Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Yunon tarixini davrlashtirish



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

2.Yunon tarixini davrlashtirish.
Mil.avv. III–II ming yilliklar. 
Yunon qabilalari doriylargacha yunon bo‘lmagan 
egey yoki Krit-miken davri. Krit – miken jamiyati va madaniyatining gullab-
yashnashi.
Qadimgi Yunoniston tarixini besh davrga bo‘lish mumkin.
1. Mil.avv. XI–IX asrlar – Yunon - doriy qabilalarining ibtidoiy jamoa davri. 
Ibtidoiy jamoa munosabatlarining rivojlanishi.
2. Arxaik davr (mil.avv. VIII–VI asrlar). Ibtidoiy jamoa tartiblarining yemirilishi, 
yunon polis-davlatlarning shakllanishi, Buyuk yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon 
tiraniyalari davri. 


3. Mil.avv. VI asrning oxiri – mil.avv. V asr. Yunon polislarida 
iqtisodiy va madaniy yuksalish. Yunon demokratiyasining rivojlangan 
davri. Bu bosqich fanda klassik davr deb nomlanadi.
4. Yunon polis – davlatlarining tushkunlik davri (mil.avv. IV asr). 
Bu davrda yunon polislari o‘zaro urushlar girdobida qoldi. Iqtisodiy 
ijtimoiy va siyosiy hayot tushkunlikka uchradi. 
5. Mil.avv. III asr – mil.avv. I asrlar – Ellin davri. Ahmoniylar 
hukmronligidan so‘ng Yunon dunyosi va Old Osiyoda ellin davlatlari va 
madaniyati davri. Bu davr oxirida O‘rtayer dengizi, Egey dengizi 
havzasini Rim tomonidan sharqda Frot daryosigacha bo‘lgan 
hududlarni Parfiya bosib olishi bilan tugadi.


3.Krit-Mikena davri. 
Krit-Miken madaniyati ingliz arxeologi Artur Evansning (1851–1941) Krit orolida 
olib borgan arxeologik qazishmalari, G. Shliman (1822–1892)ning Kichik Osiyodagi 
Hissorlik tepaligida Troya shahri xarobalarini qazib ochishi, Yunoniston janubida 
Mikeni va Tirinf shaharlarining arxeologik qazishmalari natijasida fanda ma’lum 
bo‘ldi. Artur Evans Krit orolidagi Knoss saroylarini ochib, Kritning afsonaviy 
podshosi Minoy nomi bilan atalgan ajoyib Minoy madaniyati manzarasini yaratdi.
Genrix Shliman kambag‘al pastorning o‘g‘li. Non topish uchun kichkina Genrix 
do‘konda yugurdak, kemada yunga bo‘lib xizmat qiladi. Og‘ir ahvolga tushganda 
sadaqa so‘raydi. Nihoyat Amsterdamdagi savdo uyiga agent bo‘lib ishga kiradi. U 
1846-yil firma ishlari bilan Rossiyaga kelib qolib, shu yerda turib qoldi. Qrim urushi 
(1853–1856-yillar) davrida rus armiyasi ta’minotchisiga aylanadi. Armiyaga chirigan 
charm etik va qog‘oz taglik yetkazib beradi. Urushda rus armiyasi yengildi. Lekin 
G.Shliman millionlarni orttirib boyib ketdi. G.Shliman Amerika, Afrika, Hindiston, 
Xitoy va Yaponiyaga sayohat qildi. U 1861-yilda 42 yoshida Sarbonna 
Universitetining talabasiga aylandi va arxeologiya kursini o‘rgandi.
U bolaligida Gomer poemasida Troya tasvirini o‘qib, uni topib ochishni orzu 
qilgan edi. G.Shliman 1870-yil Turkiya hukumatining ruxsati bilan Kichik Osiyoda 
qadimgi Troya xarobalari bo‘lgan Hissorlik tepaligini qazishni boshladi. Uch yil 
davomida u arxeologik qazishma ishlarini olib bordi. Tepalikda 13 madaniy qatlam 
bor edi. Troya qoldiqlarini topishni maqsad qilib qo‘ygan Shliman bu madaniy 
qatlamlarni ayovsiz buzib tashladi. U mil.avv. III ming yillikka tegishli qatlamdagi 
shaharni Troya ekaniga ishonib, qazishmalar natijasida katta miqdorda tilla buyumlar 
topdi. Bu buyumlarni biror-bir muzey sotib olishga qurbi yetmadi. Shliman janubiy 
Yunonistonda Mikenini qazib, shaharning mashhur «Sherlar darvozasi» poydevorini 
ochdi. Qabrlardan boy tilla topilmalar, Agamemnon qabri hisoblangan qabrni mo‘l-
ko‘l tilla buyumlar bilan topdi. Topilgan katta miqdordagi qadimgi tilla buyumlarni 
biror-bir muzey sotib olish imkoniyatiga ega emas edi. U Tirinf va Arxomenda ham 
qazish ishlarini olib bordi. G.Shliman topilgan san’at asarlarini ilmiy tadqiq qilib, uch 
tilda kitob yozdi. G.Shliman Yevropada mashhur bo‘lib ketdi, qirollar, hatto O. 
Bismark ham u bilan yozishmalar olib borishni o‘zi uchun baxt hisobladi. U o‘z 
kolleksiyasini Berlin muzeyiga sovg‘a qildi. U Afinaga dafn qilindi.
Artur Evans arxeolog, Oksford muzeyi xodimi, taniqli arxeolog va geolog Jon 
Evansning o‘g‘li. U yunonlardan bir necha ming yil oldin bo‘lgan mashhur Krit 
sivilizatsiyasini ochdi. Krit madaniyati mil.avv. III ming yillikda sharqdan kelgan xalq 
yaratgan ajoyib sivilizatsiya edi. A. Evans 1900-yilda qazishma ishlarini boshladi. 
Arxeolog hududi 20 ming kv metrdan ko‘proq bo‘lgan ulkan saroyning qoldiqlarini 
ochdi. Saroy bir necha qavatdan iborat bo‘lib, saroyda ajoyib devoriy tasvirlari bo‘lgan 
saroy zallari, turar joylar, ustaxonalar, omborlar, yer osti yo‘llari va cho‘milish joylari 
mavjud edi. Omborlarda don, moy qoldiqlari bilan ulkan sopol xumlar (pifos) saqlanib 
qolgan. Bundan tashqari, katta miqdorda qurol-aslaha, mehnat qurollari, uy-ro‘zg‘or 
buyumlari, taqinchoqlar topildi. Noma’lum tilda yozilgan loy taxtachalar yozuvlari 
topilib, ularni 50 yil davomida hech kim o‘qiy olmadi. Faqat ingliz olimlari Maykl 
Ventris va Jon Chedvik 1953-yilda bu yozuvlarni o‘qishga erishdilar. Evans bilan 
birga italyan arxeologlari qadimgi Fest shahri qoldiqlarini ochdilar.


Bundan tashqari, Amorgos, Paros, Sifnos, Siros, Naksos, Tera, Melos kabi Egey 
orollaridagi ko‘pgina madaniy yodgorliklar ochildi. Natijada mil.avv. II ming 
yillikgacha Sharq xalqlari yaratgan va bu xalqlar yutuqlarini ijodiy o‘zlashtirgan, 
yunonlargacha bo‘lgan axeylarning Miken madaniyati deb atalgan madaniyatini yaxlit 
ko‘rinishi shakllantirildi. 
Qadimda Egey havzasida uch madaniy birlik mavjud bo‘lgan:
1. Eng qadimgi Krit yoki Minoy madaniyati (mil.avv. 3000–1200-yillar, markazi 
Krit). 2. Orollardagi Kiklad madaniyati. 3. Bolqon Yunonistonidagi Miken madaniyati. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish