarning katta qismini tasarruf qilgan. U mamlakatni o‘z
ayonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho noiblari boshqaruv
ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy hokimiyatdan tashqari, diniy
hokimiyatga ham ega bo‘lganlar. Fukididning ma’lumotlariga ko‘ra, podsho Minos har
9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas g‘orga borib, uning oldida o‘z podsholik
boshqaruvi to‘g‘risida hisobot bergan va o‘z hukmronligining navbatdagi muddati
uchun yorliq olgan.
Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti bilan taxt turgan inshoot
topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehtimol davlat
ishlarini muhokama qilishga
to‘planadigan podsho kengashi a’zolari o‘tiradigan uzun o‘rindiqlar qo‘yilgan.
Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan ko‘ra, bo‘yi bir necha marta
baland qilib tasvirlangan.
Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi krit yozuvlari topildi. A.Evans bu
yozuvlarni 30 yil davomida o‘qishga urindi, lekin ocha olmadi. U 1940-yil vafot qildi.
1950-yil B-chiziqli yozuv o‘qildi. U Knoss saroyining xo‘jalik hujjatlari edi. Hozirga-
cha B - chiziqli krit yozuvi o‘qilgani yo‘q.
Mil.avv. XVI asrda yunon hali ibtidoiy jamoa davrida yashagan paytlarida, Kritda
rivojlangan davlat va jamiyat, yozuv, yuqori darajadagi madaniyat hamda suv quvuri
(vodoprovod) mavjud edi. Ushbu ajoyib sivilizatsiyani sharqdan kelgan qandaydir xalq
yaratgan edi. Krit sivilizatsiyasini yunonlar o‘zlashtirdilar. Shu sababli Krit madaniyati
Yevropa sivilizatsiyasining asosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: