tarixini o‘ziga ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar asosida tahlil qiladi.
Bu ilmiy-tarixiy
tanqidning boshlanishi edi.
Ksenofontning Yunon tarixi bo‘yicha yozgan asari Fukidid tarixining davomi edi.
Afinalik Ksenofont (taxminan mil.avv. 430–360- yillar) boy, zodagon oilasidan bo‘lib,
Suqrotning shogirdi bo‘lgan. U shahzoda Kayxusrav qoshinida yollanma sarkarda
bo‘lib xizmat qiladi. Shahzoda mil.avv. 401-yil Kunaks yonidagi jangda yengilgach,
Ksenofont Spartaga harbiy xizmatga kirdi. Podsho Ageselay bilan do‘stlashdi.
Shundan so‘ng Afina uni xoin deb hisoblab, umrbod shahardan quvg‘in qildi.
Ksenofontning «Yunon tarixi» mil.avv. 410-yildan boshlanib, Peloponnes urushining
nihoyasiga bag‘ishlangan.
Kvint Kursiy Ruf Rim tarixchisi taxminan mil. I asrda yashab, 40-yillarda
Makedoniyalik Aleksandrning tarixi nomli 10 jildli asarini yozdi.
I-II jilddan boshqa
barcha jildlari saqlanib qolgan. Asarda Makedoniyalik Aleksandrning faoliyati
tanqidiy yoritilgan. Plutarxning «Qiyosiy tarjimayi hollar» asari qadimgi yunon-rim
siyosiy arboblarining qiyosiy tarjimayi hollariga bag‘ishlangan.
Makedoniyalik Aleksandrning Sharqqa yurishlaridan so‘ng Yunoniston tarixida
Arastu tarixi maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko‘zga ko‘ringan asari Arastuning
«Politiya» asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo‘lib,
yunon polislari, O‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridagi yunon koloniyalari to‘g‘risida muhim
ma’lumot beradi. Asar juda ko‘p bo‘limlardan iborat bo‘lsa-da, bizgacha uning faqat
«Afina politsiyasi» qismi yetib kelgan. Ellin davriga kelib, yunon jamiyatidagi keskin
o‘zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan umumiy tarixga asos solindi. Bu
davrning eng ko‘zga ko‘ringan tarixchilaridan biri Timey bo‘lib, u o‘zining
asarida
Bolqon Yunonistoni, g‘arbiy yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumotlar beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo‘yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik topilmalar
hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi qadimgi
ibodatxonalar, saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit orolida
ingliz arxeologi A. Evans 40 yildan ko‘proq vaqt davomida Knoss saroyini qazib
ochdi. Knoss saroyi katta supa ustida qurilgan bo‘lib, maydoni 1 ga yaqin.
Bu saroy
Kritning afsonaviy podshosi Minosning qarorgohi bo‘lgan. Kichik Osiyoda nemis
arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi natijasida Troya shahar-
davlati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Yunonistonning janubida mil.avv. II
ming yillikka tegishli Miken, Tirinf va Pilos shaharlari o‘rganildi.
Do'stlaringiz bilan baham: