Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston.
Mavzuni o‘rganishdan maqsad:
Talabalarga Qadimgi dunyo tarixi”ning
nazariy-metodologik asoslari,uning maqsad va vazifalari, davrlashtirish va Ibtidoiy
jamoa tuzumida o`zlashtirma va ishlab chiqaruvchi xo’jaligining paydo bo`lishi va
rivojlanishi haqida ma’lumot berish
.
Kalit so‘zlar:
ibtidoiy odam podasi, antroposotsiogenez, oykumen, egalitar
jamiyat, stratifikatsiyalangan jamiyat, Paleoantropologiya, «tarixgacha lgan davr»,
«tarix arafasi», «tarixdan oldingi davr», oykumen, jez va temir asrlari, pleystosen,
golotsen, paleoantropologik davrlashtirish, arxantrop,neoantrop, I.G.Morgan,
yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya, F.Engels, egalitar (jamoa birdamligi), ibtidoiy
odam podasi, antroposotsiogenez.
Asosiy masalalar (Reja):
1.Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi, tarixiy asarlar, manbalar, moddiy
manbalar.
2.Yunon tarixini davrlashtirish.
3.Krit-Mikena davri.
4.Gomer davri, yunon shahar davlatlari
5.Buyuk Yunoniston mustamlakachiligi.
1.Geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va aholisi, tarixiy asarlar, manbalar, moddiy
manbalar.
Yunoniston geografik jihatdan uch qismga bo‘linadi: 1. Fessaliya va Epir,
shimolda Moli va Pagasey ko‘rfazlari. 2. Janubdan Korinf va Saronika bilan
cheklangan markaziy qism. 3. Peloponnes yarim orolidan iborat janub.
Yunonistonning shimoliy qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog‘lari zanjiri ajratib
turadi. Qadimda bu ikki viloyat yunon madaniyatining shakllanishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Chunki bu yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib
kelgan.
Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo‘ldi. Uning janubidagi Sperxa
daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan afsonaviy
Yason uzoq Kolxidaga oltin mo‘yna uchun jo‘nab ketgan. Dodonda Sella kohinlari
muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir yunon
madaniyatiga aloqasi bo‘lmagan yovvoyi o‘lka bo‘lib, uni Markaziy Yunoniston bilan
faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir qabilalari joylashgan Axeloy daryosi
bog‘lab turgan.
Fessaliya barcha tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, bu yerdagi ikki tekislikni
fessaliyalik bosqinchilar ishg‘ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram penestlarga
aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog‘larga siqib chiqarganlar. Fessaliyaning
g‘arbiy qismida g‘alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg‘oq va qo‘ltiqlar
yo‘q. Shimoliy Yunonistonni Markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta tog‘lari orasida
yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi.
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog‘lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi
qirg‘og‘ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Mil.avv. V asrda
afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo‘lgan. Parnas (2450 m) va Kifris
tog‘larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq bo‘lgan. Markaziy Yunoniston
yo‘lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo‘lgan. Delfa qadimgi Elladaning diniy
markazi vazifasini o‘tagan. Parnasdan shimolda Yunonistonning eng kichik viloyati –
Dorida (185 kv.km) bo‘lgan. Ko‘rinishidan doriylar shu yerda ilk bor o‘rnashganlar.
Fokidadan g‘arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog‘li va ozroq
unumdor vodiyga ega bo‘lgan Etoliya viloyati joylashgan.
Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo‘ltig‘igacha bo‘lgan hudud
Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km hududni egallagan
Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo‘lgan Beotiyada
g‘allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. Beotiyani janubdan
Kiferon va Parnas tog‘lari o‘rab turadi. Yunonistonning markazida tuprog‘i
dehqonchilikka noqulay bo‘lgan Attika viloyati joylashgan. Qadimgi Attikada suv
tanqis bo‘lsa-da, marmar, kumush va zaytun daraxtlariga boy bo‘lgan.
Afinaning dengiz yo‘lini Salamin oroli to‘sib turadi. Salamin uchun Afina Megara
va Egina bilan uzoq urush olib borgan. Faqat Eginaning bo‘ysundirilishi Afinaning
dengiz savdosiga yo‘l ochdi. Korinf va Saronik qo‘ltiqlari orasidagi tog‘lik hududda
Megara shahri joylashgan. Korinf qo‘ltig‘idan so‘ng Peleponnes yarim oroliga o‘tish
mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi.
Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g‘arbida joylashgan. Bu viloyatlarda
g‘alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo‘lib, Alfey va
Kladey daryolari qo‘shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o‘yinlari
o‘tkaziladigan Olimpiada shahri joylashgan. Elidadan shimolda Axeya viloyati turadi.
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16oC ni tashkil etadi. Landshafti
qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o‘rmonlar ko‘p bo‘lib, tuproq hozirgidek
toshloq bo‘lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo‘lgan. Mil.avv. VI asrgacha faqat
bug‘doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan.
Yunonistonda oltin yo‘q, mis juda ko‘p. Xalkida shahrining nomi ham «mis»
degan ma’noni bildiradi. Qadimda bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va
Lakoniyadan sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan mil.avv. VIII–VI asrlardan
kumush qazib olingan. Mil.avv. VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu
konlardan olingan daromad mil.avv. V asrda Afinani qudratli flot qurishga va
Yunonistonda yetakchi shahar-davlatga aylanishi hamda boshqa yunon shahar-
davlatlariga boshchilik qilishiga shart-sharoit yaratgan. Afinada tog‘-konchilik
sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m ga yetgan. Qimmatli
metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo‘lgan. Kulolchilikda yunonlar
haqiqiy san’atkor bo‘lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo‘l-
ko‘l bo‘lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-yo‘g‘i 10 km uzoqlikda
joylashgan. Mashhur Parfenon va Propiley inshootlari pentelikon marmaridan bunyod
etilgan.
Egey dengizi havzasida mil.avv. III–II ming yilliklarda yunon bo‘lmagan, kelib
chiqishi Osiyodan bo‘lgan turli leleglar, pelasg, kariylar joylashgan edi. Mil.avv. II
ming yillik boshlarida Yunoniston hududiga axey qabilalari paydo bo‘ldi. Axeylar
bilan mahalliy pelasg, kariy va minoylar o‘rtasida murakkab munosabatlar yuzaga
keladi. Mil.avv. XII asrda Dunay ortidan Bolqon yarim oroliga doriy qabilalarining
migratsiyasi boshlandi. Mil.avv. II ming yillik oxirida Yunoniston va Egey dengizi
havzasini egallab oldi. Natijada yangi etnik birlik – ellinlar shakllandi. Ular to‘rt qabila
guruhidan iborat edi:
1. Axeylar. Ular tog‘li Arkadiya, Krit oroli va Kichik Osiyoning ba’zi hududlarida
yashar edilar; 2. Doriylar. Ular Peloponnes yarim orolining katta qismi, Krit va Rodos
orollari, Kariya va Kichik Osiyoda joylashganlar; 3. Ioniylar. Ular Attika hududi, Egey
dengizining markaziy orollari va Kichik Osiyodagi Ioniya viloyatini egalladilar; 4.
Eoliylar. Ular Beotiya, Fessaliya, Etoliya, Lesbos oroli va Kichik Osiyodagi Eolida
orolini egalladilar.
Mil.avv. XI–IX asrlarda yunon qabilalarining har bir guruhi o‘z diniy
dunyoqarashi, o‘z sheva xususiyatlariga ega bo‘lsalar-da, bir tilda so‘zlashib, o‘zlarini
bir xalq, bir madaniyatga mansub ekanliklarini his qila boshlaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |