Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

4. Miken madaniyati. 
Yunoniston mil.avv. III ming yillikda ibtidoiy jamoa 
tuzumida edi. Gerodotning ma’lumotlariga ko‘ra, Bolqon Yunonistonida tub joy aholi 
leleglar, pelasglar va kariylar yashar edilar. Ularning mehnat qurollari toshdan bo‘lib, 
endigina mis qurollari tayyorlay boshlaganlar. Jez davri mil.avv. III ming yillik 
o‘rtalaridan boshlandi. Shu davrdan boshlab ibtidoiy kichik qishloqlar o‘rnida katta 
qishloqlar, mustahkamlangan qal’alar paydo bo‘la boshladi. Urug‘chilik munosabatla-
rining yemirilish jarayoni faqat mil.avv. III ming yillik oxiridan asta-sekin boshlandi. 
Mil.avv. III ming yillik oxirida hind-yevropa madaniy til birligiga mansub etnik 
guruhlar o‘z vatanlari – Markaziy Yevropadan turli yo‘nalishlarda ko‘cha boshladi. 
Ulardan bir qismi Bolqon yarim oroliga kirib kelib, yunon etnosiga asos soldi. Ularni 
dastlab axeylar deb nomladilar. 
Mil.avv. III ming yillik oxirlarida Bolqon Yunonistonida qabilalarning ko‘chishi 
bilan jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Taxminlarga 
ko‘ra, bu vaqtda Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida ham hind-yevropa tillarida 
so‘zlashuvchi etnik guruhlar paydo bo‘ladi. Ular Yunonistonda urug‘chilik 
munosabatlarining yemirilishini vaqtincha sekinlashtirdilar. 
Mil.avv. II ming yillik boshlarida kulolchilikda, kumushga ishlov berish ishlarida, 
urf-odat, an’analarda (jumladan, uy ichida, pol ostida yoki devor orasida bolalar qabri) 
yangi jihatlar paydo bo‘ladi. Yangi etnik birliklar eskilari bilan aralashib, yangi 
moddiy va ma’naviy madaniyatni vujudga keltirdilar. Taxminan, mil.avv. XVIII asr 
oxirlarida Bolqon Yunonistonida mustahkamlangan kichik-kichik qishloqlar ko‘plab 
paydo bo‘ladi. Qabrlarda metall qurollar uchramaydi. Bolqon Yunonistonini Kritdan 
(qabrlarda Krit ko‘zalari, Krit namunasiga taqlid qilib yasalgan sopol buyumlar) 
boshqa hududlar bilan aloqalari deyarli yo‘q edi. Mil.avv. 1600-yillar atrofida Kritda 
yuksak rivojlangan madaniyat mavjud bo‘lgan paytda Bolqon Yunonistonida jiddiy 
o‘zgarishlar yuz berdi.
Axeylar mil.avv. III ming yilliklar oxiri – II ming yillikning birinchi yuz 
yilliklarida Yunoniston janubiga asta-sekin siljib, o‘z manzilgohlarini barpo qila 
boshladilar. Ehtimol, ular ilk bor kulolchilik charxi, ot qo‘shilgan arava va jang 
aravasini olib kelganlar. Mil.avv. XVI asrda kelgindilarning mahalliy aholi bilan to‘la 
assimilatsiyasi tugallandi. Natijada yangi samarali iqtisodiyot, zodagonlar (ko‘pincha 
harbiylar), kohinlar, oddiy jamoachilardan iborat ijtimoiy guruhlar shakllandi. 
Markaziy va Janubiy Yunonistonda markazi Miken shahri qudratli davlat va boshqa ilk 
davlatlar (Tirinf, Pilos, Afina) shakllana boshladi. 
Miken madaniyati Ilk Miken 
(
mil.avv. 1700-yillardan – 1550-yillargacha), O‘rta 
Miken (1550–1400-yillar) va So‘nggi Miken (1400–1200-yillar) davrlariga bo‘linadi. 
Egey havzasida 400 yil davomida bir xil madaniyatning mavjud bo‘lishi uni shartli 
ravishda «Miken» madaniyati deb atalishiga sabab bo‘ldi. Miken (Axey) 
sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri mil.avv. XV–XIII asrlarni o‘z ichiga oladi. 
Miken siyosiy markaz sifatida o‘z hukmronligini keng qamrovda amalga oshira 
olmadi. Mikenda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida faqat Miken 
madaniyatiga mansub inshootlar qazib ochilgan. 1876-yilda arxeolog G. Shliman 
Mikendan qoyaga o‘yilgan shaxta tipidagi qabrlarni topdi. Qabrlardan kumush va oltin 


bilan bezatilgan jez qilichlar, oltin va kumush qadahlar, tilla niqoblar va boshqa 
buyumlar topildi. Qabr toshlarida ov va jang manzaralari tasvirlangan.
Mil.avv. XV asrdan Mikenda va Yunonistonning boshqa viloyatlarida gumbazli 
qabrlar rasm bo‘la boshladi. Bunday qabrlarda hokimlar dafn qilingan. Mikendagi 
mashhur «Agamemnon qabri» hashamatli va ulug‘vor qilib qurilgan. 5 metrgacha 
balandlikda bo‘lgan og‘ir eshiklar, usti har biri taxminan 120 tonna keladigan ikki 
xarsang tosh bilan yopilgan. Qabrlardan ko‘p miqdorda qimmatli buyumlar, qurol-
yarog‘lar topilgan. Miken madaniyatining kulolchilik mahsulotlari Rodos, Kipr, 
Kichik Osiyo, Misr, Sitsiliya va Janubiy Italiyaga chiqarilgan. Bolqon Yunonistonida 
mil.avv. 1400-yildan mustahkamlangan qo‘rg‘onlar 
(
Terin, Miken, Afina, Fiva, Iolik) 
paydo bo‘ladi. 
Miken san’ati ko‘p jihatdan Krit madaniyati bilan o‘xshash. Miken tasviriy 
san’atida mavhum chizgilar va o‘simliklar tasviri, hashamatli kiyingan kishilarning bir 
xildagi tantanali yurishlari mavjud. Tasvirlarda statiklik, shartlanganlik hukm suradi. 
Bu davrda monumental me’morchilik mavjud emas. Diniy tasavvurlar to‘g‘risida 
ma’lumotlar juda kam. Diniy rasm-rusumlar gemma va muhrlarda ifodalangan. 
Joylardan diniy topilmalar bo‘lgan mehroblar qoldiqlari topilgan. XX asrning 60-
yillarida Miken akropolidan (mustahkamlangan qal’a) diniy marosimlar bajariladigan 
markaz topildi. Markazdan topilgan topilmalar ichida qo‘llarini yuqoriga ko‘targan 16 
ta loy haykalcha, loydan yasalgan ilonlar va mehrob bor. Muqaddas joy yaqinida turar 
joy binosi bo‘lib, tadqiqotchilarning fikricha, bu binoda bosh kohin yashagan. 1953-yil 
ingliz olimlari Ventris va Chedvik Miken saroylaridan topilgan buyumlarda sanoq
hisob-kitoblar to‘g‘risida ma’lumot beradigan loy taxtachalardagi Miken yozuvlarini 
o‘qidilar.
Miken sivilizatsiyasining asosiy markazlari mil.avv. XV–XII asrlarda Miken, 
Tirinf va Pilos edi. Ularning ichida Miken bu davrda eng kuchli davlat 
birlashmalaridan biri bo‘lib, axey dunyosining yetakchisi bo‘lgan. Gomer Miken 
podshosi Agamemnonni Troyaga qarshi umumyunon yurishining yo‘lboshchisi deb 
tilga oladi. Zaiflashgan Krit mil.avv. XV asr o‘rtalarida Miken istilosiga uchrab, unga 
qaram bo‘ldi. Axey hukmdorlari Mikenda ulkan inshootlar, boyliklarga to‘la «shaxta 
qabrlar, mustahkam qal’alarni barpo qildilar. Miken qal’asining kirish qismidagi 
darvozaning tepa qismida ikki sher relef tasviri tushirilgan. Miken shahrida hashamatli 
podsho saroyi, Miken hukmdorlarining katta va ajoyib sag‘analari mavjud.
Tirinf Mikenga qo‘shni bo‘lgan yana bir axey davlat birlashmasi edi. Tirinf 
hokimining saroy qal’asi balang va ulug‘vor qurilgan. Qal’a devorlari og‘irligi 12 
tonnagacha bo‘lgan yaxlit ohaktoshlardan bunyod qilingan. Ularning eni 4,5 
metrgacha, balandligi 7,5 metrgacha yetadi. Qal’a devorlarining ba’zi joylarida oziq-
ovqat va qurol saqlanadigan ombor inshootlari qurilgan.
Qal’aning ichida ikkinchi mudofaa devori tepalikda joylashgan podsho saroyini 
himoya qilgan. Saroyga yaqinlashish maxsus to‘siq inshootlari bilan himoyalangan. 
Qal’ada ichimlik suv zaxirasi bilan shahar tashqarisidagi suv manbasiga boradigan 
yashirin yerosti yo‘li qurilgan. Chunki Tirinf uchun eng xavfli raqib Miken 17 km 
uzoqlikda joylashgan edi. Tirinf saroyi devorlari ov manzaralari, hashamatli kiyingan 
xonimlarning aravadagi tasvirlari bilan bezalgan.


Axey davlatlaridan yana biri Peloponnes yarim orolining janubiy-g‘arbida 
joylashgan, markazi Pilos bo‘lgan Pilos shahar-davlatidir. Gomer «Iliada» dostonida 
Troyaga qarshi yurishga qatnashgan yunon floti ichida eng ko‘p sonli 90 kemadan 
iborat Pilos floti to‘g‘risida hikoya qiladi. Bu flotning qo‘mondoni Pilos podshosi 
Nestor edi. Nestor yunon yo‘lboshchilari ichida eng donosi, Pilosning o‘zi esa eng boy 
davlatlardan biri hisoblangan. Pilos podsho saroyi yaxshi saqlanib qolgan bo‘lib, 
Miken saroy me’morchiligining eng yaxshi namunasi hisoblanadi. Bu saroy maydoni 
boshqalarga qaraganda kichik bo‘lsa-da, uyg‘un rejalashtirilgan. Saroy devori freskalar 
bilan, toshdan yasalgan pol geometrik va dengiz mavjudotlari tasvirlari bilan 
bezatilgan. Xonalarning biridan Pilos davlati va jamiyati, Miken sivilizatsiyasining 
turli sohalari to‘g‘risida ma’lumot beradigan bir yarim ming loy taxtachadan iborat 
arxiv topilgan. Pilos doimiy raqobat va o‘zaro urushlar ichida bo‘lgan Miken va 
Tirinfdan uzoqda joylashgan. Pilos mil. avv XIV–XII asrlarda eng rivojlangan va 
farovon davlat bo‘lgan. Miken, Tirinf va Pilos Janubiy Yunoniston va Peloponnesda 
shakllangan axey davlatlari edi. O‘rta Yunonistonda ilk davlat birlashmalari Attika va 
Beotiya viloyatlarida mil.avv. XIV–XII asrlarda shakllana boshladi. 
Mil.avv. XIV asrda Kichik Osiyoda Axaya davlati mavjud bo‘lgani to‘g‘risida 
mixxat yozuvlari ma’lumot beradi. Xett manbalarida (XIV–XIII asrlarda) Axaya deb 
atalgan davlatni tadqiqotchilar Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo va Rodos orolida deb 
turli farazlar qiladilar

Yunonistonning Axaya davri siyosiy tarixi yaxshi yoritilmagan. 
Ba’zi olimlar Miken boshchiligida yagona Axaya davlati mavjud bo‘lganini yozadilar. 
Bir necha Axaya davlatlari mustaqil mavjud bo‘lib, ular vaqtinchalik birlashgan 
bo‘lishlari mumkin. Troya urushi yunon qabilalarining tarqalishi jarayonining bir 
unsuri bo‘lishi mumkin. Axey koloniyalari Kichik Osiyoning g‘arbiy va janubiy 
qirg‘oqlarida paydo bo‘ldi. Rodos va Kiprda axeylar o‘rnashib olganlar. Mil.avv. 
1000-yillarning oxirida Kipr Kichik Osiyodagi panfiliyalik axeylar tomonidan 
o‘zlashtiriladi. Sitsiliya va Janubiy Italiyada axey faktoriyalari (tayanch nuqtalari) 
paydo bo‘ladi. Axeylarning Old Osiyo mamlakatlari qirg‘oq bo‘ylariga kuchli bosqini 
«dengiz xalqlarining» harakati deb ataladi. Ilmiy farazlarga ko‘ra, mil.avv. XIII asrda 
yuz yil davomida doriylar va boshqa xalqlarning Bolqonga kuchli tazyiqi axey 
sivilizatsiyasining halokatiga olib keldi. Ularning bir qismi Attika va boshqa 
viloyatlar, Egey dengizi orollari, Kichik Osiyoning g‘arbiy qirg‘og‘i va Kipr orolida 
saqlanib qoldi. Qolgan qismi qirilib ketdi.
Mil.avv. XII asr boshida Sharqiy O‘rtayer dengizining Osiyo qirg‘og‘ida 
filimstimlar deb atalgan xalqlar o‘rnashdi. Ularning manzilgohlaridan bu yerda ilgari 
bo‘lmagan, shu yerning o‘zida ishlab chiqarilgan Miken sopolga o‘xshash buyumlar 
ko‘plab topilgan. Bu vaqtda Bolqon Yunonistoniga shimoldan turli qabila guruhlari 
migratsiyasi boshlandi. Yodgorliklarda moddiy-ma’naviy madaniyatning tushkunligi 
ko‘rinadi. Bu vaqtdan boshlab temir o‘zlashtirila boshlanadi. Eng avvalo, Peloponnes 
yarim oroli va Kritga doriylar kelib o‘rnashadilar. Troya urushi to‘g‘risida muammoli 
fikrlar juda ko‘p. Qadimgi Troya Kichik Osiyoda joylashgan bo‘lib, jez asrida paydo 
bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Lekin Troyaning yoshi Mikendagi shaxta qabrlaridan yosh 
jihatidan 600 yil katta bo‘lgan va Bolqon yarim orolidan kelgan qabilalar tomonidan 
bosib olinishi mumkin emas edi. Troya shahri hududidan arxeologlar olti madaniy 
qatlamlarni qazib ochdilar. Bu madaniy qatlamlar Troyada hayot uzluksiz davom 


etganligidan dalolat beradi. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Troya-VI qatlami paydo 
bo‘ldi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish