Ikkilamchi jarohat. Ikkilamchi jarohat. - Ikkilamchi jarohat yoki "Ikkilamchi travmatik stress" - jarohatlovchi hodisani boshdan kechirgan mijozga nisbatan empatik munosabat bildirish natijasida terapevtning ichki tajribasida yuzaga keluvchi o'zgarishlar.
Mutaxassis ikkilamchi jarohatdan o'zini asrab qololmaydi, chunki, mijozga yordam berish uchun u empatik munosabat va hamdardlik qila olishi kerak. - Mutaxassis ikkilamchi jarohatdan o'zini asrab qololmaydi, chunki, mijozga yordam berish uchun u empatik munosabat va hamdardlik qila olishi kerak.
- O’z navbatida hamdardlik esa ikkilamchi jarohat omillarining eng asosiysi hisoblanadi. Ikkilamchi jarohatning yana bir omili sifatida o’zgarishlaming qisqa muddatda paydo bo’lmasligini belgilash mumkin.
Konsultantlar doimiy ravishda o'z amaliyotida u yoki bu travmatik hodisani boshdan kechirgan mijozlar bilan ishlaydi: oilada jinsiy zo'ravonlikni boshdan kechirgan insonlardan boshlab to tabiiy ofatlardan zarar insonlargacha, ular bilan olib boriladigan psixologik reabilitasiya ishlari o'z ichiga travmatik hodisalar to'g'risida so'zlash, bu orqali ular bilan bog’liq salbiy tuyg’ulami ochiq bayon etish va ulaming ta’sirini kamaytirishni ham oladi.
Ayni paytda mutaxassis bardosh berib bo'lmaydigan azoblami boshdan kechirayotgan odam bilan ishlar ekan, unga iloji boricha tezroq yordam berishga intiladi. Buning ilojini topolmagach, psixologda kuchsizlik hissi namoyon bo'la boshlaydi, bu esa ikkilamchi jarohat ta'sirini oshirib boradi.
Ikkilamchi travmatik stress "so'nish sindromi" bilan bog'liq hisoblanadi. Ammo u bilan analogik tushuncha hisoblanmaydi. Ulaming o'zaro o'xshash simptomlari (uyqusizlik, depressiya, oilada kommunikasiyalaming buzilishi) mavjud bo'lib, bir-biridan bu ikki hodisa faqatgina kelib chiqish sabablari orqali farqlanadi. Ikkilamchi jarohat travmatik hodisalami boshdan kechirgan insonlar bilan ishlash natijasida paydo bo'lsa, so'nish sindromi har qanday mijoz bilan konsultasion ishlarni olib borish natijasida paydo bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, so'nish sindromi asta sekinlik bilan kuzatila boshlaydi, ya'ni stresslaming to'planib borishi natijasida paydo bo'lsa, ikkilamchi jarohat istalgan paytda birdan paydo bo'lishi mumkin.
"So'nish" atamasi amerikalik psixolog Froydenberger tomonidan 1974 yildakiritilgan bo'lib, kasbiy yordam berish maqsadida, doimiy emotsional zo'riqish muxitida mijozlar bilan intensiv muloqot qiluvchi mutaxassislaming holatini ifodalash uchun kiritilgan. Bular qatoriga "odam-odam" tizimida faoliyat ko'rsatuvchi kasb egalari: shifokorlar, huquqshunoslar, ijtimoiy hodimlar va ayniqsa psixolog va psixiatorlar kiradi.
Umumiy tarzda, so'nish sindromini kasbiy stressga noadaptiv reaksiya sifatida belgilash mumkin. Chet el adabiyotlarida ushbu sindromning turli belgilari yoritib berilgan. Ulaming asosiylariga doimiy charchoq hissi, emotsional zo'riqish, tushkunlikni kiritish mumkin. Ayni paytda, bilish jarayonlarining konsetrasiyasida muammolar kelib chiqadi, mehnatning unumdorlik darajasi tushadi. Atrofdagilar bilan munosabatlar buzila boshlaydi, nizolar ko'payadi, arazlashib ketadi. Agar sindrom vaqtida bartaraf etilmasa, keltirilgan belgilarning chuqurlashishi kuzatiladi, bundan tashqari bu simptomlar jismoniy xarakterga ega bo'la boshlaydi (immunitet pasayishi, kasallik, yuqori tramatizm)
Konsultantlar o'rtasida kuzatiladigan emotsional so'nish simptomlari: Astenizasiya - doimiy charchoq hissi, tarang asab;Tez paydo bo’ladigan havotir hissi va past kayfiyat foni; Kontaktning tugallanmaganligi hissi va aybdorlik hissi; Uyqu tartibining buzilishi;
Psixosomatik reaksiyalar: aksariyat hollarda yurak-qon-tomir tizimida, bosh og’riqlari, yurak sohasidagi og'riqlar, arterial bosimning muvozanatsizligi; ba'zan ovqat hazm qilish tizimidagi muammolar, nevrolgik buzilishlar,umurtqa pog'onasida og'riqlar; Qisqa muddatli psixogen reaksiyalar: ikkilanishlar, fobiyalar; O'ziga va kasbiy faoliyatiga nisbatan munosabatning o'zarishi, o'zini mutaxassis sifatida kuchsiz deya his qilish, o'ziga past baho berish; Mijozga nisbatan salbiy munosabat paydo bo'lishi;
Bundan tashqari, ikkilamchi jarohat va so'nish sindromida oila va yaqin insonlar bilan munosabatlarda ziddiyatlaming paydo bo'lishi, o'zining va boshqalaming muammolarini hal etish ko'nikmasining pasayishi, ish bilan bog'liq faoliyatdan doimiy ravishda havotir olish, hamkasblarini yoqtirmaslik va boshqa holatlar kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |