Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


Gomer davri, yunon shahar davlatlari



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

 
4.Gomer davri, yunon shahar davlatlari 
Mil.avv. XIII asrda axey davlatlari tushkunlikka yuz tutdi. Axey davlatlarining 
zaiflashuvi bilan hozirgi Makedoniya va Epir hududida yashagan doriy qabilalari 


mil.avv. XII asrda Yunonistonga bostirib kirdilar. Doriylar o‘z hududlarini frakiya 
qabilalari tazyiqi ostida tark etdi. Yunonistonda axey hududlarini doriylar yuz, bir yuz 
ellik yil davomida egalladilar. Mil.avv. XI asr oxirida doriylar butun Shimoliy va O‘rta 
Yunonistonga o‘rnashib, Peloponnesning katta qismini o‘zlashtirdilar. Axeylarning bir 
qismi doriylar taziyqi ostida Attika hududi va Egey dengizi havzasiga ko‘chdilar.
Yuqori darajada rivojlangan axey davlatlarini bosib olgan doriylar ibtidoiy jamoa 
turmush tarzida va harbiy demokratiya sharoitida yashar edilar. Doriylar axeylarning 
shaharlarini vayron qildilar va ibtidoiy jamoa tuzumida yashashni davom ettirdilar. 
Yunonlar bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumida yashadilar. Ayrim paytda urug‘lar 
o‘zlariga tegishli biror-bir umumiy masalani yechish uchun kattaroq tashkilot – 
fratriyaga birlashganlar. Fratriyalar birlashib, qabila – filni tashkil qilgan. Fratriya va 
urug‘ bir umumiy ajdoddan kelib chiqqan. Urug‘ boshliqlari bilan bir qatorda, fil va 
fratriyaning Gomerda filobasiley deb eslatiladigan yo‘lboshchilari bo‘lib, urug‘ 
boshliqlari ularga o‘z hokimiyatlarining bir qismini berganlar. Bir necha urug‘lar bir 
qabilaga birlashgani uchun qabila oqsoqoli saylanadi.
Shimol xalqlari va doriylar mil.avv. XIII asrda Yunonistonga kirib keldi. Axeylar 
Yunonistonning bir necha viloyatlarida saqlanib qoldi. Yunon tarixidagi mil.avv. XI–
IX asrlarni tarixchilar «Qorong‘i davrlar» deb ataydilar. Chunki bu davrga oid 
ma’lumotlar juda kam. Mil.avv. XI–IX asrlardagi yunon tarixini o‘rganish bo‘yicha 
asosiy manba bo‘lib, Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari xizmat qiladi. Shu 
sababli bu davr Gomer davri deb ataladi. Bu davr uchun asosiy manba bo‘lgan 
Gomerning «Iliada» va «Odissey» dostonlari orqali yunon jamiyatining uch yuz yillik 
hayotini qayta tiklash mumkin. Poemalarda axeylarning Troyaga yurishi, shaharning 
bosib olinishi, Troya urushi qahramonlaridan biri bo‘lgan Odisseyning ko‘pgina 
sarguzashtlardan so‘ng uyga qaytishi hikoya qilinadi. Shu tarzda poema axey 
sivilizatsiyasi gullab-yashnashining so‘nggi davri hayotini tasvirlaydi. Lekin 
Gomerning o‘zi mil.avv. VIII asrda yashagani uchun o‘tmish voqealarini o‘zi 
yashagan davr nuqtayi nazaridan zamonaviylashtiradi.
«Odissey» va «Iliada» dostonlarida yunon jamoasidagi mulkiy tabaqalanishni, 
urug‘chilik munosabatlari zaiflashganini, basileylar bilan hokimiyatga intilayotgan 
ko‘p sonli urug‘ zodagonlari qatlami shakllanayotganini kuzatish mumkin. Asta-sekin 
mehnat taqsimoti natijasida dehqonchilikdan hunarmandchilik ajralib chiqadi. 
Poemalarda temirchi, tosh teruvchi, duradgor va kema yasovchilar to‘g‘risida hikoya 
qilinadi. Erkin kishilar bilan bir qatorda, qullar ham mehnat qilganlar. Qulchilik hali 
xonaki shaklda ko‘rinadi. Ularning soni ko‘p emas edi. Xo‘jayin qul bilan yonma-yon 
jismoniy mehnat qilishdan hali jirkanmagan. Odisseyning otasi Laert yerda ishlaydi. 
Uning xotini Penelopa kalava yigiradi. Navsakiya kir yuvadi. Odissey sol, Paris butun 
bir saroy qur’adi. Odisseyning xo‘jaligida 50 qul bo‘lgan. Gomer o‘tmish 
qahramonlarini sharaflab, o‘zi yashagan davrning mavjud ijtimoiy tabaqalanishining 
hayotiy tasvirini chizadi Olimp xudolariga borib taqaluvchi yo‘lboshchi podsholar 
bilan oddiy xalq ommasi o‘rtasidagi yetilib kelayotgan qarama-qarshiliklar kichkina 
bir epizodda o‘z aksini topgan: Troyani qamal qiluvchilar bilan yo‘lboshchi 
Agamemnon o‘rtasida unga qarshi norozilik tug‘diruvchi, o‘jar Tersit obrazining kelib 
chiqishi voqeasida ijtimoiy hayotni ko‘rish mumkin. Qadimgi Troya xarobalarini XIX 
asrda havaskor arxeolog Genrix Shliman ochdi. 


Urug‘-jamoa kichik qishloqlarda yashab, dehqonchilik, chorvachilik bilan 
shug‘ullanganlar. Jamoani saylab qo‘yilgan oqsoqol-basiley urf-odat, an’analar asosida 
boshqargan. Basiley urug‘ mulkini qo‘riqlagan, urug‘doshlarini sud qilgan va 
urug‘ning afsonaviy asoschisini hurmatlashga bagi’shlangan marosimlarni o‘tkazishda 
boshchilik qiladi. Axey sivilizatsiyasi asta-sekin parchalana boshladi. Mil.avv. XIII asr 
oxiridan axeylarning parokanda ahvoli vaqtida shimoldan doriy qabilalari 
Yunonistonga bostirib kirdi. Doriylar mil.avv. XI asrning oxiriga kelib butun Shimoliy 
va O‘rta Yunoniston, Peloponnes yarim orolining katta qismini egallab oldilar. Bu 
davrda ularda ibtidoiy jamoa munosabatlari hukm surgan. Dostonlarda aholi 
qishloqlarda yashab, shahar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmagani bayon qilinadi. 
Xo‘jalik natural shaklda bo‘lib, aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi. 
Asosiy ekin tariq edi. Savdo ibtidoiy ayirboshlash holatida edi. Gomer davri yunonlari 
hatto ularning zodagonlari ham kichik, qo‘pol qurilgan, poli tuproq, xona o‘rtasida 
gulxan yoqiladigan uylarda yashaganlar. Mil.avv. XI asrda xo‘jalik hayotidagi bir 
qancha qiyinchilikdan so‘ng temir o‘zlashtirilib, xo‘jalik hayotining jonlanishi 
boshlandi. Ammo Yunonistonda unumdor yerlar juda kam bo‘lgan. Taqchil bo‘lgan 
unumdor yerlarning asosiy qismini donli ekinlar egallay boshlagan. Bog‘dorchilik, 
uzumchilik va zaytun daraxtlarini o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan. Chorvachilik rivojlangan. 
Gomer poemalariga ko‘ra, qoramol asosiy ayirboshlash vositasi bo‘lgan. «Iliada»da 
katta uch oyoqli jez buyum 12 buqaga, mohir usta ayol 4 ho‘kizga tenglashtiriladi. 
Hunarmandchilikda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Mehnat qurollari tayyorlashda temir 
keng qo‘llanila boshlandi. Jamoada oilalarning birgalikdagi mehnatiga o‘rin qolmadi. 
Temirdan yasalgan mehnat qurollari ish unumdorligini oshirdi. Oila moddiy ehtiyojini 
o‘z mehnati bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu sababli ekin yerlari berildi. 
Keyinchalik bu yerlar xususiy bo‘ldi.
Erkin dehqon xo‘jaligi asosiy ishlab chiqaruvchi bo‘ldi. Jamoaning alohida bir 
ko‘rinishi sifatida jamoa-polis jamiyat tashkilotining asosiy shakli bo‘ldi. Keyinchalik 
polis shahar-davlatga aylandi. Har bir oila iqtisodiy mustaqil birlik bo‘lib, ular 
huquqlarda teng edilar. Jamoada shakllanayotgan urug‘ zodagonlari jamoani o‘z 
nazorati ostiga olishga urinar edilar. Polis-jamoa asosan ikki vazifani bajargan: aholini 
va hududni qo‘shnilar bosqini va tazyiqidan himoya qilish va jamoaning ichki 
munosabatlarini tartibga solish. Hali davlat tashkiloti yuzaga kelmagan edi. 
Mil.avv. IX asr oxirida yunon dunyosi dehqonlarni birlashtirgan yuzlab kichik 
polis-jamoalardan yoki ular katta-kichik qishloqlardan iborat edi. Asosiy iqtisodiy 
birlik mustaqil xo‘jalik yuritish asosida tirikchiligini o‘tkazadigan, oddiy turmush 
kechirib, tashqi dunyo bilan aloqasi bo‘lmagan patriarxal oila bo‘lgan. Yunon 
dunyosida hali katta yer egalari, yersiz, birovga qaram oilalar, odamlar va jamoa 
a’zolari yo‘q edi. 
Hunarmandchilikning sohasi bo‘lgan kulolchilikda protogeometrik usul shakllandi. 
Dafn marosimlari o‘zgardi. Endilikda tuproqqa dafn etish o‘rniga jasadni krematsiya 
qilish (yoqish) rasm bo‘ldi. Bolqon Yunonistonidan yuqori darajada rivojlangan 
Sharqqa yunonlar kirib kela boshladi. Mil.avv. XI asr oxiridan Kichik Osiyoning 
g‘arbiy qirg‘og‘ida yunon qo‘rg‘onlari paydo bo‘lib, ularning aholisi eoliy, ioniy va 
doriy shevalarida so‘zlashgan.



Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish