Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad


 Tarixiy asarlar. Manbalar



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

2. Tarixiy asarlar. Manbalar. 
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko‘pligi 
va yaxshi saqlanib qolganligi bilan boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Bu manbalar 
ichida qadimgi yunon yozuvchilarining asarlari muhim o‘rin tutadi. Ilk bor yunon 
prozaik asarlari yunoncha logos – hikoya deb atalgan. Logograflar yunon viloyat, 
shaharlari tarixini geografik o‘rni, turmush tasviri va mifologiyada berganlar. 
Logograflar mil.avv. VII asrda yashaganlar. Ulardan miletlik Gekateyni, Kadi, Ev-
geon, Deiox, Damokl va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Fukidid Gerodotni ham 
logograflar safiga qo‘shadi. Logograflar asarlarining ayrim parchalari keyingi antik 
mualliflar asarlarida bizgacha yetib kelgan.
Mil.avv. VI–V asrlarda Yunonistonda qator tarixiy asarlar yaratilgan. Bu davrda 
tarix bo‘yicha ilk yunon yozuvchilari Gerodot, Fukidid va Ksenofontni ko‘rsatish 
mumkin. Gerodot (mil.avv. 484–431\ 25) Kichik Osiyoning janubi g‘arbidagi Kariya 
viloyatidagi Galikarnas shahrida tug‘ilgan. U qarindoshi Paniasid bilan Galikarnas 
shahri Tirani Ligdamidga qarshi siyosiy kurashda qatnashadi. Natijada Paniasid 
o‘ldirilib, Gerodot Galikarnasdan qochib ketadi. U Misr, Mesopotamiya, Eron, 
Shimoliy Qoradengizbo‘yi, Sitsiliya va Egey orollariga safar qiladi. Afinada Perikl 
bilan yaqinlashadi, janubiy Italiyadagi Furiya shahriga boradi. Gerodotni vafot etgan 
joyi noma’lum. Uning qo‘lyozmalari mil.avv. III asrda Aleksandriyalik olimlar 
tomonidan 9 jildga keltiriladi. Gerodot asari dunyodagi birinchi tarixiy asar emas. 
Ungacha 4 ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimgi sharq mamlakatlarida ko‘plab 
tarixiy asarlar yaratilgan, lekin ular bizgacha yetib kelmagan. Sitseron uni tarixning 
otasi deb atagan. Bu ibora hozirgacha kitobdan kitobga ko‘chib yuradi. Gerodot 
Ahmoniylar Eroni bostirib kirgan mamlakatlar hududlari to‘g‘risida hikoya qiladi. 
Uning hikoyalari tizimga solinmagan bo‘lib, ilmiy ahamiyatga ega emas.
Gerodotning kichik zamondoshi Fukidid (mil.avv. 460\51–396-yillar) frakiyalik 
bo‘lib, Afinada yashadi. Fukidid Afinada strateg etib saylangan. Harbiy yurishlarda 
qatnashadi, Afina uning faoliyatini salbiy baholab, natijada u umrbod Afinadan 
quvg‘in qilinadi. Frakiyada yashab, o‘zining tarix asarini yozadi. Uning asari 
keyinchalik antik mualliflar tomonidan 8 kitobga, bob va paragraflarga bo‘linadi. 
Ushbu 8 kitob Fukididga tegishli ekani shubha qilinadi. Fukidid Peloponnes urushi 


tarixini o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi. Bu ilmiy-tarixiy 
tanqidning boshlanishi edi. 
Ksenofontning Yunon tarixi bo‘yicha yozgan asari Fukidid tarixining davomi edi. 
Afinalik Ksenofont (taxminan mil.avv. 430–360- yillar) boy, zodagon oilasidan bo‘lib, 
Suqrotning shogirdi bo‘lgan. U shahzoda Kayxusrav qoshinida yollanma sarkarda 
bo‘lib xizmat qiladi. Shahzoda mil.avv. 401-yil Kunaks yonidagi jangda yengilgach, 
Ksenofont Spartaga harbiy xizmatga kirdi. Podsho Ageselay bilan do‘stlashdi. 
Shundan so‘ng Afina uni xoin deb hisoblab, umrbod shahardan quvg‘in qildi. 
Ksenofontning «Yunon tarixi» mil.avv. 410-yildan boshlanib, Peloponnes urushining 
nihoyasiga bag‘ishlangan.
Kvint Kursiy Ruf Rim tarixchisi taxminan mil. I asrda yashab, 40-yillarda 
Makedoniyalik Aleksandrning tarixi nomli 10 jildli asarini yozdi. I-II jilddan boshqa 
barcha jildlari saqlanib qolgan. Asarda Makedoniyalik Aleksandrning faoliyati 
tanqidiy yoritilgan. Plutarxning «Qiyosiy tarjimayi hollar» asari qadimgi yunon-rim 
siyosiy arboblarining qiyosiy tarjimayi hollariga bag‘ishlangan.
Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlaridan so‘ng Yunoniston tarixida 
Arastu tarixi maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘ringan asari Arastuning 
«Politiya» asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo‘lib, 
yunon polislari, O‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridagi yunon koloniyalari to‘g‘risida muhim 
ma’lumot beradi. Asar juda ko‘p bo‘limlardan iborat bo‘lsa-da, bizgacha uning faqat 
«Afina politsiyasi» qismi yetib kelgan. Ellin davriga kelib, yunon jamiyatidagi keskin 
o‘zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan umumiy tarixga asos solindi. Bu 
davrning eng ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri Timey bo‘lib, u o‘zining asarida 
Bolqon Yunonistoni, g‘arbiy yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumotlar beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik topilmalar 
hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi 
ibodatxonalar, saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit orolida 
ingliz arxeologi A. Evans 40 yildan ko‘proq vaqt davomida Knoss saroyini qazib 
ochdi. Knoss saroyi katta supa ustida qurilgan bo‘lib, maydoni 1 ga yaqin. Bu saroy 
Kritning afsonaviy podshosi Minosning qarorgohi bo‘lgan. Kichik Osiyoda nemis 
arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi natijasida Troya shahar-
davlati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Yunonistonning janubida mil.avv. II 
ming yillikka tegishli Miken, Tirinf va Pilos shaharlari o‘rganildi.

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish