Ma’ruza: Qadimgi Yunoniston. Mavzuni o‘rganishdan maqsad



Download 405,83 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana01.07.2022
Hajmi405,83 Kb.
#725751
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
9-mavzu

2. Krit madaniyati. 
Mil.avv. III–II ming yilliklarda Egey dengizi orollarida kelib 
chiqishi sharqdan bo‘lgan krit-miken sivilizatsiyasi shakllandi. Bu madaniyat Kritning 
afsonaviy podshosi nomi bilan Minoy sivilizatsiyasi ham deb ataladi. Krit 
sivilizatsiyasi hali yunonlar ibtidoiy jamoa davrini boshidan kechirayotgan paytda 
vujudga kelgan buyuk madaniyat edi. Ular yunonlargacha bo‘lgan, yunoncha 
so‘zlashmagan, o‘z yozuvlariga ega xalq bo‘lgan. Krit yoki Minoy madaniyati uch 
davrga: Ilk Minoy (mil.avv. 3000–2300/2100-yillar), O‘rta Minoy (2300/2100–1600-
yillar) va So‘nggi Minoy (1600–1200-yillar)ga bo‘linadi. Kritning ilk gullab-yashnash 
davri va uning Egey dunyosidagi yetakchiligi mil. avv. III–II ming yilliklarga to‘g‘ri 
keladi. Dastlab orolning janubiy-sharqiy qismi rivojlangan. 
O‘rta Minoy davrida Kritda «birinchi saroylar» davri bo‘ldi. Knoss, Fest va 
Malliya kabi shahar markazlari rivojlandi. Krit me’morchiligining Kiklad va Ellada 
sivilizatsiyalaridan ajratib turadigan xususiyati, bu saroylarning ulug‘vor qurilgani va 
saroylardagi nafis freska tasvirlarining yuksak san’at darajasida bo‘lganidir. Freska 
tasviriy san’atining gullab-yashnashi «ikkinchi saroylar davriga» (mil.avv. XVII asr) 
va So‘nggi Minoy davriga to‘g‘ri keladi. Krit orolida qudratli davlat tashkil topgan, 
uning kemalari dengizda hukmron bo‘lgan. Krit bilan raqobat qiladigan biror-bir 
davlat bo‘lmagan. Orolning mudofaa devorlari bilan o‘rab olinmagani bundan dalolat 
beradi. O‘rta Minoy davri Kritda taxminlarga ko‘ra, yer qimirlashi natijasida halokat 
bilan tugallandi. Mil.avv. XVII asrda Knoss, Fest, Malliya saroylari xarobaga aylandi.
Ellik yildan so‘ng Krit yana qayta tiklandi va bu yuksalish mil.avv. 1400-
yillargacha davom etdi. Bu davrda Krit dengizda cheksiz hukmronlik qildi. Krit 
Bolqon yarim oroli, Misr, Iberiyaga oliy nav vino, zaytun moyini eksport qildi. 
Misrdan rangli shisha, fayans; Kipr orolidan mis; Suriyadan otash; Liviyadan 
qimmatbaho metallar va fil suyagi olib kelindi. 
Kritning Egey dengizidagi yangi yetakchiligi mil.avv. 1700-yildan boshlanib, 
Knoss va Festda yangi saroylar qurilib, uning devorlari ajoyib freskalar bilan 
bezatilgan. Ingliz arxeologi Artur Evans Knoss saroyini 40 yil davomida tekshirdi va 
ajoyib san’at namunalarini topdi. Bir necha qavatli saroy Kritdagi ulug‘vor inshoot edi. 
U bir necha marta qayta qurilgan bo‘lib, podsho oilasi istiqomatgohi, rasmiy qarorgoh 
va xo‘jalik inshootlaridan iborat edi. Saroyda ko‘plab xona va zal devorlari did bilan 
bezatilgan. Krit me’morlari misrliklardan kolonnalar qurish san’atini egalladilar. 
Ularning tosh saroylarida juda yo‘g‘on, lekin kalta kolonnalar mavjud. Devoriy 
tasvirlarda hashamatli kiyingan ayollar va erkaklar, saroy hayoti manzarasi, o‘simlik 
va hayvonlarning hayotiy ko‘rinishlari yuqori darajadagi badiiy usulda tasvirlangan. 
Krit kulolchiligida badiiy san’atning nihoyatda yuksak darajasida shakllangani 
ko‘rinadi. Sopol idishlarda tabiatning boy manzaralari mohirona tasvirlanadi. Bunday 


tasvirlar ko‘za (amforalar), zaytun yog‘i va vino saqlanadigan, bo‘yi 2 m gacha 
bo‘lgan xum (pifos)larning sirtiga chizilgan.
Krit orolining janubidagi fest katta madaniyat o‘chog‘i bo‘lib, Knoss saroyiga 
o‘xshash ulug‘vor saroy ansambli – uch tosh terilgan hovli teatr – 500 kishilik, 
ziyoratgoh, ibodatxonalar mil.avv. 2200-yillar atrofida qurilgan. Mil.avv. XVIII 
asrdagi zilziladan so‘ng saroy qayta qurilib, kengaytiriladi. Saroy yuqori me’morchilik 
namunasi darajasida bunyod qilingan. Ko‘p sonli xonalar, uzun yo‘laklar, devorlari 
toshdan yo‘nilgan plitkalar freska-tasvirlar bilan bezatilgan. Saroy atrofida shahar joy-
lashgan. Mil.avv. 1470-yildagi zilzila festni to‘la vayron qilgan. Krit madaniyatining 
yuqori darajada rivojlanganligining yana bir dalili, Knoss saroyidagi bizgacha yetib 
kelgan raqqosa tasvirining bir qismidir. Raqqosaning go‘zal qaddi-qomatini nafis 
noziklikda tasvirlanganligidan hayratda qolgan arxeologlar uni shartli «parijlik ayol» 
deb nomladilar. Bu raqqosaning sochi o‘ziga xos did bilan ma’lum bir uslubda 
turmaklangan. Knoss saroylaridan topilgan kohinalarning fayans haykalchalarida uzun 
yubka, yarim yalang‘och ko‘krak, nozik yelkalarga tushib turgan sochlar tasviri 
saroyda hukm surgan nozik did, yuksak madaniyat dunyosidan dalolat beradi. 
Devoriy tasvir-freskalar va Krit xudolar panteonida ayol ma’budalarining oldingi 
o‘rinda turgani, Krit jamiyati hayotida ayollarning mavqeyi yuqori darajada bo‘lganini 
anglatadi. Bundan tashqari, gemma va uzuklarda qalqon tutgan ayol, kabutar bilan 
ma’buda, tog‘ cho‘qqisidagi ma’buda va ikki sher o‘rtasidagi ma’buda tasvirlari 
buning yaqqol misoli bo‘ladi.
Freskalarda Krit orolining saroy va diniy hayoti tasvirlari: yosh yigit-qizlarning 
yurishi, gullar orasidan yurib kelayotgan hokimning tasviri, qo‘shiq aytib raqs 
tushayotgan raqqosalar, qo‘lida marosim ko‘zalarini ko‘tarib ketayotgan o‘smirlar, 
Kritda diniy ramz sanalgan ikki yoqlama bolta-labris ushlagan kohina kabi tasvirlar 
aks ettirilgan.
Taxminlarga ko‘ra, O‘rta Minoy davrida orolning shimoliy qismida (poytaxti 
Knoss) mustaqil sulola, boshqasi janubda (poytaxti Fest) hukmronlik qilgan. Hokim 
oliy kohin vazifasini ham bajargan. So‘nggi Minoy davrida Kritdagi butun hokimiyat 
Knoss hokimlari qo‘liga o‘tadi. Siyosiy hokimiyat tuzilishi bilan Sharq despotiyasiga 
o‘xshash bo‘lgani ehtimoldan xoli emas. Podsho yerning oliy egasi bo‘lib, ishlab 
chiqariladigan moddiy ne’matlarning katta qismini tasarruf qilgan. U mamlakatni o‘z 
ayonlari, yaqinlari yordamida boshqargan. Joylarda podsho noiblari boshqaruv 
ishlarini amalga oshirgan. Krit podsholari oliy dunyoviy hokimiyatdan tashqari, diniy 
hokimiyatga ham ega bo‘lganlar. Fukididning ma’lumotlariga ko‘ra, podsho Minos har 
9 yilda Zevs tasviri turgan muqaddas g‘orga borib, uning oldida o‘z podsholik 
boshqaruvi to‘g‘risida hisobot bergan va o‘z hukmronligining navbatdagi muddati 
uchun yorliq olgan. 
Knoss saroyi xarobalari qazib ochilganda, podsho taxti bilan taxt turgan inshoot 
topilgan. Katta zalning ikki tomonida ehtimol davlat ishlarini muhokama qilishga 
to‘planadigan podsho kengashi a’zolari o‘tiradigan uzun o‘rindiqlar qo‘yilgan. 
Devoriy tasvirlarda Krit podshosi odatdagi odamlardan ko‘ra, bo‘yi bir necha marta 
baland qilib tasvirlangan. 
Knoss saroyida 10 ming taxtachada qadimgi krit yozuvlari topildi. A.Evans bu 
yozuvlarni 30 yil davomida o‘qishga urindi, lekin ocha olmadi. U 1940-yil vafot qildi. 


1950-yil B-chiziqli yozuv o‘qildi. U Knoss saroyining xo‘jalik hujjatlari edi. Hozirga-
cha B - chiziqli krit yozuvi o‘qilgani yo‘q. 
Mil.avv. XVI asrda yunon hali ibtidoiy jamoa davrida yashagan paytlarida, Kritda 
rivojlangan davlat va jamiyat, yozuv, yuqori darajadagi madaniyat hamda suv quvuri 
(vodoprovod) mavjud edi. Ushbu ajoyib sivilizatsiyani sharqdan kelgan qandaydir xalq 
yaratgan edi. Krit sivilizatsiyasini yunonlar o‘zlashtirdilar. Shu sababli Krit madaniyati 
Yevropa sivilizatsiyasining asosi hisoblanadi. 

Download 405,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish